16.5. 0 ‘smirlik davrida psixologik yangilik
0
‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat —
voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bolishi alohida ahami
yatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda,
qiziqishda, munosabatda, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z
ifodasini topadi. 0 ‘smirlik yoshiga xos bolgan psixologik xususi-
yatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib,
kamolotga erishish yollarini va unga ta’sir etadigan biologik va
ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy
yetilish o‘smirning bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vo-
sita sifatida ta’sir o‘tkazadi. Lekin bu bevosita ta’sirdir. Kichik
o‘smir psixologik «mexanizmi» sxematik ravishda quyidagicha
baholanadi. Endokrin garmonlarining paydo bolishi va ularning
markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bogliq bolgan jin
siy yetilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psi
xologik imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning o‘zlarini kat-
talardek his etish, mustaqil bolish tuyg‘ularini tuyushlari uchun
qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanish
ning bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga to la
tayyor bolmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik
maktab yoshidan o‘rta maktabga olish, ya’ni yakka o‘qituvchi
rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga olish va mu-
loqotdagi o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib bo
rish, mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga
bolaning oiladagi o‘rnining ham o‘zgarishidir. Katta o‘smirlarga
nisbatan kichik o‘smirlarda paydo boladigan kelisha olmaslikni
ulardagi jinsiy yetilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoit-
lar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahal-
la-ko‘y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta’siri bilan boglash zarur.
346
Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni
o'zgartirish yoli bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan
to‘g‘ri ta’sir kolsatish, yomon xulq-atvor, o‘jarlik, kamchiliklari
ni tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin.
Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin katta
lar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. 0 ‘smir
o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab
hayotiy masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qo
biliyati yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik hayotida qator kam-
chiliklarga yo‘l qo‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra
kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni
yoqtirmaydi, har bir tanqid go‘yoki uni mensimaslik belgisi, ata-
yin qilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. U mustaqil, o‘zboshimchalik
bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor ber-
maydi. Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini
namoyish qilish uchun turli xil salbiy odatlarga o‘rgana boshlay
dilar. 0 ‘smir xulqidagi bunday o'zgarishlar o‘qituvchi va ota-ona-
larni qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish
uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi.
Bu yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kam-
chilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab
emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish
uni «katta bo‘lib qolganlik» tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki kat
ta odam qanday bolishi va qanday talablarga javob berishi kerak-
ligini anglatishi zarur.
Kichik o'smir davrida bilish faolligi, bilishga bolgan qiziqish
kuchayadi (11—12 yosh). 0 ‘smirlik davrida tafakkur, tushuncha-
larni hosil qilish funksiyasi shakllanadi. Fan asoslarini, umum-
lashtirilgan bilimlarni o‘zlashtirish hisobiga psixik funksiyalar
ixtiyoriy boshqariladigan jarayonlarga qayta quriladi. Kogni-
tiv sohadagi o‘zgarishlar o‘smirning tevarak-atrofga munosa-
batini, umuman shaxs sifatida shakllanishini o'zgartiradi. Idrok
tanlovchan, maqsadga yo‘naltirilgan analitik-sintetik faoliyatga
aylanadi. Xotira mantiqiy operatsiyalar bilan ichdan bogliq bola-
347
di. Nazariy diskursiv tafakkur tushunchalarga tayanilgan holda,
ular o‘zaro taqqoslanadi, bir fikrdan boshqa bir fikrga olish ro‘y
beradi.
0
‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan
o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid boladi. 0 ‘smir av
val bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata bosh
laydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda,
yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qi
lishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va
fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa boladi va noro-
zilik bildiradi. 0 £smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo boladi va u
o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin
bolmagan inson deb biladi. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar
bilan alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti-harakat
larini o‘z vaqtida to‘g‘ri yolga solishlari lozim. Ba’zi o‘qituvchi-
lar kichik o‘smirdagi bu o‘zgarishlar - salbiy alomatlar, urush-
qoqlik, o‘jarliklarining ildizlari qayerdan kelib chiqqani va nima
bilan bog‘langanligi, nimaning ta’siri ekanligini bilmay turib,
noto‘g‘ri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat hol
da fojiaga olib kelishi mumkin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqa-
ruvchi omillardan biri o‘smirning o‘z mustaqilligini imkoniya-
tidan ortiq darajada baholashidir. 0 ‘z imkoniyatlarini ortiqcha
baholash bilan kichik o‘smirning psixik imkoniyatlari oltasi-
da tafovut paydo boladi. Kattalarning irodasiga bo‘ysunmaslik,
maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarmaslik bu
mazkur sharoitga yetarli darajada baho bera olmaslikning yago
na reaksiyasi bolibgina qolmay, shu bilan birga bu o‘smir, uning
shaxsi nuqtayi nazaridan o‘zini boshqalarga tanitish yoli sifati
da ham xizmat qiladi. Bu yo‘1 orqali bola o‘z shaxsining ahami
yatini, uning ta’sirchanligini hamda tevarak-atrofdagi kishilar-
ga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini ham ta’kidlab ko‘rsatishga
erishmoqchi boladi.
Demak, bu o‘smirni tolaqonli psixik rivojlanishi uchun
zarur bolgan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan
348
bogliq salbiy ishlarning psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i
va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, ak-
sincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga in-
tilishi kerak.
0
‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq qiziqtira-
di, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga
harakat qiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa
kengaytiradi, kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hur-
mat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etish-
ga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum tenghuquqlilikka va
ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.
0
‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini
anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat
o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishi-
da irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya si
fatida o'smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi
rivojining magistral chizig‘i bolib hisoblanadi.
0
‘z-o‘zini anglash hissining tarkib topishi, o‘ziga nisbat
an go‘yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vu
judga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan tempe
rament tipidagi o‘smirlar uchun muhim xususiyatlardir. 0 ‘smir
o‘gll-qizlar shaxsining kamol topishida, o‘zini anglash jara
yonida o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar
bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo boladi. Bu-
lar esa o‘smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-at-
rofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk
0
‘smirlik
davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteris-
tika beradilar. Katta bolgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan
bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlar
da o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon b o la
boshlaydi.
0
‘g‘il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha b o li
shi to‘g‘risidagi jamiyatda tarkib topgan tushunchalar bilan bola
lar tomonidan o‘zlashtiri!gan tasavvurlar o‘smir yoshidagi shaxs-
349
ning shakllanish yo‘llarini belgilab beradi. 0 ‘smir o‘z kuchi va
quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayot-
ganini anglay boshlaydi.
0
‘smirlar ustanovkalari muhim funksional ahamiyatga ega
bolib, uning m alum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorli-
gi sifatida namoyon boladi. Uning asosiy vazifalari: 1) faoliyat
amalga oshirilishining qat’iy xarakterini belgilab beradi; 2) o‘smir
shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin holda
nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi.
0
‘smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan olimlarning
ta’kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu yoshda o‘rtoqlari bilan mu-
nosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqi-
shi yorqin namoyon boladi. Ushbu o‘zgarishlar ta’sirida bolalar
jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o‘sib borish munosabati bilan
o‘zlariga ko‘proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammo-
lar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar.
Aslida o‘smir yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psi
xik rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, psixik muammo-
larini erkin va to‘g‘ri yechishlari uchun yordam berish, ular
ga psixologik yondashish zarur. Kichik o‘smir yoshdagilar bilan
ishlayotganda o‘quvchining har bir tashqi va ichki reaksiya-
si ortida uning o‘z psixologik sabablari borligini bilish muhim-
dir. Bu «madaniyatsiz», «zararli», «tushunib bolmaydigan» deb
nom olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday baholanadi,
lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishining maxsus bos
qichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o‘smirda o‘z-o‘zini hurmat
qilish va o‘zini anglashni shakllantirishning bir qancha yollari
mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada
o‘z hurmatini talab qilish, o‘z so‘zini olkazish, o‘zini hurmat-
li, obroMi katta yoshli kishining obraziga o‘xshatib rivojlantirish
kuchli boladi. Ularga biror so‘z yoki tanbeh bilan murojaat qil-
sangiz, u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta ud-
dasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o‘smir-
ning psixologik imkoniyatlari yetarli emas yoki rivojlanmagan
350
bo'lishi mumkin. Kattalar, o'qituvchilar o'smirdagi bu jarayonni
psixologik nuqtayi nazardan baholay olishlari, unga soxta, yuza-
ki yondashmay, aksincha, unga o'z imkoniyatlarini o'stirishga,
o'z ichki va tashqi qobiliyatlarini to'g'ri rivojlantirishga yo'nal-
tirishlari muhim hisoblanadi. O'smirlar uchun o'z tengdoshlari
bilan muloqotda bo'lishi g'oyat katta ahamiyatga egadir. U en-
di salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg'u bermagan hol
da o'zi xohlagan kishisi bilan do'st bo'lish huquqini talab etadi.
O'smirlar orasida sodiqlik va to'g'rilik kabi xislatlar yuqori ba-
holanib, sotqinlik, o'z so'ziga bevafolik, egoizm, qizg'anchiqlik
qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish,
kaltaklash, unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg'izlatib
qo'yish shaklida bo'lishi mumkin. O'smirlar o'zini hurmat qi-
lishini, o'z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan teng-
doshlariga juda past baho beradilar.
5—6-sinf o'quvchilariga sinfdagi o'zi egallagan mavqeiga kat
ta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6-sinfdan boshlab,
o'quvchilar o'z tashqi ko'rinishlariga, shuningdek qarama-qarshi
jinsdagi bolalar va ular bilan o'zaro munosabatlariga e’tibor be-
ra boshlaydilar.
7-sinf o'quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos
qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga
xoslik, do'stlik va o‘rtoqlik bilan bogliq bo'ladigan shaxsiy xislat
lar paydo boladi.
Ma’lumki, har bir bolaning munosabatlari aniq ishlar-
da ko‘rinadi, mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o'zida-
gi mustaqillikni shakllantirish uchun o'zi mustaqil ishlarni
bajarishiga to‘g'ri keladi. Lekin, ikkinchi tomondan bir mar
ta mustaqil ish bajarish uchun mavjud shart-sharoitlardan xo-
li bo'lishga harakat qiladi. Bola boshqa mexanizmlarga ega
emas. Bular o'smirning o'z kuchiga ichki bir ishonchni mav
jud emasligini bildiradi. Bu belgilar mana shu yoshda kishi-
ni mustaqil harakat qilishga qodir bo'lishga, ayni hollarda
tevarak-atrofdagi kishilarga qarshi borib, o'zini haq ekanli-
351
gini qattiq turib himoya qilishga, boshqa hollarda esa vaziyat-
ni vazminlik bilan qabul qilishga da’vat etadi. Mustaqil ishlaT
qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-
o‘zi ishontiradi, chunki men endi «katta bolib qoldim» deb
o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar «katta bolib qolganlik
tuyg‘usi» shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifa
tida talqin qiladilar. Bu yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay
qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib,
kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘1 bilan yondash-
gan holda yordam berish uni «katta bolib qolganlik» tuyg‘usini
so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bolishi va qanday ta-
lablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur. Demak, bu
o‘smirni tolaqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bolgan ha
yotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bogliq sal
biy ishlarni psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmogl va bola
larni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha
ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi
kerak. 0 ‘smirlarning o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi
g‘oyat katta ahamiyatga egadir.
0
‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada
rivojlanadi. Bu yillarda o‘smirlar uchun hayot davomida kerak
boladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘ri-
na boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira
darajasiga kolariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur
esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy da-
rajasida rivojlanadi. 0 ‘smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoli-
yatlarga o‘rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va
maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.
0
‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar
xos. Maktab dasturini o‘zlashtirish va boshqa ishlar bilan bogliq
turli masalalarni yechishda ko‘zga tashlanadigan
0
‘smirlar-
ning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy
muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘smirlarning o‘zlari
ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, ke-
352
lajak kasb, xulq-atvor etikasi, o‘z majburiyatlariga mas’ullik ka
bi muammolar muhokamasida infantillik (yosh bolalarga xos jis-
moniy va psixologik holat)ni kuzatish mumkin.
0
‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqish-
lariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va
boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi mumkin. 0 ‘smirlik davri
da o‘quv fanlarini turli o‘qituvchilar o‘qitishlari bilan kattalar
shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari ham shakl
lana boshlaydi. 0 ‘smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy,
o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladi-
gan, o‘quvchilarni ajratmaydigan, o‘qituvchilarni ko‘proq hurmat
qiladilar va yaxshi ko‘radilar. Ular o‘qituvchi bilan munosabatla-
riga ham katta e’tibor beradilar.
10—15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar
amalga oshadi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga
salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smir-
ning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga,
ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da
namoyon bo‘la boshlaydi.
0
‘smirlik yoshidagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari.
0 ‘smirlik yoshida, taxminan 13—14 yoshlarda, bolalarni emot
sional kechinmalarida katta o‘zgarishlar boshlanadi. Shu yosh
dagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantiqiy va tanqidiy
tafakkur ancha o‘sadi. 0 ‘smirlar dunyoqarashlari bilan bog‘liq
bo‘lgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ularning kamalak va
yoshlar ittifoqida ishtirok etishlari bunday qiziqishlarning o‘si-
shiga ko‘p jihatdan yordam beradi. Mana shularning hamma-
si xilma-xil intellektual va axloqiy hislarni o‘sishi uchun manba
bolib qoladi. 0 ‘smirlarda xayol kuchli ravishda o‘sadi. Hislarning
o‘zi xayolning o‘sishiga yordam beradi va xayolning o‘zi ham xil
ma-xil chuqur emotsional kechinmalarning manbayi bolib qola
di. Kelajak to‘g‘risidagi orzular, qahramonlik, romantika shu
larning hammasi emotsional kechinmalarning manbayidir. Bu
yoshda o‘z-o‘ziga baho berish hissi kuchli ravishda o‘sadi.
353
0
‘smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va
ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish o‘sishi tufayli axloqiy
hislar o‘smirlar hayotida katta o‘rin oladigan bo‘lib qoladi, ular
da vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo‘ladi. Shu yoshda or-
ganizmda fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi sababli emotsional
qo‘zg‘alishlarning xarakterida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Hislar
kuchli ravishda namoyon bo‘laveradi, lekin ko‘pincha bu hislar
barqaror bo‘lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda o‘smir-
larda injiqlik va arazlash ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |