Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Rivojlantiruvchi:

  Talabalarning  o‘smirlik  yoshdagi  bolalarning 

yosh  va  psixologik  xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda  ular  bi­

lan  ishlash,  muammoli  vaziyatlarni  yechish  ko‘nikma-malakala- 

rini  rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: 

o‘smir,  yetakchi  faoliyat,  muloqot,  psi­

xologik  yangilik,  o‘z-o‘ziga  baho  berish,  jinsiy  yetilish jarayoni, 

o‘spirinlik davriga o‘tishdagi  inqiroz.



16.1.  0 ‘smirlik yoshida  rivojlanishning  ijtimoiy  shart-sharoitlari

0 ‘smirlik  10—11  yoshlardan  14—15  yoshlargacha  bolgan 

davrni  tashkil  etadi.  Hozirgi  o‘smirlar  o‘tmishdoshlariga  nis­

batan  jismoniy,  aqliy  va  siyosiy jihatdan  birmuncha  ustunlikka 

ega.  Ularda jinsiy  yetilish,  ijtimoiylashuv jarayoni,  psixik  o‘sish 

oldinroq  namoyon  bo‘lmoqda.  Aksariyat  o‘quvchilarda 

0

‘smir­


lik yoshiga  o‘tish,  asosan,  5-sinflardan boshlanadi.  «Endi  o‘smir 

bola  emas,  biroq katta ham emas»  ayni shu ta’rif o‘smirlik davri­

ning  muhim xarakterini  bildiradi.  0 ‘smirlik  — bolalikdan  katta- 

likka  o‘tish  davri  bolib,  fiziologik  va  psixologik jihatdan  o‘ziga 

xos  xususiyatlari  bilan  xarakterlanadi.  Bu  bosqichda  bolalarning 

jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi,  hayotdagi turli nar-



322


salarga  qiziqishi,  yangilikka  intilishi  ortadi,  xarakteri  shakllana­

di,  ma’naviy  dunyosi boyiydi,  ziddiyatlar  avj  oladi.  0 ‘smirlik ba- 

log‘atga yetish davri bolib,  yangi hislar,  sezgilar va jinsiy hayotga 

taalluqli  chigal  masalalarning  paydo  bolishi  bilan  ham  xarak- 

terlanadi.  Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o'zgarishlar ro'y bera 

boshlaydi.  Bu o'zgarishlar fiziologik hamda psixologik o'zgarish- 

lardir.  Bo‘yga o'sish bir tekis bormaydi:  qiz-bolalar 5—7  sm o'ssa- 

lar, o‘g‘il bolalar 5—10 sm o'sadilar.  Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon 

ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi 

hisobiga ro‘y beradi.

O glz  bo‘shlig‘i  va  halqumdagi  o'zgarishlar  oqibatida  tovush 

tembri  ham  o'zgaradi.  Bu  o'g'il  bolalarda  qiz bolalarga  nisbatan 

ko'proq  darajada  sodir  boladi.  O'g'il  bolalarning  tovushi  vaz- 

minroq bolib  qoladi,  do'rillaydi.

Garchi  bu  davrda  mushaklar  tez  sur’at  bilan  o'ssa  ham, 

mustahkamlashsa  ham,  lekin  baribir  oyoq va  qo'l  suyaklarining 

o'sish  sur’ati  orqada  qoladi.  O'smirlarda  bu  xususiyat  ularning 

beso'naqay xatti-harakatlarida,  yurish-turishlaridagi  qo'pollikka, 

katta-katta  odim tashlashlariga sabab boladi.

Fiziologik o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan 

bogliq  ravishda  tanadagi  barcha  a’zolarning  mukammal  rivoj­

lanishi va  o'sishi,  hujayra va  organizm tuzilmalarining  qaytadan 

shakllana  boshlashida  namoyon  boladi.  Organizmdagi  o'zga­

rishlar bevosita  o'smir  endokrin  sistemasining  o'zgarishlari bilan 

bog'liqdir.  Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezi- 

ning funksiyasi faollashadi.  Uning faoliyati organizm to'qimalari- 

ning  o'sishi va muhim  ichki  sekretsiya bezlarining  (qalqonsimon 

bez,  buyrak  usti  bezi  va  jinsiy  bezlar)  ishlashini  kuchaytiradi. 

Natijada bo'y o'sishi tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy or- 

ganlarning  rivojlanishi,  ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo  b o li­

shi)  amalga  oshadi.  Ko'krak qafasi ham gavdaning bo'y  o'sishiga 

nisbatan sekin rivojlanadi.  Buning natijasida ayrim o'smirlarning 

yelkasi,  ko'kragi  tor  bolib  qoladi,  bu  esa  o'z  navbatida  kislo- 

rod  yetishmasligiga,  nafas  qisishiga  olib  keladi.  Kislorod  yetish-



323


masligi  natijasida  ruhiy faoliyatga putur yetadi.  Bu davrda yurak 

kengayishi bilan  qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi.  Qon aylanish 

sistemasining  qayta qurilishi,  vegetativ nerv  sistemasidagi barqa­

rorlik  qon  aylanishini  buzadi  va  o‘smirda  ba’zi  qon  bosimining 

ortishi  ro‘y beradi.

Bu  davrda  ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati  kuchayadi.  0 ‘smirda 

ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik 

dunyosida  tub burilish  nuqtasi vujudga keladi.  0 ‘smirlik yoshida 

ularning  xulq-atvoriga  xos  bolgan  alohida  xususiyatlarni  jinsiy 

yetilishning  boshlanishi  bilan  izohlab  bolmaydi.  Jinsiy  yetilish 

o‘smir  xulq-atvoriga  asosiy biologik  omil  sifatida  ta’sir  ko‘rsatib, 

bu ta’sir bevosita emas,  balki ko‘proq bilvositadir.

0 ‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat  qiladilar.  Ular 

o‘zlarining layoqat,  qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada 

o‘rtoqlari  va  o‘qituvchilariga  ko‘rsatishga  intiladilar.  Bu  holatni 

oddiy kuzatish yoli bilan ham osongina ko‘rish mumkin.  0 ‘smir­

lik  davri  «o‘tish  davri»,  «krizis  davr»,  «qiyin  davr»  kabi  nom- 

larni  olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi.  Chunki, 

bu  yoshdagi  o‘smirlarning  xatti-harakatida  muqobil,  yangi  sha- 

roitlarda  o‘z  o‘rnini  topa  olmaganligidan  psixik  portlash  hollari 

ham  kuzatiladi.  0 ‘z  davrida  L.S.Vigotskiy  bunday  holatni  «psi­

xik rivojlanishdagi inqiroz»  deb nomlagan.  Kichik maktab davri- 

dan  so‘ng  bola  alohida  olingan  shaxs  sifatida  o‘z-o‘ziga  muno- 

sabatini shakllantirish jarayonida  asosan ikki bosqichni boshidan 

kechiradi.  Bu  bosqichlar  o‘smirlik  yoshini  ikki  xil  davrga  — ki­

chik  o‘smirlik  davri  va  katta  o‘smirlik  davrlariga  to‘g‘ri  keladi. 

Birinchi bosqichda  o‘smir o‘zini  «bola»lardan  ajratib,  endi  o‘zini 

kattalar  olamiga  mansubligini  ta’kidlamoqchidek boladi.  Katta­

lar hayotiga kirishga  qiziqish o‘smirlarning  asosiy xarakteristika- 

lari hisoblanadi.

Bu  davr  uchun  kattalarning  xatti-harakatlariga  taqlid  qilish 

va  o‘zining  mana  shu yarashmagan  qiliqlariga  tanqidiy baho  be­

ra  olmaslik,  uning  katta  yoshli  kishilarga  yaqin bolishi,  yordam 

berayotgan  bir  guruh  tengdoshlari  bilan  ortiq  darajada  bogliq



324


bo‘lib  qolishi  va  shu  singari  holatlar xarakterlidir.  Ikkinchi  bos- 

qichda o‘smir endi  o‘zining yosh bola  emasligiga  shubha qilmay- 

di va o‘zligini aniq anglay boshlaydi,  o‘z  shaxsini uluglab,  o‘ziga 

xos  harakatlar  qila  boshlaydi.  0 ‘smirlarni  o‘z  shaxslari  haqidagi 

fikrlar ko‘proq qiziqtiradi,  ular o‘zlarini bilishga,  maqsadli  rivoj- 

lantirishga,  tarbiyalashga harakat  qiladilar.

0

‘smirlik  davrida  ichki  erkinlikning  o‘sishida,  o‘z-o‘zini 



anglash  layoqatlarida,  mustaqil  xatti-harakatlarida  katta  sifat 

o‘zgarishlari  yuz  beradi.  Bunday  o‘zgarishlarning  yuzaga  kelishi- 

da  irodaning  ham  ahamiyati  katta.  Iroda  oliy psixik  funksiya  si­

fatida  o‘smirning  erkin  harakat  qilish  quroli,  shuningdek,  shax- 

si rivojining magistral  chizig‘i bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  davrga kelib 

uning  harakatlari  o‘zi  bilan  o‘rtoq  bolgan  bir  guruh  tengdosh- 

lariga bogliq bolmay  qoladi.  0 ‘rtoqlari  o‘smirga  o‘zi  to‘g‘risida- 

gi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni maj- 

bur qilmoqchi bolganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va 

o‘z  fikrida  qat’iy  turib  himoya  qilishi  mumkin.  Bu  davrda  o‘zga 

kishilarning  ichki  dunyosiga  ortiqcha  qiziqish bilan  qarash va  o‘z 

xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish,  o‘z-o‘zini tarbiyalashning ele- 

mentlarini  yuzaga kelishi  mana  shu  ikkinchi bosqichdagi  o‘smir- 

lar hayotiga xos xususiyatlardir.  0 ‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga 

kirmaslik,  o‘jarlik,  tajanglik,  o‘z  kamchiliklarini  tan  olmaslik, 

urushqoqlik  kabi  salbiy  xususiyatlar  xosdir.  0 ‘smirlar  hayotda, 

ekranda  va  kitoblarda  kattalarning  mustaqilligini  va  erkinligini, 

ularning  katta  va  qiziqarli  ishlarini,  dadil  harakatlarini,  qahra- 

monliklarini,  atrofdagilar  orasidagi  obrolarini  ko‘radilar  hamda 

havas  qiladilar.  0 ‘smirda  katta  yoshli  odam  bolishga  yoki  hech 

bolmaganda katta yoshli odam bolib ko‘rinishga qiziqish,  intilish 

paydo boladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bolib 

ko‘rinadi.  0 ‘smirlarning  ehtiyojlari  va  imkoniyatlarining  o‘zaro 

mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari,  o‘qituvchilari va bosh­

qa murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib  chiqaradi.

0

‘smir  o‘zining juda  ko‘p  istaklari,  «xohlayman»larini  amal­



ga  oshirishga  intiladi:  katta  yoshli  odamlar  ega  bolgan  ham-

325


ma  narsalardan  foydalanishga,  erkin,  mustaqil  va  ozod  bolish- 

ga intiladi.  Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega 

ekanini  ko‘rsatish  uchun  u  kuchli,  qo‘rqmas  va  epchil  bolishga 

intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday 

bolishlarini  istaydilar,  ammo  ular  ana  shu  fazilatlarning  faqat 

«kerakligi»  uchun  shunday  bolishini  istaydilar.  Ana  shunday 

«xohlayman»  va  «kerak»  o‘rtasidagi  qarama-qarshiliklar  ba’zan 

oilada,  maktabda  keskin  ziddiyatli  vaziyatlarni  yuzaga  keltira- 

di.  Tarbiyalangan  odamda  «xohlayman»  faqat  «kerak»ni  baja­

rish  orqaligina  amalga  oshiriladi.  Agar  o‘smir bola  tushunishga 

o‘rgatilmagan bolsa va  «kerak»  bolgan  narsani bajarishga  odat- 

lanmagan  bolsa,  u  o‘zboshimchaligini  namoyon  qilish  orqa­

li  tarbiyachilarning  talablariga  qarshilik  qiladi  hamda  o‘zining 

shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi.  0 ‘smirning 

yangi  huquqlarga  da’vosi,  avvalo,  kattalar  bilan  o‘zaro  muno­

sabatlarning  butun  muhitiga  oid  boladi.  0 ‘smir  avval  bajonidil 

bajaradigan  talablarga  endi  qarshilik  ko‘rsata  boshlaydi:  uning 

mustaqilligini  cheklashganda,  vasiylik  qilishganda,  yo‘naltirish- 

ganda,  nazorat qilishganda,  quloq solishni talab  qilishganda, ja- 

zolashganda,  uning  qiziqishlari,  munosabatlari  va  fikrlari  bilan 

hisoblashishmaganda  u juda  xafa  boladi  va  norozilik  bildiradi. 

0

‘smirda  o‘z  qadrini bilish  hissi  paydo boladi va  u  o‘zini  kam- 



sitish,  mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bolmagan 

inson,  deb  biladi.  Bolalikdagi  kattalar  bilan  bolgan  munosabat 

haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi 

tasavvurlari bilan mos  kelmay qoladi.  U  kattalar huquqini  chek- 

laydi,  o‘zinikini  esa  kengaytiradi.  Kattalarning  o‘z  shaxsi va  in- 

soniylik qadrini hurmat  qilishlarini xohlaydi,  ishonch va musta­

qillik namoyon  etishga  da’vo  qiladi,  ya’ni  kattalar bilan  ma’lum 

teng  huquqlilikka  va  ularning  shu  narsani  tan  olishlariga  eri- 

shishga harakat qiladi.

0

‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya qilish 



xosdir.  Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning 

xatti-harakatlariga imitatsiya,  taqlid  qiladilar.



326


0

‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib 

qolishlari  ham  mumkin.  0 ‘smir  katta  odam,  shuningdek,  che- 

kuvchi,  ichuvchi  singari  yangi  rollarda  o‘zini  noqulay his  qiladi. 

Psixik  rivoji jihatidan  bolalarga  yaqin,  lekin  ehtiyojlari jihatidan 

kattalarga yaqin bolgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga 

tushuvchi  holatlar  boladi va  ular  o‘smirda  krizisni  yuzaga  kelti- 

rib chiqaradi.  Bu  krizis  o‘smirning  ma’naviy o‘sishi,  shuningdek, 

psixikasidagi  o‘zgarishlar  bilan  ham  bogliqdir.  Bu  davrda  bola­

ning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi,  o‘zining yaqinlari,  do‘stlari,  teng­

doshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi.  Lekin eng katta 

o‘zgarish uning  ichki  dunyosida yuzaga keladi.  Ko‘pgina  o‘smir- 

larda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi.  Shuningdek,  o‘zi ha­

qidagi  mavjud  fikrlarining  bugun  unda  sodir  bolayotgan  o‘zga- 

rishlarga  to‘g‘ri  kelmayotganligi  o‘smirning  asabiylashishiga  olib 

keladi.  Bu esa o'smirda o‘zi haqida  salbiy fikr va qo‘rquvni yuza­

ga keltirishi  mumkin.  Ba’zi  o‘smirlarni  nima uchun  atrofdagilar, 

kattalar,  shuningdek,  ota-onasiga qarshi chiqayotganligini  anglay 

olmayotganligi  tashvishga  soladi.  Bu  holat  ularni  ichdan  asabiy- 

lashishlariga  sabab boladi  va  o‘smirlik  davri  inqirozi yuzaga ke­

ladi.  Krizis  boladagi  mavjud  tushkunlik,  yolglzlikka  intilish, 

passivlik  yoki  aksi,  o‘jarlik,  qaysarlik,  agressivlik,  hayotga  salbiy 

munosabatlarning kechishida namoyon boladi.  Bunday paytlarda 

u o‘zi singari katta fiziologik,  psixologik o‘zgarishlar kechayotgan 

o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj  sezadi.  Do‘sti o‘smir- 

ga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yoldan urib,  yomon ta’sir qiladi- 

mi  — bu  narsa uning  axloqiy qiyofasi bilan bogliq.

0

‘rtoqlarining  ta’siri  ostida  o‘smir  o‘zining  ehtiyojlari  va  is- 



taklarini  qondirishi  mumkin.  Agarda  bundan  qanoatlanish  un­

ga  katta  mamnunlik  baglshlasa,  bunday  hollarda  uning  ba’zi 

bir  harakat  yoki  qiliqlarga  nisbatan  bolgan  tasodifiy  qiziqish­

lari dastavval ishtiyoqqa,  undan keyin  ehtiros yoki odatga  aylani- 

shi  mumkin.  Ana  shunday  yol  bilan  o‘quvchilarda,  masalan, 

matematikaga,  fizika  yoki  ximiyaga,  duradgorlik,  slesarlik  yoki 

qandaydir  boshqa  bir  ishlarga  nisbatan  ishtiyoq  yuzaga  keladi,

327



ammo  o‘quvchilar  xuddi  shunday  yo‘l bilan  yolg‘onchilikka,  be- 

zorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o'rganib  qo- 

lishlari mumkin.

0

‘smirlik  davridagi  barcha  nomunosib  harakatlar  bir  on- 



da  o‘tib  ketadigan  xohishlarning  ko‘pligidan va  kelib  chiqadigan 

oqibatni  nihoyatda  yuza  tarzda  ko‘ra  bilishlikdan  kelib  chiqadi. 

Deyarli barcha  zararli xohishlar  oldin  zararsiz va yengillik bilan 

amalga  oshiriladigandek  bo‘lib  ko‘rinadigan  ko‘ngil  ochish  tar- 

zidagi  ishlardan  boshlanadi.  Biroq,  aslida  esa bu  ishlarni  amal­

ga oshirishga o'smirlarning  imkoniyatlari yetmaydi.  Bunga shaxs 

taraqqiyotining tabiiy ehtiyojlari ta’sir qiladi.  Agarda o‘smir bola­

lar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi, ular o‘zlarining 

psixik  xususiyatlarini  rivojlantira  olmagan  bo‘lar  edilar.  0 ‘smir- 

lar,  o‘zlarining turli xil xohishlarini bevosita qondirishdan bo‘lak 

narsani  ko‘ra  olmaydilar  va  bunday  xohishlar  xatarli  oqibatlar- 

ga tomon yo‘llaganda o‘zlarini vaqtida to‘xtatib  qola  olmasliklari 

ham  mumkin.  0 ‘quvchilarni  o‘z  xatti-harakatlarining  oqibatla- 

rini oldindan ko‘ra bilishga va o‘zlarini tuta bilishga o‘rgatish tar- 

biyachilarning asosiy vazifasidir.

0

‘smirlar  haddan  tashqari  g‘ayratli  va  besaramjon  boladilar, 



ular  uchun  bekorchilik  juda  oglrdir,  bir  xil  tarzdagi  ishlardan 

tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan  qiziqmay qo‘yadilar, bu esa 

ularning  ta’lim  jarayonlari  muvaffaqiyatiga  kuchli  ta’sir  qiladi. 

Binobarin,  o‘smirlarga  muvaffaqiyatli  ta’lim  va  tarbiya  berishda 

ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va turli xil foydali mashg‘ulot- 

larga jalb  qilish  hamda  qiyinroq,  lekin  kuchlari  yetadigan  ishlar 

bilan shug'ullantirish nihoyatda  muhimdir.

« 0 ‘smirlik  yoshining  mohiyati  shundan  iboratki,  o‘smir  bir­

muncha  faolroq ijtimoiy  muhitga  yetilgan bolib,  bolalik  chog‘ida 

vujudga  kelgan  eski  munosabatlarni  buzib,  ana  shu  muhit  uchun 

kurasha  boshlaydi».  Har bir  o‘smir  muvaffaqiyatli  ishlar bilan  te­

varak-atrofdagi odamlar o‘rtasida o‘z shaxsini tasdiqlashga intiladi.

Kattalar  o'smirlarning  foydali  jamoa  ishlarida  muvaffaqi­

yatga  erishishlarida  yordam  berishlari  va  bu  bilan  ularning  o‘z



328


qadr-qimmatlarini  namoyon  qilishlariga  imkon berishlari  lozim. 

Aks holda ular boshqalarning  oldida  o‘zlarini yuqori  qo‘yishlari, 

bepisandlik  qilishlari  mumkin.  Buni  ular  o‘zlarining  qadr-qim- 

matlari  tan  olinmaganligi  yoki  kamsitilganligiga  qarshi  chiqib, 

salbiy  ishlar va  xatti-harakatlar  orqali  amalga  oshirishlari  mum­

kin bo‘ladi.

0

‘smirlar  nihoyatda  taqlidchan  bolib,  ularda  hali  aniq  bir 



fikr,  dunyoqarash  shakllanmagan  boladi.  Ular  tashqi  ta’sirlarga 

va  hissiyotlarga juda  beriluvchan  boladilar.  Shuningdek,  ularga 

mardlik, jasurlik,  tantiqlik ham xosdir.  Tashqi ta’sirlarga beriluv- 

chanlik  o‘smirda  shaxsiy  fikrni  yuzaga  kelishiga  sabab  boladi, 

lekin  bu  shaxsiy  fikr  aksariyat  hollarda  asoslanmagan  boladi. 

Shuning  uchun ham  ular ota-onalarning,  atrofdagi  kattalarning, 

ustozlarning  to‘g‘ri  yolni  ko‘rsatishlariga  qaramay,  o‘z  fikrlarini 

olkazishga  harakat  qiladilar.  0 ‘smirlarga  farosatlilik,  tejamkor- 

lik,  ehtiyotkorlik  va  uzoqni  k o la  bilishlik  kabi  psixik  xususi­

yatlar  hali  yetishmaydi.  Tengdoshlari,  shuningdek,  sinfdoshlari 

guruhida  o‘smir o‘zining  kelishuvchanlik xususiyati bilan  namo­

yon  boladi.  0 ‘smir  o‘z  guruhiga  bogliq va  qaram  bolgani  hol­

da  shu guruhning  umumiy fikriga  qo‘shilishiga va  uning  qarori- 

ni  doimo  bajarishga  tayyor  boladi.  Guruh  ko‘pincha  o‘smirda 

«biz»  hissining  shakllanishiga yordam beradi  va  uning ichki ho- 

latini  mustahkamlaydi.  0 ‘smir  yoshdagi  bola  uchun  do‘st  tan- 

lash  juda  katta  ahamiyatga  ega.  0 ‘smirlik  davrida  do‘stlik juda 

qadrli hisoblanadi.  Do‘stlar doimiy ravishda ruhan,  qalban yaqin 

bolishga ehtiyoj  sezadilar.  Bu  ehtiyoj  o‘smir do‘stlarning hol-ah- 

vol so‘rashishi va ko'rishishlarida  (qo‘1 berib,  quchoq ochib  ko‘ri- 

shish) birga olirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko‘rina- 

di. Ko‘pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, o‘smirlarning 

shaxs bolib shakllanishida,  hamkorlikdagi harakatlarining izi in­

son qalbi va xotirasida bir umrga saqlanib  qoladi.

0

‘smir yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba’zan o‘zlari- 



ning  kuchlari  yetmaydigan  qarama-qarshiliklar  paydo  boladi. 

Asosiy  qarama-qarshilik juda  ko‘p  orzu-tilaklarni  vujudga  kelti-



329


ruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy,  ma’naviy va moddiy ehti­

yojlar bilan  ularni  qondirish uchun  nihoyatda cheklangan  hamda 

ko‘p  jihatdan  yetarli  bo'lmagan  imkoniyatlari  o‘rtasidagi  qara- 

ma-qarshilikdir.  0 ‘smirning  o‘z  kuchiga  to‘la  ishonmasligi  uni 

butun  vositalar  bilan  shunchaki  o‘zini  katta  kishi  bo‘lib  qolgan- 

ligini  ta’kidlashga  majbur  qilibgina  qolmay,  shu  bilan  birga  bu 

tuyg‘uni  yetarli  baholay  olmaslik  holatini  ham  vujudga  keltiradi. 

Bu  o‘z  navbatida kattalarga  qo‘pol  munosabatda bo‘lish  va  agres- 

sivlikni  hamda ota-onalar bilan o'qituvchilarning  maslahat va ta- 

lablarini  pisand  qilmaslik  kabi  xulq-atvor  alomatlarini  ham  kel­

tirib  chiqaradi.

«Oltinchi  sinf  muammolari»ga  bag‘ishlangan  tadqiqot  ishi- 

da  shu  yoshdagi  bolalarning  xulq-atvor  xususiyatlari  va  turli  xil 

fanlar  bo‘yicha  o‘zlashtirishning  pasayishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

muammolarning  o‘sib  borishi  quyidagicha  namoyon  bo‘lgan:  ol­

tinchi sinf o‘quvchilari to‘rtinchi  sinfga  nisbatan 6  marta  ko‘proq 

qaysarlik  qilishlari,  10  marta  ko‘proq  o‘qituvchilarga  qarshilik 

ko‘rsatishlari,  7  marta  ko‘proq  boshqalar  irodasiga  to‘sqinlik  qi­

lishlari,  9  marta  ko‘proq  boshqalar  kamchiliklariga  e’tibor  be­

rish lari,  5  marta  ko‘proq  faqat  o‘z  xohish-istaklariga  bo‘ysunish- 

lari  va  nihoyat  42  marta  ko‘proq  o‘z  xatti-harakatlari  motivlariga 

ega bo‘lmasliklari  aniqlangan  (Krakovskiy A.P.  1970).




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish