Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Pedagogik psixologiyaning  rivojlanish  tarixi



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

20.2.  Pedagogik psixologiyaning  rivojlanish  tarixi

Pedagogik  psixologiya  fan  sifatida  XIX  asrning  ikkinchi  yar- 

mida tarkib topadi. XIX asrning 60-yillarida xalq ommasi orasida 

bilimlarni tarqatishga  qaratilgan tashkilotlar paydo bola boshla­

di.  Bu  davrda  talabalarning  tashabbusi  bilan  dehqon  va  hunar- 

mandlarga ta’lim beradigan kattalarning yakshanbalik maktablari 

paydo  b o la  boshladi.  Shuningdek,  dastlabki  xalq  kutubxonalari 

va  o‘quv  zallari  (qiroatxonalar),  mehnatkashlar  uchun  tekin  ku- 

tubxonalar  tashkil  etildi;  umumta’lim,  amaliy  va  kasbiy  bilim­

larni  ommalashtirishning  keng  tarqalgan  shakllaridan  biri  xalq 

o'qishlari  o'tkazila boshlandi.

Bilimlarni  ommalashtirishda  bilim  jamiyatlari  va  komitet- 

lari  muhim  rol  o‘ynadi.  Bunday  muassasa  a’zolari  xorij  va  rus 

yozuvchilarining  eng  yaxshi  asarlarini  chop  etish,  yozgi  peda­

gogik  kurslarni  tashkil  etish,  xalq  maktablari  va  kutubxonala- 

rini yaratish kabi ishlar bilan shug‘ullanishgan.  Sankt-Peterburg- 

da  1861-yilda  tashkil  etilgan  bilim  jamiyatiga  L.N.Tolstoy,  I.S. 

Turgenev kabi mashhur yozuvchilar a’zo bolishgan.

Xalq ta’limining  rivojlanishida pedagogik muzeylarning tash­

kil  etilishi  katta  ahamiyatga  ega bolgan.  Bunday  muzey  nafaqat 

Rossiyada,  balki  butun  dunyoda  dastlab  1864-yilda  Peterburg- 

da  harbiy-o‘quv  yurtlarining  Pedagogik  muzeyi  tashkil  etilgan. 

Dastlab  muzey  faqat  xorijda  nashr  etiladigan  o‘quv  qollanma- 

larni  tizimlashtirish,  mamlakatimizda  yaratiladigan  o‘quv  qoT 

lanmalarni  ishlab  chiqish,  o‘qitishning  ilg‘or  metodlarini  om- 

malashtirish  bilan  shug‘ullangan.  Keyinchalik  muzeyda  katta



451


ilmiy tadqiqot ishlari  olib borilgan,  pedagogika  fanining  dolzarb 

muammolarini  ishlab  chiqadigan  jamoatchilik  ilmiy  markaziga 

aylantirildi.  Bu  yerda  pedagogik  psixologiya  bo‘yicha  Rossiyada 

birinchi eksperimental laboratoriya tashkil etildi.

Keyinchalik ta’lim va tarbiyaga  oid kitob,  dastlabki pedagogik 

jurnallar  nashr  etila  boshladi.  Ular  sirasiga  «Tarbiya  jurnali», 

« 0 ‘qituvchi»,  «Rus  pedagogik  xabarnomasi»,  «Maktab  va  oila», 

«Ta’lim va tarbiya» va boshqalarni kiritish mumkin.

1848-yilgi fransuz revolutsiyasidan so‘ng rus olimlarining xorij- 

ga  safarbarliklari  to‘xtatildi.  1860-yillarda  rus  olimlarining  Yev- 

ropa ilmiy hayoti bilan bevosita aloqasi yana tiklandi.  60 dan ortiq 

olimlar xorijga  malaka  oshirishga jo‘natildi.  Ular  orasida  faylasuf 

va psixolog  M.M.Troitskiy,  K.D.Ushinskiy hamda  I.M.Sechenov- 

lar  bor  edi.  K.D.Ushinskiy  Shveysariya,  Germaniya,  Fransiya, 

Belgiyadagi  ayollar ta’limining  yo‘lga  qo‘yilishini  o‘rgandi.  Bun­

da taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning 

«Inson tarbiya predmeti sifatida»  nomli asari katta rol o‘ynaydi.

Bundan tashqari Ch.Darvinning evolutsion g‘oyalari ham yosh 

psixologiyasining  taraqqiyotiga jiddiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Evolutsion 

ta’limot  psixik  taraqqiyot  manbalari  muammosiga  e’tiborini  qa- 

ratishga olib keladi.

XX 


asrning  boshlariga  kelib,  umumiy  psixologiyada  o‘tkazi- 

ladigan  eksperimental  tadqiqotlarni  pedagogika  sohasiga  shun- 

dayligicha o‘tkazish  mumkin  deb  qaraldi.  Ammo  o‘sha  davrning 

umumiy psixologiya fani pedagogika uchun yetarli bilimlar boyli- 

gini  bera  olmas  edi.  Shved  yozuvchisi  E.Key  tomonidan  «Bola­

lar  asri»  nomli  kitobi  keng  tarqaldi.  Uning  ta’kidlashicha,  XX 

asr  bolalar  asri  bo‘ladi.  Bunda  kattalar  bolalar  ruhiyatini  tushu- 

na boshlaydilar,  o‘zlari ham bolalardek bo‘ladilar.  Shundagina ij­

timoiy tuzum yangilanadi».

Turli  mamlakatlarda  bolalar  va  pedagogik  psixologiya  muam­

molarini  o‘rganish  bo‘yicha  laboratoriyalar, jurnallar tashkil  etil­

di.  1896-yilda Leypsigda «Bolani tadqiq qilish» jurnali,  1899-yilda 

Leypsigda  «Pedagogik  psixologiya,  gigiyena  va  patologiya»  ju-

452



rnali,  1905-yilda  Leypsigda  «Eksperimental  pedagogika»  jurna- 

li  (1911-yildan  «Pedagogik  psixologiya jurnali»  sifatida  nashr  eti- 

la boshladi).

1901-yilda  Rossiyada  birinchi  eksperimental  pedagogik  labo- 

ratoriya  Peterburgda A.P.Nechayev rahbarligida tashkil etildi.

1906-yilda Peterburgda pedagogik psixologiya bo‘yicha I syezd 

chaqirildi.  Pedagogik  psixologiya  namoyandalari  —  A.P.Ne­

chayev,  N.E.  Rumyansev  va  boshqalar  pedagogik  adabiyotlarni 

keskin  tanqid  qilib  chiqdilar.  Psixologiyani  pedagogik  amaliyot 

bilan  yaqinlashtirish  eksperimental  tadqiqotlarni  ta’lim-tarbiya 

jarayonining  o‘zida  o‘tkazish  orqaligina  mumkin  degan  muhim 

xulosa  chiqarildi.  Ya’ni  eksperimental  ma’lumotlar  tashqaridan 

emas,  balki  psixologik-pedagogik  tadqiqotning  o'zidan  olinishi 

kerak,  degan  xulosaga  kelinadi.  Bu  maqsadni  amalga  oshirish 

uchun  esa  yosh  va  pedagogik  psixologiyaning  muhim  nazariy, 

metodologik  masalalarini  hal  qilishning  to‘g‘ri  yo‘llarini  izlab 

topish lozim  edi.  Shu  tufayli psixik taraqqiyotning  manbalari va 

uning  ta’lim jarayoniga  munosabati  masalasi  yosh va  pedagogik 

psixologiyaning  markaziy  muammosi  bo‘lib  qoladi.  1879-yilda 

I.A.Sikorskiy  tomonidan  ta’lim jarayonida  eksperimentdan  foy- 

dalanish g‘oyasi ko‘pchilik olimlar tomonidan tan olinmadi.  Le­

kin  80-yillarda  psixologik laboratoriyalarning tashkil etilishi bi­

lan,  eksperimentlarni pedagogik jarayon bilan bog'lash,  ta’lim va 

tarbiya  haqida yangicha fanni yaratishga intilish vujudga keldi.

XIX 

asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSHda pedologiya 



deb  ataluvchi  yangi  fan vujudga  keladi.  Uning  namoyandalari  —

S.Xoll,  E.Meyman,  V.Preyer.  Bu oqim namoyandalari bola rivoj­

lanishining  biologik,  fiziologik  va  psixologik  nazariyalarini  me- 

xanik ravishda qo'shadilar.

20-30-yillarda  pedologiya  «Bola  haqidagi  yagona  marksis- 

tik fan»  rolini  da’vo  qila boshlaydi va pedagogika hamda bolalar 

fiziologiyasini siqib  chiqarishga harakat  qiladi.

Pedologlarning  qarashlari  idealistik  va  mexanistik  xarakter- 

da  edi.  Ularning  o‘quvchilarni  «aqliy  qobiliyat  koeffitsienti»ni

453



aniqlashga  oid  testlari  asossiz  bo‘lib,  psixologiya va  pedagogika- 

ga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatdi  hamda  maktabga  katta  ziyon  yetkazdi. 

Shuning uchun 30-yillarning boshlarida pedologiyani keskin tan- 

qid qilish boshlandi.  1936-yil 4-iyulda BKP MKining «Xalq mao- 

rifi  komissarligi  sistemasidagi  pedologik buzg‘unliklar  haqida»gi 

qarori chiqdi.  Bu qarorda pedologiya  fani marksistik nuqtayi na- 

zarga zid ekanligi ta’kidlanib,  katta tanqid ostiga olindi.  Shu tari- 

qa pedologiya faniga barham berildi.

20—30-yillarda pedagogik psixologiyada juda ko‘p ilmiy tadqiqot 

ishlari olib borildi, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan 

bir qancha psixologik-pedagogik konsepsiyalar vujudga keldi. Ayniq­

sa, A.S.Makarenkoning bola shaxsi va bolalar jamoasiga bolgan il­

miy qarashlari,  L.S.Vigotskiyning  oliy psixik funksiyalarning rivoj­

lanish nazariyasi katta ilmiy qimmat kasb  etadi.

Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya psixologiya fanining 

eng rivojlangan  sohasi hisoblanadi.  Yosh va pedagogik psixologiya 

masalalari  bilan bir  qator  ko‘zga  ko‘rinarli  psixologlar  shug‘ullan- 

ganlar  va  shug‘ullanmoqdalar.  Ulardan:  B.G.  Ananyev,  L.I.Bo- 

jovich,  P.Ya.Galperin,  W.Davidov,  A.V.Zaporojets,  L.V.Zank- 

ov,  G.S.Kostyuk,  A.N.Leontev,  N.A.Menchinskaya,  N.F.Talizina, 

D.B.Elkonin va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.  Bolalar psixologi­

yasi  muammolari bilan  shug‘ullangan  o‘zbek  olimlaridan:  profes- 

sorlar M.G. Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, M.Vohidov;  R.I.Sunnatova, 

Z.T.Nishonova, dotsent S.A.Axunjanova,  Sh.A.Do‘stmuhamedova,

S.X.Jalilova kabi psixologlarni keltirishimiz  mumkin.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish