Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

kerakligini  ta’kidlaydi.

Iste’dodli  shoir va tarjimon,  tarixchi  Muhammad  Rizo  Oga- 

hiy asarlarida inson bekamu ko‘st kamolga yetishishi uchun yosh- 

likdan  ilm va kasb-hunar egallashi  shart  ekanligini  aytib  oladi. 

Uning  fikricha,  ilm-ma’rifat  insonning  ma’naviy  kamolotida va 

jamiyat taraqqiyotida  kuchli vositadir.  Ilm inson aqlini boyitadi. 

Ogahiy ilmni ko‘proq xalq 

o ' y m l a r i  

orqali yetkazib berish uchun 

harakat  qiladi,  chunki  bu  narsa  ijobiy  o‘quv  motivini  shakllan- 

tirishga  xizmat  qiladi.  Xalq  o‘yinlari,  aslida  psixologik  o‘yinlar 

hisoblanadi.  Bu vaqtda bola ham ta’lim oladi,  ham  shakllanadi.

XX 


asr  boshlarida  0 ‘zbekistonning  ijtimoiy-siyosiy  hayotida 

pedagogik  fikrlar  rivojida  yetakchi  rol  o‘ynagan  olimlardan  bi­

ri Abdulla Avloniydir.  Abdulla Avloniyning  flkriga ko‘ra,  ilm in­

sonlarning  madori,  hayoti,  rahbari,  ne’matidir.  Ilm  o‘rganmoq, 

olim  bolm oq  uchun  maktabga  kirmoq,  muallimdan  ta’lim  ol- 

moq lozimligini u  qayta-qayta ta’kidlaydi.



459


Ma’rifatparvar  alloma  Avloniy  inson  ma’naviy  kamolotining 

yollari  ustida  to‘xtalib  o‘tadi.  Ilm  dunyoning  izzati,  oxiratning 

sharofatidir.  Ilm inson uchun g‘oyat muqaddas bir fazilatdir.  Ze- 

roki,  ilm  bizga  o‘z  ahvolimizni,  harakatimizni oyna  kabi  ko‘rsa- 

tur,  zehnimizni,  fikrimizni  qilich  kabi  o‘tkir  qilur,  ilmsiz  odam 

mevasiz daraxt kabidir,  deb  ta’kidlab  o‘tadi.

U  ilmning  nazariy  ahamiyatini  ko‘rsatibgina  qolmasdan, 

balki  uning  amaliy  faoliyat  uchun  hayotiy  zaruriyat  ekanligini 

ham  ta’kidlab  o‘tadi.  Ilm  bizni  jaholat  qorong‘usidan  qutqari- 

shi,  madaniyat,  ma’rifat  dunyosiga  chiqarishi,  yomon  fe’llardan, 

buzuq  ishlardan  qaytarishi,  yaxshi  xulq,  odob  sohibi  qilishini 

ta’kidlaydi.  Shu bilan  birga,  u  bugun  hayotimiz,  salomatligimiz, 

saodatimiz,  rohatimiz,  g‘ayratimiz,  dunyo  va  oxiratimiz  ilmga 

bog‘liqligini qayta-qayta takrorlaydi.

Ilm kishi zehnini, fikrini qilich kabi o‘tkir qiladi.  Ilmsiz inson 

mevasiz  daraxtga  o‘xshaydi.  Ilm  daraxt  mevalaridek  har  shaxs­

ga  ozuqa  berib,  madaniyat,  ma’naviyat,  ma’rifat  dunyosiga  olib 

kiradi.  Yomon  odamlardan,  buzuq  ishlardan  qaytaradi.  Yaxshi 

xulqli  va  odobli  bo‘lishga  xizmat  qiladi.  Natijada,  ilm  kishilari 

har  yerda  aziz  va  hurmatli  bo‘ladilar.  Kishi  hayotini  haqiqiy  va 

to‘g‘ri  yo‘lga  soladigan  vosita  — bu  ilmdir.  Shuning  uchun  ham 

ilm  orqali  oliy  fazilatlarga  ega  bo‘lgan,  ulug'likka  va  orzu-istak- 

lariga erishgan buyuk kishilar xalq orasida yuksak qadrlanadilar.

Ilm kasb va fazilatlarning  eng afzalidir.  Ilm orqali inson yax- 

shi-yomonni tanishi,  halol-haromning farqiga borishi,  do‘stlik va 

qarindosh-urug‘ning  fazilatlarini  anglashi,  o‘z  haq-huquqlarini 

bilishi mumkin.

Kishilarning  bilimi,  ilmi,  amaliy  malakalari  rivojisiz  jami­

yat taraqqiyotini tasavvur etib bo‘lmaydi.  Muayyan ma’naviy eh- 

tiyojlarga,  yuksak  axloqiy  fazilatlarga  ega  bo‘lmagan  kishilarda 

ilm-fanni  o‘rganishga,  halol  mehnat  qilib,  kasb-hunar  egallash- 

ga,  malaka oshirishga  ishtiyoq ham bolmaydi.  Shu sababli jami­

yat taraqqiyotining  barcha bosqichlarida  avval yoshlarni tarbiya- 

lab,  keyin ularga ta’lim berganlar.



460


Haqiqatdan  ham,  bilimga,  ilmga  ehtiyoj  anglangan  motiv­

lar tizimidir.  Biror muammoni hal etish imkoniyatlarini  inson o‘z 

aql-zakovati,  bilimi,  kuchi  va  irodasi  bilan  aniqlaydi.  Bilim  maz- 

mun jihatidan kengroq bo‘lib,  insonning hayot tajribasi  orqali ort- 

tirgan  barcha  tushunchalar,  fikrlar,  amaliy  malakalarni  o‘z  ichiga 

oladi. Ilm bilimning cho‘qqisidir.  Bilimlar tabiat, jamiyat, inson ru- 

hiyati qonunlarini chuqur o‘rganish natijasidagina ilmga aylanadi.

Xulosa  qilib  shuni  aytishimiz  mumkinki,  Sharq  mutafakkir- 

lari o‘quv motivlarini ehtiyojlar nuqtayi nazaridan tahlil qilishga 

harakat qilganlar.  Mazkur ehtiyojlarni hosil qilishga,  oshirishga, 

asosan  o'qituvchilar  tomonidan  ta’lim  jarayonining  psixologik 

xususiyatlarini  e’tiborga  olish,  ya’ni  o'qish  jarayonida  bolalar­

ning fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olish,  ular- 

ga  imkon  qadar  individual  yondashish  orqali  erishish  mumkin- 

ligini  e’tirof etishgan.  Shu bilan birga,  Sharq mutafakkirlarining 

buyuk xazinasi,  bolalarga ta’lim,  tarbiya berishdagi ilg‘or fikrlari 

hozirgi kungacha  o‘z ahamiyatini yo'qotgani yo‘q.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish