Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Diqqat. 

Agar  kichik  maktab  davrida  ixtiyorsiz  diqqat  ustun- 

lik qilsa,  o‘smirlik  davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi. 

Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchi- 

lar  diqqatsizligidan  emas,  balki  ijtimoiy  sabablar  bilan  belgila- 

nadi.  0 ‘smir  o‘z  diqqatini  to la  ravishda  o‘zi  uchun  ahamiyatli 

bolgan  va  yuqori  natijalarga  erishishi  mumkin  bolgan  faoliyat-

337



larga  qarata  oladi.  0 ‘smirning  diqqati  yaxshi  boshqariladigan va 

nazorat  etiladigan  darajada  rivojlangan  bo‘lishi  mumkin.  Bola­

ning  rivojlanayotgan  ixtiyoriy  diqqati  o‘qituvchi  tomonidan  doi­

mo  qo‘llab-quvvatlanishi juda  zarurdir.  Pedagogik jarayonda  ix­

tiyorsiz  diqqatni  ixtiyoriy  diqqat  darajasiga  ko‘tarish  uchun  bir 

qancha  uslublar  ishlab  chiqilgan.  Shuningdek,  o‘smirning  dars 

jarayonida  o‘z  tengdoshlari  orasida  o‘zini  ko‘rsatishi  uchun  sha- 

roitni yaratilishi ham o‘smirdagi  diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriy- 

ga aylanishida zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

0

‘smirlik  davrida juda  qattiq  charchash  holatlari  ham  bola- 



di.  Aynan  13—14  hamda  16  yoshlarda  charchash  chizig'i  keskin 

ko‘tariladi.  Bunday holatlarda o‘smir atrofdagi narsa va voqealar- 

ga to‘liq diqqatini qarata olmaydi.

0

‘smirlik  davrida  xotiraning  barcha  turlari  o‘zining  sifat 



ko‘rsatkichlari  asosida  jadal  rivojlanadi.  Bu  davrda  o‘quvchilar- 

ga  beriladigan  o‘quv  materialining  hajmi  katta  bo‘lgani  uchun 

ham uni  eslab  qolishi yoki bir necha marta takrorlash  yo‘li bilan 

o‘zlashtirish  qiyin.  0 ‘smirlik  yoshida  bolalar  o‘qigan  va  o‘rgan- 

ganlarini  so‘zma-so‘z  yodlashdan  voz  kechib  uning  ma’nosiga 

ko‘ra  eslab  qolishga harakat  qiladilar.  Ularda faol ravishda man­

tiqiy  xotira  rivojlanib  boradi.  Mexanik  xotiraning  rivoji  esa  bir­

muncha  sustlashadi.  Bu  esa ba’zan salbiy  holatlarni ham  keltirib 

chiqarishi  mumkin.  0 ‘smirlik  davriga  kelib  yangi  fanlar,  jum­

ladan,  o‘quvchilar  eslab  qolishi  zarur bo‘lgan  ma’lumotlar  miq­

dori ko‘payadi. Ammo mexanik xotiraning sustlashuvi ma’lumot­

larni  eslab  qolishda  muammolarni  keltirib  chiqaradi va  o‘smirlar 

tomonidan  xotiralari  zaiflashuvi  haqidagi  shikoyatlariga  va  o‘z- 

o‘zidan o‘qishga bo‘lgan  qiziqishlarining pasayishiga  sabab b o li­

shi  mumkin.  Buning  uchun  o‘quvchi  o‘quv  materialining  maz- 

munini tahlil  qilishi,  undagi mantiqiy tuzilishni bilishi  muhim.

0

‘smirlik  davrida  nazariy  tafakkur  yuqori  ahamiyatga  ega 



b o la  boshlaydi.  Chunki  bu  davrdagi  o‘quvchilar  atrof-olamda- 

gi  boglanishlar  mazmunini  yuqori  darajada  bilishga  harakat 

qiladilar.  Bu  davrda  o‘smirning bilishga bolgan qiziqishida kes-

338



kin  rivojlanish  sodir bo'ladi.  Ilmiy-nazariy  bilimlarning  egallab 

olinishi  o‘smir  tafakkurining  rivojlanishiga  olib  keladi.  Buning 

ta’sirida  isbot,  dalillar bilan fikrlash  qobiliyati  rivojlanadi.  Unda 

deduktiv xulosalar chiqarishga  qobiliyati paydo boladi.

Maktabda  o'qitiladigan  fanlar  o‘smir  uchun  o'z  taxminlari- 

ni  yuzaga  keltirish  yoki  tekshirish  uchun  sharoit  bolib  xizmat 

qiladi.  J.Piajening  ta’kidlashicha,  «Ijtimoiy  hayot  uch  narsaning 

ta’siri — til,  mazmun,  qoidalar asosida shakllantiriladi».  Bu bora- 

da o'zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o'z-o'zidan tafakkurning 

yangi  imkoniyatlarini yaratadi.

11—12

  yoshdan  boshlab  o'smir  endi  mantiqiy  fikrlab  harakat 



qila  boshlaydi.  O'smir  bu  yoshda  xuddi  kattalar  singari  keng 

qamrovli  tahlil  etishni  o'rgana  boshlaydi.  O'smir  tafakkurning 

nazariy  darajasiga  qanchalik  tez  ko'tarila  olishi,  o'quv  material - 

larini  tez  va  chuqur  egallashi  uning  intellektini  ham  rivojlani­

shini  belgilab  beradi.  O'smirlik  davri  yuqori  darajadagi  intel­

lektual  faollik  bilan  farqlanadi.  Bu  faollik  o'ta  qiziquvchanlik 

hamda  atrofdagilarga  o'z  layoqatlarini  namoyish  etish,  shu­

ningdek,  ularda  yuqori  baho  olish  ehtiyojining  mavjudligi  bilan 

belgilanadi.  O'smirning  kattalarga beradigan  savollari  mazmun- 

li,  mulohazali va aynan o'sha masala doirasida boladi.  Bu yosh­

dagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar,  taxminiy fikr yuritib, 

tadqiqot  o'tkaza  oladilar  hamda  ma’lum  bir  masala  bo'yicha 

muqobil variantlarni taqqoslay oladilar.  O'smir tafakkuri ko'pin- 

cha  umumlashtirishga  moyil  boladi.  Respublikamizning  bozor 

iqtisodiyoti sharoitiga  o'tishida kishilardagi  amaliy tafakkurning 

ahamiyati  oshmoqda.  Amaliy  tafakkur  tizimiga  quyidagi  aqliy 

sifatlar  kiradi:  tadbirkorlik,  tejamkorlik,  hisob-kitoblik,  yuzaga 

kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqa shu kabi sifat­

lar  mavjud  bolgan  taqdirdagina  amaliy  tafakkurni  rivojlangan 

deb hisoblash mumkin.  Bu sifatlarni  1-sinfdanoq rivojlantira bo- 

rish nihoyatda muhim.

O'smirlik  davrida  ishbilarmonlik  sifatini  o'quvchilarning  o'z- 

o'zini  boshqarishini  yo'lga  qo'yishi,  umumiy  foydali  tadbirkor-

339



lik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin.  Bu bora­

da o‘quvchi ijrochi rolida emas, balki boshqaruvchi,  mustaqil yo‘l 

tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o‘zi ishtirokchi bo‘lgan 

taqdirdagina  rivojlanish  amalga  oshishi  mumkin.  Bu  yosh­

da  tadbirkorlikni  rivojlantirishda  ko‘proq  mustaqillikning  beri­

lishi  o‘smir  amaliy  tafakkurining  rivojiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi. 

0

‘smir  yoshdagi  bolalarda  tejamkorlikni  rivojlantirish  aqlning 



boshqa  sifatlariga nisbatan  osonroq kechadi,  buni  ko‘proq  ularni 

qiziqtiradigan  narsalarga  mustaqil  ravishda  hisob-kitob  qilib  bo- 

rishga yollash orqali amalga oshirish mumkin,  o‘smirlarda yuza­

ga kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini 

shakllantirish birmuncha  qiyinroq kechadi.  Albatta,  bu bolaning 

temperamentiga ham bog‘liq.  Barcha o‘smirlarni ham tez yollab, 

tez  harakat qilishga  o‘rgatish  mushkul,  lekin  ularni biror muam- 

mo  yuzaga  kelishi  bilan  orqaga  chekinmay,  zudlik bilan  muam­

moni  yechishning  umumiy  qoidalariga  o‘rgatib  borish  mumkin. 

0

‘smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan boli- 



shi qimmatli va obro‘li hisoblanadi.  0 ‘smir shaxsida va uning bi­

lishga  qiziqishidagi  o‘zgarishlar  o‘zaro  bogliq  boladi.  Ixtiyoriy 

psixik jarayonlarning  rivojlanishi  o‘smirdagi  shakllanib  kelayot- 

gan  shaxs  mustaqilligiga tayanadi,  o‘zining shaxsiy xususiyatlari­

ni  anglash  va  shakllantirish  imkoniyatlari  esa  undagi  tafakkur­

ning  rivojlanishi bilan belgilanadi.

0

‘smirlarning  ota-onasi,  kattalar  bilan  qiladigan  muloqoti 



xarakteri ularning katta bolganlik hissi  asosida tuzilgan boladi. 

Kattalar  tomonidan  qilinadigan  o‘smirlarning  haq-huquqlari- 

ni  cheklashlariga  bildirgan  qarshilik va  e’tirozlariga  o‘zlari  ham 

qattiq  qayg‘uradilar.  Ular  muloqotda  kattalarning  qollab-quv- 

vatlashlariga ehtiyoj  sezadilar.  Birgalikdagi  faoliyat o‘smirga kat- 

talarni  yaxshiroq  tushunishlari  uchun  yordam  beradi.  0 ‘smir 

o‘zida bolayotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muam- 

molar haqida  kattalar  bilan bolishishga  katta  ehtiyoj  sezadi,  le­

kin  buni  hech  qachon  birinchi  bolib  o‘zi  boshlamaydi.  0 ‘smir 

o‘ziga  nisbatan  yosh  bolalardek  qilinadigan  muomala-munosa-



340


batiga  qattiq  norozilik  bildiradi,  o‘smirlar  muloqoti  nihoyat- 

da  o‘zgaruvchanligi  bilan  xarakterlanadi.  0 ‘zini  kattalardek  his 

qilish  tuyg‘usi  bolaning  shaxsan  o‘ziga  bo‘lgan  munosabatini 

muayyan  darajada  o‘zgartiradi  va  har  qanday  ichki  munosabat 

singari  bu  ham  tashqi  munosabatlarning  ta’siri  ostida,  mazkur 

shaxsga nisbatan boshqa  odamlarning munosabatlari  tashkil  to- 

padi.  Shuning uchun o‘smir o‘zi haqida atrofdagi kishilar qanday 

fikrga kelishi to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydi hamda buning uchun qulay 

muhit  yaratish yollarini  faollik bilan izlaydi.  Bu  shunday muhit 

bo‘lmog‘i  kerakki,  undagi  munosabatlar  endi  o‘smirning  katta 

kishi,  mustaqil odam bolib  qolganligi yaqqol  namoyon bolishi- 

ni  istaydi.  Har bir  o‘smir bilan  muloqotda uning  shaxsidagi  eng 

yaxshi  tomonlarni  topa  bilish,  nimaga  qobiliyati  bor  ekanligi- 

ni  aniqlab  olish  hamda  ularga  tayangan  holda  o‘smirning  o‘zi- 

ga  bolgan  ishonchini  har  tomonlama  qollab-quvvatlash  g‘oyat 

muhimdir.  Aks  holda  tarbiya  sohasida  katta  qiyinchiliklar  ke­

lib  chiqishi  muqarrar.  0 ‘smir  o‘ziga  yaqin  bolgan  kishilarning 

ko‘z  o‘ngida  o‘z  shaxsining  mustaqilligini  tasdiqlash,  o‘zligini 

bildirib,  o‘z  «men»ini  anglatish  maqsadida  u  yoki  bu  darajada- 

gi  o‘z  imkoniyatidan  tashqari  ishlarga  qo‘1  urishga  va  shu  orqa­

li o‘z shaxsining ta’sirini atrofdagi kishilarga olkazishga harakat 

qilib kolishga majbur boladi.  Basharti, bola o‘zini ijobiy tomon­

dan  kolsatishning  ilojini  topa  olmasa,  u  holda  psixologik  ehti­

yoj  tufayli u salbiy ishlarda o‘zini kolsatishi,  o‘z kamchiliklarini 

oshirib  kolsatishi,  qilish  mumkin  bolmagan  ishlarni  atayin  qi­

lishi, ko‘proq o‘jarlik va qaysarlik qilishi va boshqa salbiy ishlarni 

qilishi  mumkin.  Ushbu  yoshdagi  bolalarning  o‘z-o‘zini  hurmat 

qilish  tuyg‘usini  shakllantirish  uning  shaxsi  rivojida  muhim  hi­

soblanadi.  Bunda  o‘qituvchi  bolaning  sinf  va  maktab  jamoasi 

oldidagi  obro‘sini  kolarish  yollarini  izlashi,  turli  sohalardagi 

yutuqlarini  ko‘pchilikka  ma’lum  qilib,  xato  va  kamchiliklarini 

yo‘qotishda  donolik bilan  harakat  qilishi  uning  o‘z  kuch va  im- 

koniyatlariga  ishonishiga  zamin  yaratadi.  Bu  bilan  o‘smirda 

shakllanib  kelayotgan  «katta  kishi»  bolib  qolish  tuyg‘usini  hur-



341


mat  qilishini  bildiradi,  o‘qituvchi  o‘smirning  zarur  munosabat- 

larini yo‘lga qo‘yishida unga zarur kishiga  aylanadi.

0

‘smirda  psixik  jarayonlarning  keskin  o'zgarishi  bilan  aqliy 



faoliyatida  ham  burishlar  seziladi.  Shuning  uchun  shaxslararo 

munosabatda,  o‘quvchi  bilan  o‘qituvchi  muloqotida,  kattalar  bi­

lan  o£smirlarning  muomalasida  qat’iy  o‘zgarishlar jarayonida  qi- 

yinchiliklar paydo boladi.  Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y be­

radi:  yangi  axborot,  ma’lumotlarni  bayon  qilish  shakli,  uslubi  va 

usullari  o‘smirni  qoniqtirmay qo‘yadi.

Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, 

serzarda  bo‘lib  qoladi.  0 ‘smir  xulqidagi  bunday  o‘zgarishlar  taj- 

ribasiz o‘qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga  soladi.

Xo£sh, o‘smirlarning psixik o£sishini harakatga keltiruvchi kuch 

nima?  0 ‘smirning  psixik  o‘sishini  harakatga  keltiruvchi  kuch  — 

uning  faoliyatini  vujudga  keltirgan  yangi  ehtiyojlar  bilan  ularni 

qondirish  imkoniyatlari  o‘rtasidagi  qarama-qarshiliklar  t.izimi- 

ning  namoyon  bo‘lishidir.  Vujudga  kelgan  ziddiyatlarni 

0

‘smir- 


ning  psixologik  kamolotini  ta’minlash,  faoliyat  turlarini  murak- 

kablashtirish,  uning  shaxsida  yangi  psixologik  fazilatlarni  tarkib 

toptirish orqali asta-sekin yo‘qotish  mumkin.

Ota-onalarning  o‘smirga  shu  erkinlikni  bermasligi  yoki 

o‘smirning  shunday  deb  bilishi  natijasida,  ular  ota-onaga  qar­

shi  pozitsiyada  bo‘ladilar.  Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  ana 

shu muloqot va munosabat asosida 

0

‘smirlarda g£urur hissi shakl- 



lana  boshlaydi.  Albatta,  g‘urur  me’yor  va  qoidalari  kattalardan 

o‘rganiladi,  lekin  o‘z  g‘ururini  qanday  himoya  qilishi  o‘smirlar- 

ning  alohida nazoratida boladi.

Muxammed  Gabdulgalimovich  Davletshin  0 ‘zbekistonda  il­

miy  maktab  yaratgan,  o‘smirlar  ruhiyatini  chuqur  o£rgangan  ye­

takchi  psixologlardan  biri.  Respublikamizda  professor  M.G.Dav- 

letshin  tomonidan  psixologiya  fanining  turli  masalalari  bo£yicha 

250ga  yaqin  ilmiy  ish  chop  etilgan.  Ustoz  tomonidan  qoldirilgan 

eng yirik monografiya va o£quv qo£llanmalar sirasiga «Qobiliyatlar 

va  uning  diagnostikasi»  (1979),  «Yosh  va  pedagogik  psixologiya»



342


(1974),  «Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi» (1999), 

«Umumiy  psixologiya»  (2001),  «Yosh  va  pedagogik  psixologiya»1 

(2004)  va  boshqalarni  kiritish  mumkin.  M.G.Davletshin  1957- 

yil  «5—7  sinf  o‘quvchilarida  texnik  qiziqishlarni  shakllantirish» 

mavzusidagi  nomzodlik  dissertatsiyasini  yoqlagan.  Olim  1971-yil 

« 0 ‘quvchilarda texnik qobiliyatlarning psixologiyasi»  mavzusidagi 

doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.

Professor  M.G.Davletshin  mehnat  ta’limi  va  kasbga  yollash 

muammolariga,  texnik  qiziqish  va  texnik  qobiliyatlarni  shakl- 

lantirishning psixologik xususiyatlariga,  respublikamizdagi peda- 

gogika  oliy  o‘quv  yurtlari  va  universitetlarida  o‘qituvchi  kadrlar 

tayyorlash  samaradorligini  oshirish  muammolariga  ko‘p  e’tibor 

beradi.  M.G.Davletshinning  ilmiy  qiziqishlari  asosan  oliy  mak- 

tablarda  psixologiyani  o‘qitish  samaradorligini  oshirish  muam­

molariga  qaratilgan edi.

M.V.Vohidov  rahbarligida  M.Dadajonov  tomonidan  «5-sinf 

o‘quvchilarida  geografik  kartani  o‘rganish  jarayonida  fazoviy 

tasavvurlarning  shakllanishi»  nomli  tadqiqotida  aniqlanishi- 

cha,  geografik  kartani  o‘zlashtirishning  mustahkamligi  undagi 

obyektlarning  joylashishi  haqida  o‘quvchi  ongida  fazoviy  tasav­

vurlar tizimining  vujudga  kelishiga  bogliq2.  Bu  tizim  rivojlanib, 

o‘z ichiga murakkab  assotsiatsiyalarni jalb  qiladi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish