Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

 
8.5-rasm.  Bitta  DNK  adduktidan  iborat  bo‘lgan  DNK  oligodezoksinukleotidlar 
ham probirkada (a), ham tabiiy sharoitlarda (b) o‘tkaziladigan tajribalarda qo‘llani-
ladi. DNK addukti X bilan ko‘rsatilgan. (a) Turli deoksinukleotidlarning aynan bir 
turdagi adduktlarga qarshi chastotasini aniqlash uchun probirkalardagi tajribalarda 
tozalangan  DNK  polimerazi  ishlatiladi.  (b)  Transfekt  hujayralardagi  “Maydonga 
tegishli”  mutagenezlar  tajribasi  mezbon  hujayralarning  turli  fon  replikatsiyalariga 
amal qiluvchi virus vektorlaridagi adduktlar uchun mutatsiya spektrini aniqlaydi. 
 
Alohida  adduktlarning  zararlanmagan  hujayralardagi  mutagenligi  haqida 
yanada  kuchli  fikrlar  virus  genomiga  yoki  moki  vektoriga  addukt-tutuvchi  DNK 
kirgizilganda  paydo  bo‘ladi.  Bu  “sayt  spetsifik  mutagenez”  Massachusets 


 
 
198 
 
Texnologiya  Instituti  laboratoriyasida  Essigmann  tomonidan  ilk  bor  o‘rganilgan 
(molekulyar  biologiyadagi  aminokislotalar  almashinuvini  gen  strukturasi  va 
funksiyasiga  ta’sirini  o‘rganishdagi  “sayt-yo‘naltirilgan  mutagenez”  bilan  adash-
tirilmasin). 
 Essigmann  strategiyasiga  ko‘ra,  eukariotik  yoki  prokariotik  hujayralarga 
addukt  tutuvchi  genom  transfeksiyasidan  keyin,  addukt  uchun  virus  gibridida 
mutatsion  spektr  yig‘ish  uchun  mutatsiyalardan  oldin  virus  replikatsiyasiga  vaqt 
berildi  (8.5-a  rasm).  Adduktangan  genomni  hujayralarga  transfeksiyasi  maxsus 
DNK  polimerazalar  yetishmovchiligi,  spetsifik  DNK  reparatsiyasi  va  DNK 
shikastlanishiga  javob  qobiliyatining  yetishmasligi  adduktlarning  xususiyatlariga 
qo‘shimcha aniqlik kiritishi mumkin. Adduktlar joylashgan lokal DNK zanjiri ham 
turlicha  bo‘lishi  mumkin,  bu  genetik  kontekstning  genetik  zararlanishlar 
mutagenligiga ta’sirini o‘rganishga imkon beradi.
52
 
Proto-onkogen  yoki  o‘sma  supressor  genidagi  to‘liq  mutatsiyaga  moyil 
ketma-ketlik (zanjir) virusli vektorga kiritilishi mumkin, bu spetsifik inson genlari-
dagi  “mutatsion qaynoq  nuqtalar” ga oid gipotezalarni tekshirishga  imkon  beradi. 
Nima  uchun  DNK  adduktlari  DNK  polimerazalar  ishlayotgan  vaqtda  alohida 
mutatsiyalarni keltirib chiqarishini tushuntirish qiyin, chunki mexanizmlari har bir 
adduktning kimyoviy-biologik xususiyatlariga qarab turlicha bo‘ladi. DNK adduct-
larining dastlab o‘rganilgan vaqtlarda, berilgan juft asos kombinatsiyasi termodina-
mik  xususiyatlari  mutatsiyalar  kelib  chiqish  tiplariga  kuchli  ta’sir  qiladi  deb 
ishonilgan.  Bu  fikr  tamakidagi  kanserogenlarning  klassik  usulda  metillanishi 
natijasida hosil bo‘luvchi ba’zi adduktlarga to‘g‘ri keladi. 
Shunga  qaramasdan,  keyingi  tadqiqot  “to‘g‘ri”  asos-juftligi  (G:K,  A:T)  va 
DNK adduktlari va nomutanosib asoslar orasidagi muqobil bog‘lanishlar orasidagi 
erkin  energiyalar  orasidagi  farq  mutatsional  holatlar  chastotasini  tushuntirib 
berolmasligini ko‘rsatib berdi.  Mutatsion xotimaga olib keluvchi  boshqa faktorlar 
o‘z  ichiga  DNK  spiralidagi  qo‘shni  asoslarning  vertikal  “asos  to‘planishi”, 
                                                           
52
 
Friedberg EC et al. DNA repair and mutagenesis. 2nd ed. Washington, DK: ASM Press; 2006. 
 


 
 
199 
 
shuningdek,  asos-juftlik  kombinatsiyasining  umumiy  shakli,  o‘lchami  va  hajmini 
oladi.  Ba’zan  tozalangan  DNK  polimerazalar  bilan  o‘tkazilgan  in  vitro  tadqiqot-
larda  ham,  adduktlangan  virus  genomida  o‘tkazilgan  hujayradagi  tadqiqotlarda 
ham  ma’lum  bo‘ldiki,  spetsifik  addukt  DNK  replikatsiyasini  to‘liq  bloklanishiga 
erishar ekan. Bu  kesilgan  DNK  molekulasi  sintezlanishiga  olib  keladi.  
Bu  xotima  hujayralarga  ziyon  keltirar  ekan,  bu  avariyali  holatlarlarda  DNK 
sintezini  davom  ettirishga  imkon  berish  uchun  kopincha  DNK  polimerazalar  A-
qoidaga  rioya  qiladi,  ya’ni  ko‘r-ko‘rona  deoksiadenozinni  addukt  qarshisiga  joy-
lashtiradi.  Organizmga  bu  qoida  olib  keladigan  foydalar  potensial  qimmatga  ega, 
chunki A-qoida asosida hosil bo‘lgan nomutanosib asoslarni reparatsiyalashda har 
qanday muvaffaqiyatsizlik gen funksiyasi uchun zararli oqibatlar keltirib chiqarishi 
mumkin. Hujayra bu qoidaga amal qilishda davom etarkan, azart o‘yinda o‘ynaydi, 
huddiki ko‘p mutatsiyalar ahamiyat kasb etmaydi, chunki ular nokritik kodonlarda 
kelib chiqadi. 
4)  DNK-Addukt  reparatsiyasi. Ideal holatda, hujayralar DNK polimerazalar 
tomonidan ta’sirga uchramasdan oldin  DNK-adduktlarni  qayta  tiklaydi  yoki  yo‘q  
qiladi.  Yaqin  o‘n  yilliklar  shunday  murakkab  hujayraviy  tizimni  ochib  berdiki, 
unda  kimyoviy  chaqirilgan  genotoksiklikni  zararlangan  DNK  ning  to‘g‘ri 
strukturasini  qayta  tiklash  bilan  kompensatsiya  qiluvchi  DNK  reparatsiyalovchi 
fermentlar tizimi borligini ko‘rsatib berdi (8.6-rasm). Shunday ekan, maxsus DNK 
reparatsiyalash  xususiyatidan  mahrum  bo‘lgan  nishonlar  kimyoviy  kanserogenlar 
ta’siriga beriluvchan bo‘ladi, bu xususiyat yuqori toksikologik ahamiyatga egaligi 
ravshan. 
Zamonaviy  GVS  tadqiqotlari  nasliy  DNK  reparatsiyasiyasida  nuqsoni  bor 
bemorlardan  olingan  o‘smalarda    asoslarning    noto‘g‘ri    joylashuvi  (almashib 
qolishi)  yuqori ko‘rsatkichlarda  aniqlanishini  ko‘rsatgan, bu   o‘z    yo‘lida normal 
genetik    butunlikni  saqlash  uchun  reparatsiyaning  muhimligini  ta’kidlaydi.     
DNK-addukt  tipidan  kelib  chiqib,  reparatsiya  kimyoviy  modifikatsiyaning 
reversiyasi,  adduktlangan  asosni  yo‘q  qilish  yoki  DNK  addukt  yonidagi  va    o‘z  
ichiga    oluvchi    nukleotidlar    qatorini  kesib  tashlash  yo‘llari  bilan  amalga  oshiri-


 
 
200 
 
lishi mumkin (8.6-rasm).  
 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish