Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Hozirgi zamon  ta’limi:  kognitiv-oriyentirovkadan  shaxsiy



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

20.6.  Hozirgi zamon  ta’limi:  kognitiv-oriyentirovkadan  shaxsiy 

oriyentirovkali  ta’lim paradigmalari

Ta’limda  individual  yondashuv  deganda  har  bir  o‘quvchi  in­

dividual,  boshqalarga  bogliq  bolmagan  holda  o‘qitiladi,  degan

466



ma’noni  bildirmaydi.  Ta’limni  individuallashtirishning  ma’nosi 

shuki,  u  o‘quvchining  individual-psixologik  xususiyatlariga  taya- 

nadi,  ana  shu  xususiyatlami  hisobga  olgan  holda  quriladi.  Sinf 

rivojlanishi  va  tayyorgarlik  darajasi  bir  xil  bo‘lmagan,  o‘zlash- 

tirishi  turlicha  va  o'qishga  munosabati  har  xil  bo‘lgan  o‘quvchi- 

lardan  tashkil  topadi.  0 ‘qituvchi  an’anaviy  tashkil  etilgan  ta’lim 

jarayonida  hammaga  bir  xil  holda  baravar  e’tibor  qarata  olmay- 

di.  Shuning  uchun  u  ta’limni  o‘rtacha  darajaga  -   o‘rtacha  rivoj- 

lanishga,  o‘rtacha  tayyorgarlikka,  o‘rtacha  o‘zlashtirishga  tatbiq 

qilgan holda olib  borishga  majbur boladi.  Boshqacha  aytganda,  u 

ta’limni  qandaydir afsonaviy «o‘rta»  o‘quvchini ko‘zda tutgan hol­

da tashkil etadi.  Bu narsa shunga olib keladiki,  «kuchli» 

0

‘quvchi- 



lar sun’iy ravishda o‘z rivojlanishida ushlab turiladi.  Bunday holda 

0

‘quvchilarning o‘qishga qiziqishlari qolmaydi,  chunki o‘qish ular- 



da ko‘p  aqliy kuch  sarflashni talab  qilmaydi.  «Kuchsiz» 

0

‘quvchi- 



lar  esa  surunkasiga  orqada  qolishga  mubtalo  bolganlar,  ular ham 

o‘qishga  qiziqmay qo‘yadilar,  chunki o‘qish  ulardan ko‘proq aqliy 

kuch  sarflashni talab  qiladi.  « 0 ‘rtacha»  darajaga  kiruvchilar ham 

juda  har  xil  boladilar,  qiziqish  va  mayllari  turlicha,  idrok,  xoti­

ra,  xayol  va  tafakkur  xususiyatlari  xilma-xil  boladi.  Bir  o‘quvchi 

ko‘rgazmali  obrazlar  va  tasavvurlarga  asosli  ravishda  tayanmogl 

zarur,  ikkinchisi bunga kamroq ehtiyoj  sezadi;  biri sekin fikrlaydi, 

ikkinchisining aqliy moljali nisbatan tezligi bilan ajralib turadi; bi­

ri tez esda olib qolsa-da,  mustahkam emas;  ikkinchisi  — sekin es­

da  olib  qolsa-da,  ko‘p  narsani yodida saqlaydi;  biri uyushgan hol­

da ishlashga o‘rgangan,  boshqasi kayfiyatiga qarab, asabiylashib va 

notekis ishlaydi;  biri astoydil,  ikkinchisi majburan shug‘ullanadi.

Ta’limni  individuallashtirish  tamoyili  o‘qitishda 

0

‘quvchi- 



larning  real  tiplariga  tayanish  zarurligiga  asoslanadi.  Bu  tamo- 

yilni  programmalashtirilgan  ta’lim  juda  yaxshi  amalga  oshira- 

di.  0 ‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari ta’limning 

ayrim  metodlari  va  usullarini  tanlash  hamda  qollanish vaqtida, 

uyga berilgan  topshiriqlarni  qismlarga  bolishda,  sinf va  nazorat 

ishlarining variantlarini  aniqlashda hisobga  olinadi.



467


Sinf bilan  olib  boriladigan  ishni  ayrim  o‘quvchilar  bilan  olib 

boriladigan  individual  ish  bilan  birga  qo‘shish  mumkin.  Shu  bi­

lan  birga  dasturning  xuddi  shu  masalalarini  o‘quvchilar  qanday 

tayyorgarlik ko‘rganliklari, individual moyilliklari, qiziqish va qo- 

biliyatlari hamda individual ish sur’atlariga qarab turlicha tolalik 

va teranlik bilan,  har kim  darsda  optimal  darajada band boladi- 

gan qilib  o‘rganadilar.

Ta’lim  metodlari  turlicha  bo‘lishi,  o‘quvchining  individual 

xususiyatlariga  qarab  o'zgartirilishi  kerak.  Lekin  bu  40  o‘quvchi 

bor  bolgan  sinfda  40  xil  individual  yondashishni,  ta’lim  meto- 

dikasining  40  xil  individual variantini  amalga  oshirish  zarur de­

gan  ma’noni  anglatmaydi.  Odatdagi  maktab  ta’lim  sharoitida 

bunday haddan tashqari  individuallashtirish mumkin ham  emas, 

kerak  ham  emas.  0 ‘quvchilarning  fikrlash  faoliyatining  asosiy 

tiplarini hisobga olish kifoya.

Ta’limda individual yondashish kamchiliklarga barham berish- 

nigina  emas,  balki  o‘quvchilar tafakkurini  rivojlantirish,  o‘qishga 

to‘g‘ri mimosabatda bo‘lishni, bilishga oid qiziqishlarni tarkib top- 

tirish ishlarini olib borishni ham anglatadi.  0 ‘qishga salbiy muno­

sabatda  bolish  hollarida  bunday  munosabatni  keltirib  chiqargan 

sabablarga  qarab,  tarbiyaviy chora-tadbirlar  ko‘rish  kerak  boladi. 

Bunday  sabablar  orasida  o'qituvchi  bilan  bolgan  kelishmovchi- 

lik,  o‘quvchi  duch  kelgan qiyinchiliklar,  bilimdagi  nuqsonlar,  o‘z 

kuchiga ishonmaslik va hokazolar bolishi mumkin.

Rus  psixologlari  yakdillik  bilan:  barcha  bolalar  o‘qishga  qo- 

biliyatlidirlar,  har bir normal va psixik jihatdan soglom o‘quvchi 

o‘rta  ma’lumot  olishga  qodirdir.  Maktab  o‘quvchilari  davlat 

ta’lim  standartlari  doirasida  o‘quv  materialini  ma’lum  darajada 

muvaffaqiyatli  egallashga  qodirdir,  binobarin  o‘qituvchi  hamma 

o‘quvchilarning ham shunday bolishiga erishmogl lozim,  degan 

nuqtayi  nazarda  turadilar.  Lekin  bundan  hamma  o'quvchilarga 

ham ta’lim berish bir xilda  oson,  deb  aslo  o‘ylab bolmaydi.  Har 

qanday ta’lim metodikasi sharoitida, bu ta’lim juda yaxshi tashkil 

etilgan sharoitda bir xil o‘quvchilar yaxshiroq harakat qilib, bosh-



468


qalardan  ko‘ra  yuqori  natijalarga  erishadilar.  Bir  o‘quvchi  alohi­

da  ko‘p  kuch  va  mehnat  sarf qilmasdan  nisbatan  qisqa  muddat 

ichida yuksak natijalarni,  katta  muvaffaqiyatlarni  qo‘lga  kiritadi, 

boshqa o£quvchi bolsa  qanchalik intilmasin va harakat qilmasin, 

o‘sha darajaga  shunchalik tez va osonlikcha kolarila olmaydi.

Bugungi  kunda  hech  kim:  «Yomon  o‘quvchilar  yo‘q,  yomon 

o‘qituvchilar bor»  degan  formulani hech so‘zsiz  qabul qilavermay- 

di,  o‘quvchilarning  o‘zlashtirmasligida  hech  kim  o‘qituvchilarni 

yoppasiga  ayblab  o‘tirmaydi.  Albatta,  ta’limning  muvaffaqiyatli 

bolishi  bilimlar,  ko‘nikma va  malakalarning juda  yuqori  darajasi 

asosan ta’limning mazmuni bilan,  ta’lim metodikasining takomil- 

lashuvi,  o‘qituvchining  mahorati  bilan  ta’min  etiladi,  lekin  ham- 

ma narsa faqat ana shunga bogliq deb o‘ylab bolmaydi.  Muvaffa- 

qiyat ichki shart-sharoitlarga — 

0

‘quvchining individual-psixologik 



xususiyatlariga  ham  bogliqdir.  Har  gal  teng  sharoitlarda  bir  xil 

mashqlar,  bir  xil  ta’lim  metodikasi g‘oyat  har xil  natijalar beradi, 

bunda 

0

‘quvchilarning turli xususiyatlari haqida gapirish mumkin.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish