1. O‘sish belgilarida mustaqillik. Onkogenes tushunchasini mashina
haydash metaforasi bilan tushuntirish mumkin: transport vositasini oldinga
yurg‘azish uchun gaz pedali bosilishi kerak. Oldinga intilishga bo‘lgan bu harakat -
surunkali ko‘payish orqali o‘zini qo‘llab-quvvatlash - saraton hujayralariga xos
xususiyatdir. Oddiy harakatsiz holatda, hujayralar toki biron tashqi turtki
bo‘lgunga qadar noproliferativ holatda turadi. Bunday o‘sish omillari, odatda,
o‘sish holatini “harakatga keltirish” uchun transmembrana retseptorlariga ta’sir
qiladi. Tashqi o‘sish omillar to beligidan ozod bo‘lish - onkogenezda asosiy qadam
bo‘lib xizmat qiladi: tashqaridan turtki olish o‘rniga, o‘simta hujayralari o‘z
proonkogen signallarini ishlab chiqara boshlaydi
48
. Bu signallar hujayra yuza qismi
retseptorlarini hujayra replikativ ichki qismi bilan bog‘laydi. Muhim onkogen
yo‘laklaridan biri - Raf-Ras-MAP kinazasi bo‘lib, umumiy inson o‘simtalarining
taxminan to‘rtdan bir holatida faol harakatda bo‘ladi.
2. O‘sishni susaytiruvchi moddalarga befarqlik. Yuqoridagi transport
vositasini boshqarishga o‘xshash holatni olaylik: gaz pedalini bossangiz ham, agar
qo‘l tormozi bo‘shatilmagan bo‘lsa, mashinangiz joyidan qo‘zg‘almaydi.
Sataronning yana bitta asosiy xususiyatlaridan biri - hujayra ko‘payishida
tormozni bosa olmaslik. Transport vositalarida bir nechta tormoz mexanismlari
(qo‘l tormozi va oyoq tormozi) bo‘lgani kabi, hujayralar ham bir nechta
replikatsiya nazoratlariga ega. To‘qima atrofida, hujayralar o‘sishga to‘sqinlik
qiladigan ko‘p ta’sirlarga uchraydi, ular orasida, o‘sishi to‘xtatuvchi eriydigan
moddalar va hujayra tashqarisida qolgan erimaydigan moddalar bor. Hujayra
retseptorlariga ta’sir qilib, bu salbiy signallar ikkita asosiy mexanizm yordamida
hujayra replikatsiyasini to‘xtatadi. Birinchidan, o‘sishga qarshi signallar
48
Hussain SP et al. TP53 mutations and hepatocellular carcinoma: insights into the etiology and pathogenesis of liver cancer.
Oncogene. 2007;26:2166–76.
186
hujayralarni faol ko‘payish davridan tinch holatga olib keladi. Ikkinchidan,
ko‘payishni to‘xtatuvchi signallar hujayralarni tiklanmas farqlash-ga mubtalo
qilishi mumkin.
3. Hujayra nobud bo‘lishini chetlab o‘tish. Odatda, transport vositalari
ta’miri juda ham qimmat bo‘lgan hollarda, ularni bo‘laklarga bo‘lib yo‘q qilish
uchun qayta ishlash zavodlariga jo‘natiladi. Shunga o‘xshab, noto‘g‘ri
rivojlanayotgan hujayralar aniqlanganda, sog‘lom to‘qimalar apoptoz yo‘li bilan
ularni yo‘q qilish harakatiga tushadi. Nisbiy o‘simtalar bu taqdirdan qochib
qutulishi kerak: chunki, saraton hujayralarining asosiy xususiyatlaridan biri -
tasodifiy hujayralarni barvaqt o‘limga hukm qilish haqidagi signallariga befarqlik
ko‘rsatishdir. Apoptozning sensor va ijrochi qurolini o‘z ichiga olgan molekulyar
yo‘llar murakkabdir: o‘simta hujayralari bu yo‘llarni chetlab o‘tgan mexanizmlar
ko‘p qirralidir. Apoptozni chetlab o‘tisning bir yo‘li - o‘simta gen-supressori
p53 mutatsiyasini yo‘qotishdir, chunki, bu asosiy ko‘p funksiyali oqsil moddasi,
zararlangan genlardan tashkil topgan hujayralarni nobud qilish uchun DNK ga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
4. Hujayralar manguligi. O‘simtali hujayralarning to‘rtinchi xususiyati
xuddi transport vositalari-dagi nosoz mexanizmlarni o‘z-o‘zini ta’mirlab, xizmat
muddatini uzaytirib beradigan farazli uskuna vazifasiga o‘xshaydi. Bu xususiyat -
bo‘lingan hujayralar sonini cheklash mexanizmlarini o‘rnini to‘ldirish qobi-
liyatidir. Hujayra “hisob uskunasi” bir necha ming xromosomalar oxiriga qisqa
6-juft asosiy ketma-ketlikni qo‘shish orqali replikativ voqealarni kuzatib borardi.
“Telomerlar” deb nomlangan bu genetik ketma-ketliklarni, telomerlarda har bir
hujayra bo‘linishi jarayonida nobud bo‘ladigan 50-100 juftliklarni o‘rnini to‘ldi-
radigan ajoyib ferment - telomerazalar to‘ldirib turadi. Telomerlarning nobud
bo‘lishi genetik anomaliyaga va hujayraning nobud bo‘lishiga olib keladi. Nazorat
qilib bo‘lmaydigan hujayralar bo‘linishi jarayoni oqibatlariga qarshi kurashish
uchun telomerazalar ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, inson o‘simtalarning 85-90
% ida bu holat kuzatiladi. Oxirgi yillarda bu ferment o‘zining yangi “nokanonik”
va “telomerdan xoli” qobiliyatlari bilan yana diqqat markaziga keldi.
187
Do'stlaringiz bilan baham: |