2.9. Xulosa
Bu bobda bir qator jiddiy salbiy oqibatlarga olib keluvchi omillar hususida
to‘xtalib o‘tildi. Zaharlanish hususiyatlari kishilar va hayvonlarda qay darajada
sodir bo‘lishi, uni keltirib chiqaruvchi omillar va kasallik alomatlari, shu jumladan,
kasallik alomatlari kelib chiqadigan vaqt davomiyligi kuzatildi. Zaharli
moddalarning ta’sir qilish muddati va oldindan mavjud bo‘lgan biologik
hususiyatlar va jismoniy hususiyatlar ko‘rib o‘tildi. Zaif bo‘lgan to‘qimalarni
mavhum to‘rt asosiy jarayon, ya’ni iste’mol, singish, metabolizm va rivojlanish
boshqaradi. Shu jarayonlar davomiyligida toksik moddalar organlar va to‘qima-
larga ta’sir etib ularning faoliyatini ishdan chiqaradi va zaiflashtiradi, masalan,
natijada jigar faoliyatida kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi, siydik va ahlatda
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |