Aqliy harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasi —
rus psixologi P.Ya.Galperin tomonidan ishlab chiqilgan va uning sho-
girdlari tomonidan rivojlantirilgan ta’limot bo‘lib, bilim, ko‘nikma
va malakalar shakllanishining umumiy psixologik asoslari bosqich
ma-bosqich ma’lum dastur asosida rivojlanadi.
Axloq
— shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini
belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari.
Bilish
— psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va uni
o‘zgartirishni ta’minlaydi.
Bine
— Simon testi — bolalar aqliy rivojlanish usuli. Fransuz psi-
xologlari Bine va Simon tomonidan ishlab chiqilgan. Ular ilk bor eks-
perimental psixologiyaga asos solishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |