Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


l-rasm.  Pedagogik psixologiya bolim lari



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

l-rasm. 

Pedagogik psixologiya bolim lari

Pedagogik psixologiyaning vazifalari:

1

)  ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini 



o‘rganish;

2

)  bilish jarayonlarining  shakllanishini tadqiq qilish;



3)  aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini  aniqlash;

4)  ta’lim jarayonida  aqliy taraqqiyotning  samarali bo‘lish sha- 

roitlarini o‘rganish;

5) pedagog va o‘quvchilar o‘rtasidagi,  o‘quvchilar va 

0

‘quvchi- 



lar o‘rtasidagi o'zaro  munosabat xususiyatlarini  o‘rganish;

6

)  o‘quvchilarga  individual  yondashish  bilan  bogliq  bolgan 



masalalarni o‘rganish.

7)  pedagogik  faoliyatni  amalga  oshirishning  psixologik  qo- 

nuniyatlarini  o‘rganish.

Pedagogik psixologiyaning muammolari  quyidagilar:

1. 

Bolaning  rivojlanishida  uning  hayotidagi  har  bir  senzitiv 



davrni  topish va  undan  iloji  boricha  ko‘proq  foydalanish muam­

mosi.  Bu  masalaning  muammoliligi  shundaki,  birinchidan,  bo­

la  shaxsi  va  intellekti  rivojlanishining  barcha  senzitiv  davrlari 

ma’lum emas, uning qachon boshlanishi,  qancha davom etishi va 

qachon  tugashi  noma’lum.  Ikkinchidan,  har bir bolaning  hayoti 

o‘ziga xos  individual bolib,  turli davrda har xil kechadi.



449


2.  Bolaga  ongli  tashkil  etilgan  pedagogik  ta’sir  va  uning  psi­

xologik  taraqqiyoti  orasidagi  bog‘lanish  muammosi.  Ta’lim  va 

tarbiya bolaning rivojlanishiga ta’sir etadimi,  yoki u ta’lim va tar­

biya  natijasida  faqat  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarga  ega  bo‘lib, 

uning intellektual va axloqiy rivojlanishga ta’sir qilmaydimi?  Har 

qanday  ta’lim  bolaning  rivojlanishiga  ta’sir  qiladimi  yoki  faqat 

muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim-mi?

3.  Ta’lim  va  tarbiyaning  umumiy  va  yosh  muammolari.  Bola 

hayotining  har bir  aniq  davrida  ta’limga yoki tarbiyaga  urg‘u  be­

rish  kerakmi?  Bola  hayotining  ayni  davrida nimaga  ko‘proq ehti- 

yoj sezadi: kognitiv-intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami?

4.  Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining 

sistemaliligi  xarakteri  muammosi.  Bola  taraqqiyotini  kognitiv va 

shaxsiy  xislatlarning  o‘zgarishi  sifatida  tasavvur  qilsak,  ularning 

har  biri  alohida  rivojlanishi  mumkin,  har  birining  rivojlanishi 

boshqa xususiyatlarga bog'liq.

5.  Bola  xulq-atvori  va  psixologik  xarakteristikalarining  rivoj­

lanishi ta’lim va yetilishga,  layoqat va qobiliyatlar, genotip va mu- 

hitga  bog‘liqligi  muammosi.  Ta’limni  bola  organizmida  ma’lum 

neyroflziologik  tuzilmalar  yetilmasdan  boshlash  mumkin-mi? 

Ta’lim bolaning organik  rivojlanishiga ta’sir qiladimi? Agar ta’sir 

qilsa,  qanday  darajagacha  ta’sir  qiladi?  Genotip  hamda  muhit 

bolaning  psixologik  va  xulq-atvori  rivojlanishiga  alohida,  birga- 

likda qanday ta’sir qiladi?

6

. Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muam­



mosi.  Bu  muammoni  hal  qilishda  ta’lim  va  tarbiyaga  psixologik 

tayyorlik  deganda  nima  nazarda  tutilishi:  bolada  layoqatlarning 

mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va tarbiyaga qobiliyatning rivoj- 

langanligi  ma’nosidami,  bolada  yaqin  taraqqiyot  zonasi va  rivojla­

nish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy yetuk- 

likning ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami?

7.  Bolaning  pedagogik  qarovsizligi  muammosi.  Bolaning  pe­

dagogik  ta’sirlarni  o‘zlashtira  olmasligi  unga  bolaligida  yomon 

ta’lim va tarbiya berilganligi.

450



8

Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi. Bola­



larning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo‘lib o‘qitish, 

har  bir bolaning  individual  xususiyatlarga  mos  ta’lim  va  tarbiya 

metodlarini tanlash tushuniladi.

Yuqorida  keltirilgan  psixologik-pedagogik  muammolarni  hal 

qilish o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, 

ko‘nikma va malakalarni talab qiladi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish