Umumiy maslahatlar. Siz ma’ruza o‘qiydigan auditoriyada
bir kun oldin guvohlarsiz mashq o ‘tkazing: m a’ruza o ‘qiydigan
joyingizga boring, bo‘sh zalga qarang, holatingizni, ovozin-
gizni qanday bo‘lishini hamda qanday so‘zlar bilan boshlab
nima bilan tugatish lozimligini o‘ylab qo‘ying.
M a’ruzaga bir necha soat qolganda, uyda keresloda o‘tirib,
ko‘zingizni yumgan holda, chiqishingiz jarayonini xayalan ko‘z
oldingizga keltiring (senariyni rejalashtiring).
Kechqurun uyquga ketishdan oldin barcha vaziyatni
tushingizda ko£rishga harakat qiling: tinglovchilar qanday
yig‘ilishmoqda, nutq so‘zlaydigan joyga qanday bordingiz,
qanday boshlaysiz. Asosiysi, m a’ruza muvaffaqiyatli chiqishiga
ishonishingiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |