Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Шихи  Г.  Возрастные  кризисы.  Ступени личностного роста



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

1  Шихи  Г.  Возрастные  кризисы.  Ступени личностного роста.

419


Dastlabki inqiroz ilk yetuklikka o‘tishda,  20-22 yoshda namo­

yon  bo‘lib,  «ota-ona  ildizlaridan  bolinish»  inqirozi  deb  ataladi. 

Yoshlikning  asosiy  vazifalari  va  muammolari:  hayotiy  rejalarni 

aniqlashtirish va ularni amalga oshirishga kirishish; o‘zligini topish 

individuallikni  ishlab  chiqish;  o‘zining  huquq va  majburiyatlarini 

bilgan yetuk inson deb anglash; turmush o‘rtoq tanlash va o‘z oila- 

sini qurish;  kasbiy faoliyatda ixtisoslashish va mahoratni egallash.

30 yoshlar -   o‘rta yetuklik,  «oltin yoshga»  olish yuqori  dara- 

jada ishchanlik davri. 30 yosh inqirozi — to‘plangan tajriba asosida 

hayotiy  rejalarni  korreksiya  qilish  vazifalari  bilan bogliq,  kasbiy 

faoliyat va  oilada  tartibli  va  oqilona  hayot  strukturasini  yaratish 

bilan bog‘liqdir.  Yoqimsiz hislarni bartaraf etishga intilgan inson 

ilgarigi tanlovlari — turmush o‘rtoq,  karyera,  hayotiy maqsadlari- 

ni  qayta  baholaydi.  Ko‘pincha  hayot  tarzini  tubdan  o‘zgartirish 

kuzatiladi;  erta qurilgan oilaning buzilishi;  kasbiy qayta yo‘1 lash.

30  yoshdan  keyin  — «ildizlar va  kengayish»  — moddiy va ya- 

shash muammolarini hal qilish bilan bog‘liq,  xizmat pog‘onasida 

ko‘tarilish,  ijtimoiy  aloqalarning  kengayishi,  o‘z  kelib  chiqishini 

tahlil qilish,  ilgari rad etilgan o‘z Menini asta-sekin qabul  qilish.

40 yosh inqirozi — hayot o‘rtasining inqirozi bolib, keng tarqal- 

gandir.  Bu  yosh  davridagi  inqirozning  dastlabki  belgilari  ichki 

dunyoning  o‘zgarishi  — ilgari  muhim,  qiziqarli  deb  hisoblangan 

narsalarga befarq munosabat namoyon boladi.  Identiklik inqiro­

zi  — o‘ziga  o'xshamaslik,  boshqacha  bolib  qolganini  his  qilish- 

da  ko‘rinadi.  Inqiroz jismoniy  kuchlari  va  yoqimtoyligining  ka- 

mayayotganini  his  qilish  bilan  bogliqdir.  Hayotiy  kuchlarining 

kamayayotganligini anglash — o‘z-o‘zini baholashga va Men kon- 

sepsiyasiga  qattiq  ta’sir  qiladi.  Ayniqsa  bu  yoshdagi  inqiroz  ijod 

bilan shug‘ullanuvchi kasb  egalarida qiyin kechadi.

40 yosh inqirozi xavfli va katta imkoniyatlar davri sifatida ang- 

lanadi.  Yoshligi tugaganini  anglash, jismoniy quvvatining kamay- 

ganligi,  rollar va kutilmalarning  o'zgarishi,  xavotirlanish,  chuqur 

o‘z-o‘zini  tahlil  qilish,  kayfiyatning  keskin tushishi bilan  kecha­

di.  Hayotini  to‘g‘ri  yashaganiga  shubhalanish  bu  yosh  davridagi



420


yetakchi  muammodir.  Bundan  tashqari  G.Spixi  ayollardagi  yosh 

inqirozlarining  erkaklardan  farqlarini  ko‘rsatib  bergan.  Ayollar- 

ning  hayot  yo‘li  bosqichlari  ko‘proq  oilaviy  sikl  hodisalari  bilan 

bog‘liq:  turmush qurish,  farzandlar tug‘ilishi, bolalarning ulg‘ayi- 

shi,  «bo‘sh uya»  (ulg‘aygan bolalar ota-ona uyini tark etishi).

Eriksonning  ta’kidlashicha,  o‘rta  yetuklik  davrida  avlodi- 

ni  saqlash  hissi  kuchayadi,  kelgusi  avlod  va  uning  tarbiyasiga 

qiziqish  ortadi.  Hayotning bu  davri  turli  sohalarda yaratuvchan- 

lik va mahsuldorlik bilan ajralib  turadi.

R.Pek  Eriksonning  g‘oyalarini  davom  ettirib,  bu  yosh  davri­

da 4 inqirozning kuzatilishini va ularning hal qilinishi navbatda- 

gi shaxsiy rivojlanish uchun zarur sharoit  hisoblanadi:

— insonda donolikni hurmat qilish rivojlanadi (jismoniy kuch- 

ga nisbatan);

— jinsiy  munosabatlarning  ijtimoiy  munosabatlarga  almashi- 

nuvi  (jinsiy rollarning  susayishi);

— emotsional egiluvchanlikni saqlash;

— ruhiy egiluvchanlikka intilish  (psixik  rigidlikni bartaraf et­

ish),  xulq-atvorning yangi  shakllarini izlash1.

Inson inqirozli kechinmalami muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun 

o‘zida  emotsional  egiluvchanlikni,  o‘sayotgan bolalar va keksayayot- 

gan  ota-onalarga  nisbatan  hissiy  barqarorlikni  rivojlantirishi  zarur. 

0

‘rta  yosh  inqirozini  hal  qilish  -   hayotiy  maqsadlami  qayta  ko‘rib 



chiqish,  insonga berilgan umming qisqaligini anglash,  hayot sharoit- 

larini tuzatish, yangi Men obrazini ishlab chiqish, turmush o‘rtog‘iga, 

do‘stlariga, farzandlariga ko‘proq e’tibor qaratish, yangi holatini to‘g‘ri 

idrok etish yangi barqaror davrga olib  keladi.  Inqirozlarni  muaffaqi- 

yatli  bartaraf  etgan  insonlarda  50—60  dan  keyin  kundalik  muam- 

molar chetga chiqadi, yanada mahsuldor ishlash uchun sharoit yara- 

tiladi.  Hayotiy  tajribani  umumlashtirish  asosida  ikkilamchi  ijodiy 

cho‘qqilarga  erishish  mumkinligi,  o‘z  tajribasini  tizimlashtirish,  ish- 

xonadagi yoshlarga o‘rgatish shaxsga quvonch bag‘ishlaydi.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish