Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Ta’lim va  rivojlanish muammolari



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

10.4.  Ta’lim va  rivojlanish muammolari

Dastlab  bu  muammo  L.S.Vigotskiy tomonidan  inson  ongi  va 

oliy psixik funksiyalar  rivojlanishi  doirasida  ko‘rib  chiqilgan  edi. 

L.S.Vigotskiyga ko‘ra,  ong shakllanishi inson rivojlanishining eng 

muhim  yo‘li  hisoblanadi.  Insoniyat  ongini  alohida  psixik  funk- 

siyalarga taqsimlab bo‘lmaydi,  u o‘zida mexanik yig‘indini  emas, 

balki  oliy  psixik  funksiyalar  tuzumini  tuzilmaviy  tuzilishini  aks 

ettiradi.  Ya’ni  ong  tizimli  tuzilishga  ega.  Hech  bir  psixik  funk­

siya  alohida  holatda  izolatsiyada  rivojlanmaydi.  Aksincha,  uning 

taraqqiyoti,  u  qaysi  tuzilishga  kirish  va  unda  qanday  o‘rin  egal- 

lashiga bogliq.  Masalan, ilk bolalikda ong markazida idrok, mak- 

tabgacha  tarbiya  yoshida  asosiy  psixik  funksiya  xotira,  maktab 

yoshida  tafakkur  boladi.  Qolgan  barcha  psixik jarayonlar  ustu-

180



vor bo'lgan  funksiyalar  ta’siri  ostida  rivojlanadi.  Bola  asta-sekin 

inson va olam o‘rtasida doimo mavjud bo'lgan madaniy vositalar 

nutq belgilari  mazmun  ma’noni  o‘zlashtirib  borib,  ularning juda 

muhim bo'lgan tomonlarini kashf etadi.  Ongning  mazmuniy tu- 

zilishi bu ushbu insonning og'zaki  umumlashtirish so'zlar mohi- 

yatini  rivojlanish  darajasidir.  L.S.Vigotskiy bolaning  psixik  rivoj- 

lanishiga  ta’limning  ta’siri  haqidagi  tezisni  ongning  tuzilishi  va 

mazmuniy hamda uni ontogenezdagi taraqqiyoti haqidagi farazlar 

ko'rinishida  shakllantirgan.  L.S.Vigotskiyning flkriga ko‘ra,  ong- 

ga faqat nutq orqaligini kirish mumkin. Psixik rivojlanish jarayoni 

ongning tizimli tuzilishini  o'zgartirish qayta tuzish umumlashti- 

rishning mazmuniy tomonlari rivojlanish darajasining o'zgarishi- 

ga  asoslanadi.  So'z  mazmun  mohiyatini  boyitib,  umumlashtirish 

darajasini  oshirib,  odamlarning  nutqiy  muloqoti  orqali  ongning 

tizimli  tuzilishini  o'zgartirish  mumkin,  ya’ni  ta’lim  orqali  ong 

taraqqiyotini  boshqarish  mumkin.  Bolada  insonga  tarixiy  xos 

bo'lgan xususiyatlarni  rivojlanish jarayonida  ta’lim  ichki  muhim 

va umumiy holat hisoblanadi.

1931—1934-yillarda  L.S.Vigotskiy  tomonidan  aqliy  taraqqiyot 

va ta’limning  aloqasi muammosiga bevosita taalluqli bo'lgan ek­

sperimental  tadqiqot  o'tkazilgan  bo'lib,  unda  bolalarni  kunda- 

lik  va  ilmiy  tushunchalarni  ona  tili  va  chet  tillarini  og'zaki  va 

yozma  nutqni  o'zlashtirishlari  qiyosiy  o'rganilgan.  Bu  tadqiqot 

ma’lumotlari  ta’lim  va  rivojlanish  muammolarini  tushunishda 

yangi darajaga chiqishga imkon berdi.  Ta’lim rivojlanishga aynan 

o'xshash  emas.  Har qaysi  ta’lim rivojlanishni  harakatga keltiruv- 

chi  kuch  rolini  bajarmaydi,  hatto  u  befoyda  bo'lishi  yoki  rivoj­

lanishni  tormozlab  qo'yishi  ham  mumkin.  Ta’lim  rivojlantiruv- 

chi bo'lishi uchun  u  rivojlanishning  tugallangan  sikliga,  davriga 

emas,  balki bolaning yaqin rivojlanish chegarasida,  doirasida yu­

zaga  keladigan  e’tiborini,  diqqatini,  ahamiyatini  qaratishi  kerak. 

Yaqin  rivojlanish  chegarasi  shakllanayotgan  funksiyalarni  rivoj­

lanish mahsuli emas,  balki  rivojlanish kurtagi,  rivojlanish gullari 

deb  atash  mumkin.  L.S.Vigotskiy  tomonidan  yaqin  rivojlanish



181


chegarasi bolaning zarur,  muhim,  aktual aqliy rivojlanish daraja­

si  hamda  ehtimoli  mavjud  bolgan  rivojlanish  darajasi  o‘rtasida- 

gi oraliq tafovut sifatida aniqlanadi.  Bola tomonidan mustaqil ra­

vishda  hal  etilayotgan  topshiriqning  murakkablik  darajasi  zarur 

aktual  rivojlanish  darajasini  anglatadi.  Kattalar  ishtiroki  ostida 

hal etilayotgan topshiriqning  murakkablik darajasi potentsial im- 

koniyat  darajasini  aniqlaydi.  Yaqin  rivojlanish  chegarasida  bola 

va  kattalarning  hamkorlikdagi  faoliyatida  shakllanadigan  psixik 

jarayonlar  turadi,  shakllanish  bosqichi  tugallangandan  so‘ng  u 

bolaning  o‘zini  aktual  muhim  zarur  rivojlanish  shakliga  aylana­

di.  Bolaning yaqin rivojlanish chegarasidagi  o‘zgarish dinamikasi 

rivojlanishi  va  ta’lim  o‘rtasidagi  murakkab  o‘zaro  aloqani yashi- 

radi.  Yaqin rivojlanish chegarasi  fenomeni bolaning  aqliy  rivojla- 

nishida  ta’limning  yetakchi  roli  haqida  dalolat  beradi,  biroq  har 

qanday  ta’lim  ta’sirli  hisoblanmaydi,  L.S.Vigotskiyning  ta’kid­

lashicha,  faqatgina rivojlanishni oldinga undaydigani ta’sirlidir.

Har bir bolada yaqin rivojlanish chegarasining kengligi farqla- 

nadi va  uning  chuqurligini  aniqlash  amaliy prognostik  taxminiy 

ahamiyatga  ega.  Me’yoriy  yoshga  bog‘liq  diagnostika  erishilgan 

rivojlanishning  faqat  tashqi,  aniq  ko‘rinishini  kolleksiya  qilmas- 

dan,  to‘plamasdan,  balki rivojlanishning  ikkala  darajasi  — aktual 

muhim va ehtimolli mavjud bo‘lganini aniqlashni o‘z ichiga olishi 

kerak,  yaqin  rivojlanish  chegarasi  bolaning  potensial  imkoniyat- 

larini  chuqur xarakterlaydi,  ilmiy  asoslangan  prognoz,  bashorat, 

taxmin  qilishga  hamda  amaliy  tavsiyalar  berishga  yordam  bera­

di.  L.S.Vigotskiy bolalar taraqqiyotining  4 ta  asosiy qonuniyatlari 

yoki o‘ziga xos xususiyatlarini  aniqladi.

1. 


Davriylik.  Davr mobaynida rivojlanish murakkab tuzilmaga 

ega bolib,  rivojlanish tempi, tezligi sur’ati hamda tuzilishi bolalik 

davri  mobaynida  o‘zgarib  boradi.  0 ‘sish  jadal  rivojlanish,  susa- 

yish,  sekinlashish,  so‘nishga o‘zgaradi.  Bolaning  hayotida oyning 

ahamiyati,  u  rivojlanish  davrlarida  qanday  o‘rinni  egallashi  bi­

lan  aniqlanadi,  go‘daklikdagi  oylar  o‘smirlikdagi  oylarga  nomu- 

tanosib.

182



2.  Rivojlanishning  notekisligi.  Shaxsning  turli  tomonlari,  xu- 

susan psixik funksiyalar ham notekis rivojlanadi.  Funksiya ustun- 

lik  qiladigan  davrlar  mavjud,  bu  uning  birmuncha  darajada ja- 

dal  muvofiq  sur’atda  rivojlanish  davridir  qolgan  funksiyalar  esa 

ong ustida bo'ladi hamda ustun bo'lgan funksiyadan tobe bog'liq 

bo'ladi.  Har bir yangi yosh davri funksiyalararo aloqalarni o'zgar- 

ganligidan  dalolat  beradi  —  markazga  boshqa  funksiya  chiqadi, 

boshqa  funksiyalar  o'rtasidagi  bog'liqlikning  yangi  munosabati 

aniqlanadi.

3.  Bola  taraqqiyotidagi  «metamofozalar».  Rivojlanish  miq- 

doriy  o'zgarishga  olib  kelmaydi  bu  o'sish  emas,  balki  sifat jihat- 

dan  o'zgarish  qatoridir  (zanjirdir).  Har bir  yosh bosqichida bola­

ning  psixikasi  o'ziga xos  bo'lib  u  sifat jihatdan  avvalgilaridan  va 

keyingilaridan  sifatliroqdir.

4.  Bola  taraqqiyotida  evolutsiya  va  involutsiya  jarayonlari- 

ning muvofiqligi.  Involutsiya jarayonlari jadal rivojlanishga tabiiy 

sur’atda  hosil  bo'lganlar  yo'q  qilinadi  yoki  (yangidan  tuziladi) 

tubdan  yangilanadi.  Masalan,  (gapirishni)  so'zlashni  o'rgangan 

bola g'uldurab  (noaniq)  gapirmay qo'yadi.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish