Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  0 ‘smirlik  davrida  yetakchi  faoliyat



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

16.2.  0 ‘smirlik  davrida  yetakchi  faoliyat

330


0

‘smirlik  davrida  yetakchi  faoliyat  shaxsiy  intim  muloqotdir. 

0

‘smirlik  davrida  yetakchi  faoliyat  —  bu  o‘qish,  muloqot  ham­



da  mehnat  faoliyatidir.  0 ‘smirlik  davri  muloqotining  asosiy  va- 

zifasi  — bu do‘stlik,  o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash 

va  egallashdir.  0 ‘smirlar  muloqotining  asosiy  xususiyati  shun- 

dan  iboratki,  u  to la   o‘rtoqlik  kodeksiga bo‘ysunadi.  0 ‘smirlarni 

o‘z  tengdoshlari  bilan  muloqotda  bolishi  g‘oyat  katta  ahamiyat­

ga  egadir.  0 ‘smirlar  do‘stlik,  o‘rtoqlik  va  o‘zaro  yordamlashuv- 

ni  hamma  narsadan  yuqori  qo‘yadilar:  ana  shunday  o‘zaro  mu- 

nosabatlar,  o‘spirinlik  yillarida  ham  davom  eta  beradi.  Bunda 

o‘smirlar  va  ilk  yoshdagi  o‘spirin  o‘quvchilarniig  xulq-atvorlari- 

ga  do‘stlari  ota-onalar va pedagoglarga  nisbatan bir necha  marta 

kuchliroq  ta’sir  etadilar.  Buni  shu bilan  tushuntirish  mumkinki, 

o‘smir bolaning  yetilmaganligi va tajribasizligi  uni tevarak-atrof­

dagi kimsalardan madad axtarishga majbur qiladi.  0 ‘smir bolaga 

uning  istaklarini  tushunadigan  va  ularni  amalga  oshirishga  yor­

dam  beradigan  do‘st  kerak.  0 ‘smirning  do‘stlari  bilan  muloqoti 

ham  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Tengdosh  bolalar  bilan  prin- 

sipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o‘smirda 

alohida  qiziqish boladi.  Bu hoi  o‘smirda yuzaga keladigan  shax­

siy  kattalik  hissining  etik mazmuniga  mos  keladi.  Kattalar bilan 

muloqotda bolish tengdoshlari bilan bolgan muloqotning o‘rnini 

bosa olmaydi.

0

‘smir  uchun  tengdoshlari  bilan  bolgan  muloqot  u  musta­



qil  harakat  qiladigan  o‘zining  shaxsiy  munosabatlari  muhitiga 

ajraladi.  U  bunga  haqqim  bor,  deb  o‘ylaydi,  o‘z  huquqlarini  hi- 

moya qiladi va aynan shuning uchun ham o‘rtoqlari bilan bolgan 

munosabatga  kattalarning  o‘rinsiz,  qo‘pol  aralashuvi  o‘smirning 

xafagarchiligiga va noroziligiga  olib keladi.

0

‘smirda  tengdoshlar  bilan  muloqot  qilish  va  hamkorlikda- 



gi faoliyatga intilish yaqqol  namoyon boladi.  Jamoa hayoti bilan 

yashash, yaqin o‘rtoqlar,  do‘stga ega bolish xohishi — do‘stlar to­

monidan qabul qilingan,  tan olingan,  hurmat qilingan bolishdek 

kuchli xohishdir.  Bu o‘smirning  muhim talabiga aylanib boradi.



331


0

‘smir uchun  eng yoqimsiz vaziyat  — jamoa va o‘rtoqlarining 

noroziligi,  muloqot qilishni istamaslik,  eng og‘ir jazo esa — ochiq 

yoki nooshkor aloqa uzish,  gaplashmaslikdir.

0

‘smirlar  do‘stlik  kodeksining  muhim  me’yorlari  —  sha’nini 



hurmat qilish,  tenglik,  sodiqlik,  do‘stga yordam,  to‘g‘riso‘zlik.

Do‘stlik  me’yorlarini  egallash  bolaning  o‘smirlikdagi  muhim 

yutug‘idir.

Agarda u bunday do‘stni qarindoshlari va pedagoglari orasidan 

topa  olmasa,  unday  paytda  u  o‘z  qiziqishlari  va  intilishlarini 

qo‘llab-quvvatlaydigan hamda undagi kamchiliklarni nimalar bi- 

landir  toldira  oladigan  odamni  begona  katta  kishilar  yoki  o‘z 

tengqurlari  orasidan albatta topadi.

0

‘z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat aso­



sida  o‘smir  alohida  bir  ijtimoiy  munosabatlar  maktabini  o‘taydi. 

0

‘zaro qiziqishlar,  atrof dunyoni, bir-birlarini o‘zligini anglashlari 



va tushunishlari ular uchun juda qimmatlidir.  0 ‘smirlar uchun uy 

vazifalari,  uy ishlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga  qaragan- 

da  tengdoshlari  bilan  muloqot  qilish  muhimroqdir.  0 ‘z  sirlarini 

bola  endi  ota-onasiga  emas,  balki  tengdoshiga  ko‘proq  ishonadi. 

0

‘z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida o‘z shax- 



sini  erkinlik  bilan  to‘la  namoyon  eta  oladi.  Shaxsiy  erkinlikni  u 

katta bo‘lish huquqi deb anglaydi.  0 ‘smirning o‘z tengdoshlari bi­

lan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini yax­

shi bilgan tajribali  o‘qituvchilar sinfda ham o‘quvchilarning ayrim 

kichik-kichik  guruhlari  orasida  ijobiy  ijtimoiy  fikrni  shakllanti- 

rishga  katta  e’tibor beradilar,  o‘smirlarga  ularning yaqin  do‘stlari 

orqali  ta’sir ko‘rsatishga  harakat  qiladilar.  Ayrim  o‘quvchilarning 

(ayniqsa  o‘qishda  o‘rqada  qoladigan  va  «tarbiyasi  qiyin»  bolgan 

o‘quvchilarning)  sinf jamoasidagi  shaxslararo  munosabatlar  tizi- 

midan  «tushib  qolishlariga» yo‘l qo‘ymaydilar.

0

‘rtoqlarining  ta’siri  ostida  o'smir  o‘zining  ehtiyojlari  va  is- 



taklarini  qondirishi  mumkin.  Agarda  bundan  qanoatlanish  un­

ga  katta  mamnunlik  baglshlasa,  bunday  hollarda  uning  ba’zi 

bir  harakat  yoki  qiliqlarga  nisbatan  bolgan  tasodifiy  qiziqish-

332



lari  dastavval  ishtiyoqqa,  undan  keyin  ehtiros  yoki  odatga  ayla- 

nishi  mumkin.  Ana  shunday  yo‘l  bilan  o‘quvchilarda,  masalan, 

matematikaga,  fizika  yoki  ximiyaga,  duradgorlik,  slesarlik  yoki 

qandaydir  boshqa  bir  ishlarga  nisbatan  ishtiyoq  yuzaga  keladi, 

ammo  o‘quvchilar  xuddi  shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka,  be- 

zorilikka va boshqa  axloqsiz xatti-harakatlarga ham o‘rganib  qo- 

lishlari  mumkin.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish