Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

5.    Qon    tomirlariga    yo‘l.    Transport  vositalariga  harakatlanish  uchun 
yonilg‘i kerak bo‘lganidek, rivojlanayotgan  o‘simtalar ham ozuqa moddalarini va 
metabolik  chiqindilardan  xolis  bo‘lish  uchin  qon  talab  qiladi.  Nisbiy    o‘simta 
hujayralari  qon  tomiridan  100  mkm  (mikrometr)  masofada  joylashgan  bo‘lishi 
kerak; aks holda, o‘sayotgan o‘simta massasi gipotoksik yoki nekrotoksik holatga 
kelishi  ehtimoli  bor.  Agar  ular  hajmi  o‘sishda  davom  etsa,  o‘simta  qon 
tomirlarining  o‘sishini  qo‘llab-quvvatlashi  kerak  (“angiogenez”).  Juda  ham 
murakkab bo‘lgan bu jarayon o‘z  ichiga  ijobiy va salbiy tartibga soluvchi hissani 
oladi.  Ahamiyatli  proangiogen  molekula  -  qon  tomir  endotelyal  o‘sish  faktori 
(QTEO‘F)  bo‘lib
49
,  u    ko‘p    kislorodsiz  o‘simta  hujayralaridan  ajralib  chiqadi  va 
qon  tomirlarining  o‘sishiga  ko‘maklashish  uchun  endotelial  to‘qimalardagi 
transmembrana tirozinkinaz retseptorlariga  ta’sir  o‘tkazadi. 
6.  Tajovuzkor  va  metastatik  bo‘lish.  O‘simta tajovuzkorligi, ya’ni – o‘zi 
paydo  bo‘lgan  to‘qimada  noto‘g‘ri  ko‘payishga  moyilligi  va  metastatlik,  ya’ni  
yon-atrofdagi  to‘qimalarni  bosib  olish  xususisyati  –    bular  patologik  jarayon 
hisoblanadi,  chunki  me’yordagi  hujayralar  o‘z  odatiy  joyida  cheklangan.  Bu 
imkoniyatlarni  qo‘lga  kiritgan  to‘qima  o‘zining  eng  xavfli  faoliyatini  boshlaydi. 
Tanadagi tabiiy anotomik jarayon tufayli,  to‘qimadan chiqqan metastatik  o‘simta 
hujayrasi biron aniq a’zoga yetib boradi. Masalan, qon va moddalar almashinuvida, 
oshqozon-ichak  yo‘lida  paydo  bo‘lgan  o‘simtalar    jigar    to‘qimalarida  g‘alati 
o‘smalar ko‘rinishida kuzatiladi.  
Ko‘krak bezi saratoniga uchragan bemorlarda, ikkilamchi  o‘simta, odatda, 
bosh  miyada  uchraydi.  Genetik  va  biokimyoviy  darajada,  tajovuzkorlik  va 
metastatlik  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lgan  hodisadir.  Kimdir  oddiy  taxmin  qilishicha, 
ayrim    mutatsiyalar    birlamchi    o‘simtani  tajovuzkor    o‘simtaga  aylantirib  yubo-
radi,  xuddi  shuningdek,  qo‘shimcha  mutatsiyalar  tajovuzkor  hujayralarni 
metastatic  o‘simtalarga  aylantiradi.  Shunga  qaramasdan,  bunday  almashinuv-
larning  sababi  bo‘lgan  genetik  o‘zgarishlarga  aniq  izoh  berish  mushkul 
                                                           
49
 
Swenberg  JA  et  al.  Endogenous  versus  exogenous  DNA  adducts:  their  role  in  carcinogenesis,  epidemiology,  and  risk 
assessment. Toxicol Ski. 2011;120 Suppl 1:S130–45.
 
 


 
 
188 
 
vazifaligicha    qoldi,    buning  sabablaridan  biri  –  o‘simta  hujayralari  va  boshqa 
hujayra turlari, masalan, makrofaglar, neytrofillar va mezenximal  ildiz  hujayralari 
orasidagi  murakkab  o‘zaro  ta’sirlardir.  Intergin  kabi  oqsillarga  hujum  qiluvchi 
mutatsiyalar,  odatda,  metastatik    o‘simtalarda  kuzatiladi.  Uzoq  yillar  davomida 
aniq  bo‘lgan  bu  kabi  ma’lumotlarga  qaramasdan,  biologiya  fanida  ochilmagan 
jumboqlar  hali  juda  ko‘p. 
7.  Immun  tizimiga  zararning  oldini  olish.  Hanahan va Vienberglar 2011-
yilda  o‘zlarining konseptual modellarini qayta  ishlab chiqishganda, ular qo‘shim-
cha    ikkita    “yangi  xususiyatlar”  ni  qo‘shishdi.    Ularning    birinchisiga  ko‘ra, 
xavfsiz    o‘simta  immun  tizimi  ta’siridan  xoli  bo‘lishi  kerak.  Bu  esa,  inson 
organizmidagi  ko‘plab  o‘simtalarning  immunologik  jihatdan  murakkabligini 
tushunib yetishning o‘sayotganligidan dalolatdir.
50
  
Dastlab    taxmin    qilinishicha,    o‘simtalar  o‘xshash  genetik  xususiyatlarga 
ega  bo‘lgan  o‘simta  hujayralarining  nisbatan  bir  hil  jamoasidan  tashkil  topgan, 
lekin  yanada  chuqurroq  olib  borilgan  gistologik  tadqiqotlar  murakkab  “o‘simta 
mikromuhiti”  ni  ochib  berdi.  Bu  tushunchaga  ko‘ra,  makrofaglar,  neytrofillar  va 
immun  tizimining  tabiiy  va  adaptiv  qurollarining  boshqa  bosqinchi  hujayralari 
aybsiz  ishtirokchilari  emas,  ular  qandaydir  yo‘l  bilan    o‘simtali  holatni  keltirib 
chiqarishadi.  Immun  hujayralarining  bunday  yordamchi  vazifasi  shubhalari 
epidemiologik  tadqiqotlar  bilan  mustahkamlanib  boradi,  masalan,  yallig‘lanishga 
qarshi  qo‘llaniladigan  aspirin,  uzoq  muddatli  iste’moli  o‘simta  xavfini 
kuchaytirishini  hisobga  olib, uni  iste’moldan  cheklasni  taklif  qiladi.  

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish