Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Pedagogning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  muammosi



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

24.3.  Pedagogning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  muammosi

Bolajak  pedagoglarning  oliy  o‘quv  yurtida  olgan  psixologik 

bilimlari ikki unchalik yoqimli bolmagan xossaga ega.  Ular,  bi- 

rinchidan,  pedagogga amaliyotda zarur bolgan barcha bilimlarni



580


o‘z  ichiga  qamrab  olmagan,  bunga  sabab  pedagogik  oliy  o‘quv 

yurtlarida psixologik fanlarni  o‘qitish uchun  ajratilgan  dars  soat- 

lari hajmining  chegaralanganligidir.  Ikkinchidan,  bu  olingan bi- 

limlar  tezda  eskirib  qoladi  va  hech  bolmaganda  besh  yilda  bir 

marta  yangilab  turishni talab  etadi,  buni o‘z-o‘ziga ta’lim berish 

yoki malaka oshirishda amalga  oshirsa boladi.

Pedagogning psixologik jihatdan o‘z ustida ishlash deyilganda, 

uni muntazam ravishda psixologiya fanining turli yo‘nalishlarida- 

gi eng yangi yutuqlar bilan tanishib borishini nazarda tutadi, ular 

tarbiya  va  ta’lim  bilan  bevosita  va  bilvosita  bogliqdir.  Bu  ta’lim 

psixologiyasi,  tarbiya  psixologiyasi,  yosh  davrlari  psixologiyasi, 

differensial  psixologiya,  ijtimoiy  psixologiya,  shaxs  psixologiyasi 

shuningdek,  psixologiya  va  boshqa  fanlar  chegarasidagi  tibbiyot, 

patopsixologiya,  psixofiziologiya va psixoterapiya.

Pedagogning  amaliy  faoliyatida  psixologik  ma’lumotlar  olishi 

mumkin bolgan adabiyotlar ro‘yxati yetarli darajada salmoqlidir. 

Holbuki,  pedagogga  muntazam  ravishda  ilmiy  kitoblarni va jur- 

nallarni  o‘qishga  hojat  yo‘q,  asosiy  psixologik  bilimlar jamlan- 

gan  holda  keltirilgan,  pedagogik  faoliyat  uchun  foydali  bolgan 

bolimlarga murojaat qilishning o‘zi yetarlidir.

Pedagogning  kasbiy  faoliyati  davomida juda  zarur jiddiy jihat

— bu  o‘z-o‘zini  boshqarishdir,  ya’ni  o‘z  psixik  holati va xulq-at- 

vorini  boshqara  olish  qobiliyati,  murakkab  pedagogik  holatlarda 

muqobil harakatlana olishidir.

0

‘z-o‘zini  boshqarishning  psixologik  asoslari  bilish jarayonini 



o‘z  ichiga oladi:  Sezgi,  idrok,  diqqat,  xayol,  tafakkur,  xotira,  nutq 

shuningdek  shaxs  xislatlari  -   xulq  atvori,  emotsional holati,  vazi- 

yatga munosabati.  Yuqorida  qayd etib  o‘tilgan  psixik jarayonlarda 

o‘z-o‘zini boshqarish odam xususiyatlari va holatlari, uning irodasi 

va ichki tuyg‘ulari bilan bogliqdir.  Ma’lumki,  ichki tuyg‘u barcha 

psixik  holatlarni  boshqarishda  erkinlik  asosi bolib  xizmat  qiladi, 

iroda bolsa xatti-harakatlar quvvati va yo‘nalishlarini ta’minlaydi.

Ongli  ravishda  fikrlashni  ham  boshqarish,  uni  yanada  sa- 

maraliroq qilish mumkin.

581



Tafakkurni  o‘z-o‘zida  boshqarishning  asosiy  usullari  quyi- 

dagilardir.

—  hal  qilinishi  kerak  bo‘lgan  vazifa  shartlarni  diqqat  bilan 

tahlil qilish;

—  talab  qilingan  natijani  berilgan  shartlar  bilan  solishtirish, 

bunday maqsad kerakli  natijani olish uchun yetishmagan narsani 

aniqlash;

—  doimiy  ravishda  mashq  o‘tkazib  borib,  tafakkurni  chiniq- 

tirish;

—  tafakkurni  aniq  yo‘nalishdagi  mashqlar  bilan  chiniqtirish, 

ya’ni ketma-ket izlanish va yetarli darajada hal qilinishning alter­

n a te  yo‘llarni ko‘rib  chiqish  (bu  — vosita  anglash jarayoni  «sikl- 

lanish»  deb nomlanadi);

—  vazifani  hal  qilishning  yo‘llari  bilan  bog'liq  bo'lgan  aniq 

farazlarni o‘z ichida yoki ovoz chiqarib so‘zlash  (gapirish);

—  bajarib bo‘lingan xatti-harakatlar natijalarini va faraz (g‘oya) 

larni doimiy ravishda yozib borish;

—  o‘z-o‘zini  emotsional  boshqarish  organizmning  muskul 

to‘qimalari  tizimi boshqara bilish  qobiliyatiga  asoslangan,  emot- 

siogen  holatlardan tahlil  qilib  tafakkurni  ongli  ravishda  faol jalb 

etish.

Hozirgi  zamon  maktabi  muallimlik  shaxsi  va  kasbiy  faoliyati 



uchun zarur bo‘lgan sifat va fazilatlarni egallagan,  yangicha fikr- 

laydigan,  ijtimoiy faol pedagoglarni talab  qilmoqda.

Ana  shunday  qator muammolarni  oqilona  hal  qilishning  eng 

muhim omillaridan biri o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi ja- 

rayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan mam- 

lakatimiz  ta’limi  sohasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning 

ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon 

talablari darajasiga yetkazishdir.  Endilikda  oliy ta’lim  muassasa- 

lari  oldiga  faqatgina  o‘qimishli  insonni  emas,  balki  voqealarni 

oldindan ko‘ra biladigan,  to‘g‘ri qaror qabul qila olish mahoratiga 

ega,  o‘zini-o‘zi  rivojlantirish zaruriyatini tushunib yetadigan  oqil 

va barkamol  shaxsni tarbiyalash muammosi qo‘yilmoqda.



582


0

‘qituvchining shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi qancha- 

lik  yuqori  bo‘lsa,  o‘quvchilar  bilan  ta’lim  va  tarbiyaviy  muno- 

sabatlarni  yaxshi  yo‘lga  qo‘ya  oladi. 

0

‘qituvchining  shaxsiy  na- 



munasi  va  obro‘-e’tibori  ta’lim-tarbiya  jarayonida  bolada  qat’iy 

nuqtayi nazarning  shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.

Kanadalik psixolog olim Djeyms Marsha yigit-qizlarning kas­

biy tayyorgarlik davrini to‘rt bosqichga ajratadi:

1.  Yoshlarda  kasb  haqidagi  tasavvur  va  bilimlarning  kamli- 

gi,  hali noaniqligi bosqichi.  Bu bosqich hali shaxsning e’tiqodlari 

aniq emasligi,  kasbni tanlamaganligi,  kim  bo‘lishi  noaniqligi bi­

lan tavsiflanadi.

2.  Muddatidan  oldin  aynan  o‘xshashligini  topish  bosqichi. 

Shaxs  o‘z  kuchi,  xohishi  bilan  emas,  boshqaning  fikri  bilan, 

boshqa  kishiga  ergashib,  tegishli  munosabatlar tizimiga  qo‘shili- 

shi bilan xarakterlanadi.

3.  Moratoriya  bosqichi  — shaxs  o‘zligini  aniqlashning  krizisi 

jarayonidaligi bilan,  rivojlanishning  ko‘p variantlari  orasidan o‘zi 

uchun eng maqbulini tanlashi bilan tavsiflanadi.

4.  Erishilgan yutuqning aynanligi bosqichi.  Tanlash mojarosi 

hal  etilganligi,  shaxs  o'zligini  namoyon  etishga  amalda  kirish- 

ganligi  bilan  belgilanadi. 

0

‘qituvchi  eng  avvalo  o‘quv-tarbiya 



jarayonida  o‘quvchilar  faolligini  oshirishni  esdan  chiqarmasli- 

gi,  yuzaga  kelgan  muammolarni  mustaqil  yechishga  o‘rgatishi, 

o‘quvchi  tashabbuskorligi  va  ijodkorligi  asosida  o‘zining  kim- 

ligini  namoyish  etishiga  yordamlashishi  zarur.  Buning  uchun 

o‘qituvchi  shaxsiy  hamda  kasbiy  sifat  va  fazilatlarni  to‘liq  egal- 

lagan  bo‘lishi  lozim,  bunday  o‘qituvchilar  o‘quvchilar  bilan 

ko‘proq  do‘stona  muloqotda  bo‘ladilar,  o‘zaro  fikr  almashadi- 

lar,  mavzuga  doir muammoni tahlil  qiladilar va bir qarorga ke- 

ladilar. 

0

‘qituvchi bu o‘rinda butun e’tiborini mavzu mohiyatini 



o‘quvchilarga singdirishga qaratib,  o‘quvchilar e’tiborini kechin- 

malarini va o‘zlashtirish imkoniyatlarini alohida e’tiborga oladi. 

0

‘qituvchi  shaxsiga xos  bo‘lgan  bilimdonlik,  ijodkorlik,  musta- 



qillik  hamda  pedagogik  faoliyati  uchun  mas’uliyat va javobgar-

583


likni  chuqur  his  etish  o‘quv-tarbiya  jarayoni  samaradorligini 

ta’minlashning eng  muhim omillaridir.

Talabalarda  kasbni  egallashning  shakllanishi  ularda  majburiyat 

va javobgarlik  hissining  tarkib  topishi  bilan bogliqdir.  Ularda  ana 

shunday  sifat  va  kechinmalar  tola  shakllangan  bo‘lsa,  bilimlami 

egallash yoki kasbiy kamoloti uchun hech narsa to‘siq bo‘la olmaydi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish