' — -
245
kattalashgandek
t u y u la d i.
Mana shu holatni Oybek zo‘r badiiy did
va o‘ziga xos uslubda bayon etadi.
Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, ijodkorning tili va uslubi
oddiy xabar, kitobxon bilan personajlar o‘rtasidagi kommunikatsiya
tilidan butkul farqlanadi- U hamma bilgan, hamma eshitgan, hamma
qo‘llay oladigan tildan o'zining badiiy go‘zalligi bilan tubdan farq
qiladi.
T a k ro rla s h
va mulohaza uchun savollar
1. Matn tahlili nima?
2. Badiiy nutqda ko‘chma ma’noli so‘zlarning o‘mi va ahami-
yati qanday?
3. So‘zning denotative va konatativ ma’nosini qanday tushu-
nasiz?
Xulosa
Noshirlik ishi ijodiy-ishlab chiqarish faoliyati sifatida hamisha
rivojlanish, takomillashishni boshdan kechiradi. Chunki fan va
texnologiya muntazam rivojlanib borar ekan, albatta, nashr jara-
yoniga ta’sir etmay qolmaydi. Bunga kitobat ishi, nashr ishining
uzoq tarixi yaqqol dalildir.
Biz darslikning birinchi qismida nashriyotlaming yaqin'o‘t-
mishdagi va bugungi kundagi holatiga to'htalib o‘tdik.
Qo‘lyozmaning vujudga kelishidan tortib, to kitob shaklini
olib dunyo yuzini ko‘rgunicha qanday jarayonlardan o‘tishi,
shuningdek, asosiy jarayonlami yoritishga harakat qildik.
Tabiiyki, axborot ayirboshlash nihoyatda jadallashgan bizning
davrimizda noshirlik ishi bo‘yicha ham ko‘p islohotlar oldin-
da, nashrning har bir jarayoni shubhasiz, yangi texnika va tex-
nologiyalar bilan yanada takomillashib, murakkablashib boradi.
Shvmga ko‘ra ayrim jarayonlar qo‘shilib ketsa, yangi alohida o‘ziga
hos jarayonlar yuzaga keladi. Bular barchasi faqat ta’limdagina
emas, balki amaliy faoliyatda ham tinmay izlanish, tadqiq etishni
taqozo etadi. Shu ma’noda mazkur darslik nashr jarayonining
asosiy bosqichlarini o‘rganish borasidagi ilk urinish bo‘ldi. Bundan
buy on nashr jarayonining asosiy bosqichlarini tadqiq etuvchi, yuz
berayotgan yangiliklami o‘zida aks ettiruvchi qator malakaviy
bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsjyalari va boshqa qator ishlar
amalga oshadi degan umiddamiz.
Ijod laboratoriyasi deganda, tabiiyki, umumiy fikrlar aytiladi.
Lekin har qanday umumiylikka xususiylikdan borgan ma’qul
ko‘rinadi. Shu ma’noda biz ushbu qo‘llanmada umuman ijod
laboratoriyasi haqida fikr yuritgan holda uni ochib berish uchun
xususiy ijod laboratoriyalariga murojaat etdik, ya’ni fikr isboti
uchun Oybek, Abdulla Qodiriy, ijodi laboratoriyasiga nazar
tashladik. Aslida har bir ijodkoru xoh dongdor bo‘lsin, xoh o‘rtacha
bo‘lsin individual ijod olamiga ega bo‘ladi va mana shu olamining
kengligi, yuksakligi darajasiga ko‘ra ijod sohasida o‘z maqomiga
ega bo‘ladi, ya’ni uning ijodkorlik salohiyati belgilanadi. Oybek
ham boshqa o‘zbek ijodkorlari, xususan, Abdulla Qodiriy izidan
borib, o‘zbek romanchiligining rivojlanishiga ulkan xissa qo‘sha
olgan, o‘zbek badiiy adabiyotini badiiy tasvir imkoniyatlaridan
ijodiy foydalanib, uni yuqori kengliklarga olib chiqqan adibdir.
G‘afur G‘ulom asosan poetik ijodkor esada prozada ham zabardast.
Shular tufayli o‘zbek adabiy tilining olmasdek yangi qirralari
ochilib, jilolar rang-barangligi ortadi.
Hozirgi kunga kelib ijod laboratoriyasi janr jihatidan boy v^
uslublari ham rang-barang. Adabiyotimizning bugungi yuksak
badiiy darajasi ijodning barcha sohasida, u badiiy ijod bo‘ladimi
yoki publisistik ijod bo'ladimi, yuksak saviyada bo‘lishini ta’min eta
oladi. Boisi Abdulla Qodiriyning romanlari, Cho‘lponning “Kecha
va kunduz”, Oybekning “Qutlug4 qon”, “Navoiy” asarlari, G‘afur
G'ukmwmg “Shym bola” sining har biri alohida ijod laboratoriyasi
si&tida tedqwi etishga loyiq. Mana shulami chuqur o‘rganib, so‘ng
ijod laboratoriyasi xususida so‘z yuritish joizdir. Yuqoridagi adiblar
har hirining ijod laboratoriyasi misoli daryolardek bir dengizda
tutashadi. Bu dengiz esa o‘zbek ijodchiligi dengizidir. Bu dengiz
hamisha unga sho‘ng‘imoqchi bo‘lgan g‘avvoslami o‘z ajoyibotlari
bilan lol qoldiradi. Ijodkor bo‘laman degan inson borki, bu
dengizdan - ijod laboratoriyasidan o‘rganishi kerak. Ammo faqat
o‘rganibgina qolmay, uni o‘z individual ijodiyotidagi yangi-yangi
topilmalar bilan boyitishi ham farz, ham qarz hisoblanadi. Shunda
ijodning manguga daxldor namunalari dunyoga keladi, kelgusi
ijodkor avlod uchun ibrat bo‘lib qoladi.
FANNI 0 ‘ZLASHTIRISHGA OID QO ‘SHIMCHA
TOPSHIRIQLAR
1. Adabiy tahrir-mafkuraviy, ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy-adabiy
faoliyat shakli sifatida.
2. Adabiy tahrimingadabiy-ijodiyfaoliyatjarayonigadaxldorligi.
3. Matn yaratish va uni mukammallashtirishda muharrir
mas’uliyati.
4. Xattotlik va kitobat san’atining tarixiy takomillashuvi
jarayonlari hamda adabiy tahrir an’analari.
5. Muharrir va muallif hamkorligi.
6. Qo‘lyozmani baholash turlari va mezonlari.
7. «Taqriz yozish» tushunchasi va taqriz yozish tamoyillari.
8. Matn tushunchasi va uning tavsifi.
9. Matn turlari va ulaming o‘ziga xosligi.
10. Qo ‘ lyozma matnini tushunish, tahlil etish va takomillashtirish
tamoyillari.
11. Muallif tahriri va muharrir tahriri. Ulaming umumiy va
farqli jihatlari.
12. Tahrir turlari, maqsadi va vazifalari.
13. Qo‘lyozma matnini o‘qish va tuzatish bosqichlari.
14. Bayon turlari: tavsifi, tihlili, tahriri.
15. Rivoya (hikoya) va uning tahriri.
16. Tasvir va uning tahriri.
17. Mulohaza va uning tahriri.
18. Ta’rif va uning tahriri.
19. Matbuot matni tahriri va bayon turlari.
20. Matnni tuzatishning asosiy qoida va tamoyillari.
21. Tuzatish turlari: tavsifi, vazifalari.
22. Tuzatish belgilari va ulardan foydalanish yo‘llari.
23. Tahriming mantiqiy mezonlari.
24. Matn tahriri usullari.
25. Matn tahririda dalillash, isbotlash jarayoni.
26. Qo‘lyozma matnida uchraydigan mantiqiy-mazmuniy nuq-
sonlar va ulaming tahlili hamda tahriri.
27. Matbuotda uchraydigan mantiqiy xatolar tahlili va tahriri.
28. Matn kompozitsiyasi va unga qo'yiladigan asosiy talablar.
29. Asar rejasi va kompozitsiyasi.
30. Matn janri va uning kompozitsion o'ziga xosligi.
31. Matn kompozitsiyasining janriy-uslubiy ko‘rinishlari.
32. Matbuot va kitob matnlarini ruknlash.
33. Asos tushunchasi va ulaming turlari.
34. Dalil-matn mazmunining asosi.
35. Matn asoslari va ma’lumotlarini tekshirish usullari va man-
balari.
36. Sarlavha va uning tarkibiy qismi: turlari va vazifalari.
37. Gazeta matni sarlavhalari.
38. Sarlavha va matn munosabati.
39. Gazeta sarlavhalari majmuini tarkiblash va tartiblash tamo-
yillari.
40. Sarlavhaning til, uslubiy xususiyatlari.
41. Sarlavha tanlashda asosiy nuqsonlar va ulaming tahrir qilish
qoidalari.
42. Matnni til va uslub jihatdan tahrir qilishning asosiy talablari.
43. Matndagi an’anaviy bo‘lmagan qo‘llash, konstruksiya,
251
majoziy, timsoliy ifodalami baholash hamda tahrir qilish mezonlari.
44. So‘z tanlash va qo‘llash, jumla tuzish, matn yaratishda
uchraydigan xato va nuqson turlari hamda ulaming tahriri.
45. Matniy-mantiqiy izchillik, uni ta’minlash va takomillashti-
rish usullari.
46. Kitobat san’atida unvon va bildirgich apparati turlari,
ulaming tavsifi hamda tahriri.
47. Turli nashrlaming turlari va ulaming tahriri.
48. Nashriyot va matbuot tahririning o‘ziga xosliklari.
49. Ilmiy ommabop nashrlar tahriri tamoyillari.
50. Tahrirda muallif uslubini saqlash masalasi.
IZOHLI LUG‘AT
Do'stlaringiz bilan baham: |