Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

2.  Oksidlashgan    metabolism.  Metabolik  o‘zgarishlarning  ikkinchi  o‘ta 
muhim  sinflaridan  biri  bu  oksidlanish  reaktsiyalaridir.  Bunday  molekulyar 
o‘zgarishlar  organik  kimyogarlarga  yaxhi  tanish  bo‘lib,    kaliy  permanganat  yoki 
osmiyum  tetroksit  kabi  organik  moddalar  sinov  naychasida  oksidlovchi  modda 
bilan aralashtirilib reaktsiyaga kirishtiriladi. Tanada bunday oksidlash reaktsiyalari 
fermentlar  orqali  katalizatorlashtiriladi  va  odatda  kislorod  tanaga  begona 
hisoblangan  moddaga  qoshiladi,  masalan,  gidroksil  guruhini  benzolga  qo‘shilishi 
orqali fenol shakllantiriladi Shu bilan bir qatorda oksidlanish jarayoni molekuladan 
vodorod  atomini  chiqarib  tashlash  orqali  ham  yuzaga  kelishi  mumkin,  masalan 
spirtli  ichimliklardagi  etanol  atsetaldegidga  aylantirilganida.  Organizmda  kseno-
biotiklarning  oksidlanishida  muhim  katalizator  tsitroxroma  P450  fermenti  hisob-
lanadi, ehtimol bu  biologiya  sohasida eng  ko‘p  o‘rganilgan oqsillar guruhidir. 
3.  Konyugativ    metabolism.  Oksidlanish  reaktsiyasiga  qo‘shimcha  ravishda 
                                                           
14
 
Zheng X, et al. Melamine-induced renal toxicity is mediated by the gut microbiota. Ski Transl Med. 2013;5(172):172ra22.  
 


 
 
69 
 
ushbu  reaktsiyaga  bog‘liq  bo‘lgan  zaharli  ksenobiotiklar  soni  nuqtai-nazaridan 
konyugativ reaktsiyalar toksikologiya sohasida katta ahamiyatga ega (3.6-b rasm). 
Tashqi  kimyoviy  moddalar  bilan  buyrakda  allaqachon  mavjud  bo‘lgan  gidrofil 
moddalarining  o‘zaro  kimyoviy  reaktsiyaga  kirishishi    oqibatida  metabolitlarning 
turli  sinflari  yuzaga  keladi,    bular  konyugatlar  deb  nomlanadi.  Birinchi  marotaba 
bunday  reaktsiya  1824-yil  nemis  tadqiqotchisi  Fridrix  Voxler  tomonidan  olib 
borilib  oydinlash-tirilgan,  bunda  tadqiqotchi  benzoy  kislotasini  itlarga  yuborilgan 
va ularning peshobidan gippurik kislotasini olgan (glitsin bilan konyugat). 
 Ko‘plab  tashqi  muhitdan  kirib  keluvchi  kimyoviy  moddalar  konyugativ 
yo‘llar bilan metobollashtirilgan bir paytda boshqa bir kimyoviy  moddalar tanaga 
kirishdan  oldin  oksidlovchi  metabolizm  holatini  talab  etadi.  Ahamiyat  bersangiz, 
ko‘pgina konyugativ usullar nafaqat tashqaridan kirib keluvchi kimyoviy moddalar 
metobollashuvida  ishtirok  etadi,  balki  shuningdek,  ular  ko‘plab  endobiotiklarni 
ham  metobollashtiradi.  Ko‘p  hollarda  genlardagi  nasliy  kamchiliklar,  ya’ni 
defektlar  turli  darajadagi  klinik  sindromlar  bilan  bog‘liq  bo‘lib  bu  asosiy 
endogenlarning metabolizmdagi o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.  
Glyukuronidlashuv.  Insonlarda  konyugativ  transformatsiya’ning    eng  ko‘p 
uchrab  turuvchi  turi  o‘z  ichiga  glyukuronidlashuv  reaktsiyasini  oladi,  bunda 
fermentlar  guruhi  ta’siri  bo‘lib,  ular  glyukuronoziltransferazlar  deb  ataladi. 
Biokimyo  sohasida  bu  nom  uning  dastlabki  vazifasidan  kelib  chiqgan  holda 
berilgan.  
Glyukuronoziltransferazlar    glyukuron  kislotasi  guruhini  jigardagi  “kofak-
tor”  dan  nukleofil  kimyoviy  moddasiga  o‘tkazib  glyukuronid  konyugatni  shakl-
lantiradi.  Bu  reaktsiya    nukleofillik    tiklash  reaktsiyalariga  o‘xshash.  Bu  ferment 
katalizatorlari  odatda  UGT  yoki  UDP  glyukuronoziltransferazlar  deb  qisqartma 
shaklda beriladi.  
Jigar hujayralari ichidagi UGT oqsillari odatda (istisno holatlar ham mavjud) 
lipidlarga  boy  bo‘lgan  endoplazmik  retikulum  ichida  joylashgan.  Shuningdek 
endoplazmik retikulumda CYP fermentlar ham joylashgan. 
 Endoplazmik  retikulum  kichik  konveyer  kamari  kabi  lipofillik    kseno-


 
 
70 
 
biotiklarni  CYP  oqsillarini  katalitik  bo‘limga  yetkazilishi  vazifasini  bajaradi.  Bu 
bo‘lim  UGT  fermentlarni  substratlar  bilan  ta'minlanishini  kafolatlaydi.  Substrat 
odatda    lipofillik    bo‘lib    kislorod,    oltingugurt  yoki  azot  atomi  kabi  tarkiblarga 
ega. Bunday substratlar aglykonlar deb nomlanadi. 
Sulfatlashuv.  Sulfatlashuv  konyugativ  reaktsiyalarning  muhim  guruhi 
sanalib  sulfonat  guruhini  (SO
3
)  kofaktordan  (PAPS  –  3′-fosfoadenozin  -5′-
fosfosulfat)  nukliofillik  ksenobiotikga  o‘tkazadi.  Ko‘p  hollarda  bu  reaktsiya 
substratlar sulfatlashuvi jarayonida yuzaga keluvchi sulfat guruhlarini shakllanishi 
sababli  sulfatlashuv  yo‘llari  deb  ataladi.  Biroq  bunday  atash  maqsadga  muvofiq 
emas,  chunki  sulfatlashuv,  shuningdek,  azotdan  iborat  bo‘lgan  substratlar  bilan 
ham yuz beradi.  
Bu  reaktsiyalar  sulfotransferazlar  (SULT)  tomonidan  katalizatorlashtiriladi. 
Turli  hil  fermentlar  guruhi  oshqozon-ichak  yo‘li,  jigar,  buyrak,  trombotsitlar  va 
miyada uchraydi. Biotransformatsiyaning  boshqa genlaridan farqli o‘laroq SULT-
genlari homila to‘qimalarida uchraydi. 50 dan ziyod SULT-genlari inson genomida 
mavjud bo‘lib, ular 10 asosiy guruhga bo‘linadi (3.1-jadval). 
SULT  fermentlar  deyarli  sitozolik  hujayralarda  mavjud  bo‘lib,  bunday 
reaktsiya mahsulotlari odatda suvda yaxshi eruvchanlik hususiyatiga ega. Minglab 
ksenobiotiklarni  metobollashtirishdan  tashqari,  SULT  lar,  shuningdek,  muhim 
hisoblangan  endobiotiklarni  ham  qayta  shakllantiradi,  ya’ni  dopamine  va  o‘t 
kislotalarining suvda eruvchan shakllari yuzaga keladi. 
3.1-jadval   

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish