60
3.2. Tarqalish
Kimyoviy moddalar qonga singigandan so‘ng toksikokinetik jarayonning
ikkinchi fazasi boshlanadi, ya’ni tarqalishdir. Fizik-kimyoviy hususiyatlar
kimyoviy moddalarning ilk bor tanaga singishida ahamiyat kasb etgani singari
ularning tana ichki a’zolariga tarqalishi tabiatiga ham ta’sir etadi.
3.4-rasm. Eruvchan kimyoviy moddalarning ikkifazalik tarqalish tizimi suv-
oktanol ularning bi-qatlamlarga singib kirish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Yog‘da
eruvchan lipofillik kimyoviy moddalar organik qatlam bo‘ylab tarqaladi, (A)
gidrofil molekulalar esa suv qatlami bo‘ylab tarqaladi, (B) 'LogP', suvli qatlamga
nisbatan oktanol qatlamidagi toksik moddalar konsentrasiyasi logarifmıdır.
Tashqi muhit bilan uzviy aloqada bo‘lgan biologik to‘siqlarga singib
o‘tgandan so‘ng kimyoviy moddalar tana to‘qimalariga chuqur singib borgani
sayin bir qator qo‘shimcha membrana to‘siqlarga ham duch keladi.
1. Qon orqali yuquvchi kimyoviy moddalar. Individual tarzdagi zaharli
moddalarning tana atrofida tarqalishi hodisasini o‘rganishda turli namunalar paydo
bo‘ladi, ba’zi zaharli moddalar tananing muayyan to‘qimalari, yog‘, suyak
mushaklari yoki jigarda to‘plansa, boshqa kimyoviy moddalar asosan qonda
yig‘iladi. Suvda yaxshi eruvchan gidrofil kimyoviy moddalar tarqalish jarayonida
qon orqali tez tarqaladi. Bunday gidrofil kimyoviy moddalar buyrakni
zararlanishiga olib keladi. Boshqa bir tarafdan olib qaralganda ayrim hollarda
61
lipofillik kimyoviy moddalar odatda tana to‘qimalariga chuqur singisada qonda bir
oz konsentrasiya qoldiradi.
2. Tana to‘qimasida molekulalar to‘planishi. Tana to‘qimalariga chuqur
kirib borgan molekulalar ko‘p hollarda to‘qima-larning birikish joylari (masalan,
suyak mushaklari) atrofida to‘planadi, yoki ba’zi hollarda lipofillik hususiyatlarga
ega bo‘lgan holda lipidlarga boy bo‘lgan yog‘ to‘qimalarda to‘planadi. Yog‘
to‘qimalari atrofida to‘planish organizmda uzoq muddat davom etishi mumkin, bu
esa o‘z navbatida marihuanna kabi lipofil dori vositalarini aniqlashga yordam
beradi, masalan, qoidaga zid ravishda marihuanna yoki tetragidrokannabinol dori
vositasini qabul qilgan sportchilar peshobidan bir hafta o‘tishiga qaramay bu holat
aniqlnishi mumkin.
12
Xlororganik zaharli moddalar yoki polixlorin bifenil kabi lipofillik ekologik
ifloslantiruvchi moddalarning yog‘ to‘qimalari atrofida to‘planishi sezilarli
ravishda ularning inson salomatligiga bo‘lagan zararni baholashni mushkul-
lashtiradi va oqibatda oziq-ovqat zanjiridagi to‘planish ortib boradi. Tanada yog‘
lipofillik ksenobiotiklarining yig‘ilishi ba’zi yog‘dan halos bo‘lish uchun parhez
saqlayotgan kishilarda o‘tkir intoksikatsiya holatini vujudga keltiradi va oqibatda
kimyoviy moddalar jadal ravishda qon aylanish tizimiga o‘tib boradi. Toksik
moddalar yoki qorg‘oshin, ftor va strontsium kabi bir qator organik bo‘lmagan
moddalar uzoq muddat organizmda suyak atrofida turib qoladi. Kuchli ta’sir etish
holatlarida suyak zaharlanish holatiga chidamlilik ko‘rsatishi mumkin, ammo bu
skelet deformatsiyasiga olib keladi va suyaklarni mo‘rt qilib qoyadi, natijada suyak
sinish holatlari kelib chiqadi. Qo‘rg‘oshin va shu kabi noorganik moddalarning
sekin-astalik bilan uzoq vaqt davomida suyakdan qon aylanish tizimiga o‘tishi
ichki a’zolarni surunkali ravishda zaharli moddalar ta’siriga moyil qilib boradi
(masalan, qo‘rg‘oshin ta’siri ostidagi markaziy asab tizimi). Sanoat ishlab
chiqarish zavodlarida faoliyat yuritib nafaqaga chiqgan ko‘pgina kishilarda
surunkali intoksikatsiya holati belgilarini ko‘rish mumkin.
12
Lewis DF, Ito Y. Human KYPs involved in drug metobolism: struktures, substrates and binding affinities. Expert Opin Drug
Metab Toxikol. 2010;6:661–74.
62
3. Tarqalish va dori vositasiga bo‘lgan sezuvchanlik.Garchan tarqalish
fazasi barcha kimyoviy moddalar toksik holatiga ta’sir etsada, ayniqsa, bu dori
vositalarining farmakologik jihatdan bo‘ladigan ta’sirida muhim ahamiyat kasb
etadi, bizga ma’lumki ksenobiotiklarning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab
ma’lumot ko‘ngilli bemorlarda dori vositasi ta’sirini o‘rganish natijasida qo‘lga
kiritilgan. Farmakokinetik xususiyatlar ko‘p hollarda xususan, bemorlarda klinik
vaziyatlarda o‘ziga xos dori vositasini tanlashda ahamiyat kasb etadi.
13
Misol
uchun, yuqumli kasalliklarni antibiotik dori vositalari bilan davolashda ekstensiv
tarzda skelet mushaklari va organizmdagi yog‘ moddalari bo‘ylab tarqaluvchi dori
vositalari qon orqali yuborilayotgan infektsiyadan aziyat chekayotgan bemorlarni
davolashda samarali natija bermaydi, bunday hollarda oqsil plazmalari bilan
bog‘liq bo‘lgan gidrofillik hususiyatga ega bo‘lgan antibiotik dori vositalari
ko‘proq samarali bo‘ladi.
Yuborilgan dori vositasi bemorlar yoshidan kelib chiqqan holda turli ta’sir
etadi va o‘zgaruvchanlikka boysinadi. Misol uchun, yosh sog‘lom kattalarga
nisbatan keksa odamlarda ksenibiotiklar tarqalishida sezilarli ravishda o‘zgarishlar
sodir bo‘lishi mumkin. Keksa kishilarda ayrim toksik moddalarga qarshi bo‘lgan
skelet mushak zaxiralari kamayib borishi mumkin. Xuddi shu tarzda tananing yog‘
miqdori ham yoshlarga nisbatan keksalarda kamayib borib, ayrim birikmalarni
taqsimlashda sezilarli ravishda farqni oshiradi. Tananing yog‘ miqdori ham muta-
nosib farqlarni keltirib chiqaradi. Tug‘ish yoshidagi ayo‘llargda homila rivojlana
borgani sari qon hajmini kengayishi bois lipofillik ksenobiotiklar tarqalishi nozik
gender farqlarni keltirib chiqaradi. Bunday o‘zgarishlarni emizikli ayyo‘llarda
ham kuzatish mumkin.
4. Taqsimlanish hajmi (Vdist). Tanadagi kimyoviy moddaning harakatlari
soni qiymatini umumlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj taqsimlanish hajmi o‘lchagichini
kirib kelishiga omil bo‘ldi (Vdist). Bu xomaki biroq foydali bo‘lgan asbob
qanday qilib kimyoviy moddalar tana to‘qimalariga tarqalish fazasida yoyilishini
13
Khojasteh SK, et al. Drug metobolism and pharmacokinetics quick guide. New York: Springer; 2011.
63
oddiy yo‘l bilan samarali ravishda ko‘rsatib beradi.Vdist muntazam ravishda
dorivor vositalari uchun qo‘llaniladi. Bunda kishi tanasiga yuborilayotgan
ksenobiotik dozasi qonga yetib boradigan modda kontsentratsiya bo‘yiсha
bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |