Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

7.3-rasm.    Insonlarda    talidomid    neonatal    toksiklik    davrida    turli    a’zolarda 
muhim  “ta’sirchanlik  ko‘zgusi” . 


 
 
173 
 
Har  xil  jonzodlarning  talidomidga  chidamliligini  aniqlaydigan,  nima  uchun 
insonning  unga  qaraganda  nozik  ekanligi  va  kalamush  hamda  sichqonlar  yaxshi 
bardosh berishini, quyonlar esa o‘rta me’yorda bardoshlilikni ko‘rsatishini tushun-
tira  oladigan  nazariya  kerak  bo‘ldi.  Asos  bo‘lib  xizmat  qiluvchi  toksik  mexa-
nizmlarni  topish  ustidagi    tajriba  va    izlanishlar  1990-  va  undan  keyingi  yillarda  
o‘z  “cho‘qqisi”  ga  ko‘tarildi. 1990-yillarning  boshlarida Berlin Free Universiteti 
talidomidning  to‘qima-lar  yuza  qismidagi  retseptor    klasterini  boshqarishni  o‘z  
ichiga  oladigan  yangi  xuxusiyatini  oshkor  qildi,  bularga  integrin  moddasi  ham 
kirgan. U  to‘qimalar va bachadondan tashqaridagi hujayralarni birlashtiradi
43
. Bu 
kashfiyotlar  homila  qo‘l-oyoqlari  yetilishi  va  o‘sishi  davrida  hujayralarning 
birlashishi hamda ko‘chishini buzishi ham mumkin ekanligini isbot qildi.  
Ko‘p    o‘tmasdan,  1994-yili  Garvard  Universiteti  tadqiqotchilari  talidomid-
ning  quyonlarda  qon  tomiri  o‘sishiga  kuchli  to‘siq  bo‘luvchi  xuxusiyatini 
aniqlashdi.  Angiogenez  moddasiga  ta’sir  qilib,  talidomidlar  qo‘l  va  oyoqlar 
rivojlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan  ozuqa  moddalarini  to‘sib  qo‘yadi. 
2.    Ish    muhiti    bilan    bog‘liq    teratogenlar.    Ko‘plab    ayo‘llar,  ayni  nasl 
qoldiradigan  yoshlarida  kelajak  avlodga  zarar  yetkazadigan,  kimyoviy    modda-
lardan  zaharlanishi  yoki  nurlanishi  mumkin  bo‘lgan  korxonalarda  mehnat  qilishi 
kabi ijtimoiy ta’sirlar, jahon hamjamiyati va biologiya sohasi mutaxassislari oldida 
turgan dolzarb masalalardan biridir. 
a)  kadmiy  -  yumshoq  havorang  metall    bo‘lib,  oksidlanish  darajasi  +2  ga 
teng  bo‘lgan    birikmalar    ko‘rinishida  uchraydi.  Uning  ko‘p  foydali  xususiyatlari 
sababli  kadmiy  sanoatda  keng  qo‘llanilgan,  bu  xususiyatlari:  zanglamasligi,  past 
haroratda  erishi,  egiluvchanligi  va  yuqori  issiqlik  va  elektr  tokini  o‘tkazuv-
chanligidir.  Bu metall  nefrotoksiklik,  gepotoksiklik, kanserogenlik va teratogen-
lik    kabi    zaharlovchi  salbiy  xususiyatlarga  ega,  uning  atrof-muhitni  ifloslanti-
ruvchi  hamda  zaharlovchi  xususiyatlari  aniqlangach,  kadmiy  sanoatda  kamroq 
ishlatiladigan  bo‘ldi.  Ammo  hozirgi  kunda  kadmiydan  batareyalar,  pigmentlar, 
                                                           
43
 
Ito T et al. Identification of a primary target of thalidomide teratogenicity. Science. 2010;327:1345–50.
 
 


 
 
174 
 
bo‘yoqlar,  qoplovchi  qismlar,  polimer  yarim  o‘tkazgichlar  ishlab  chiqarishda 
hamda    fotoelektrik    uskunalar    yaratilishida  keng  qo‘llaniladi.  Albatta,  kadmiy-
ning  atrof-muhitga  ham  ta’siri  katta,  sababi  u  qorg‘oshin,  mis,  temir,  polat 
mahsulotlariga;  ko‘mir,  neft,  gaz,  torf  va  yog‘och  kabi  yonilg‘i  mahsulotlariga; 
fosfat  qazilmalari  va  sementga  kimyoviy  ta’sir  o‘tkazib,  ularning  tarkibini 
o‘zgartiradi.  
b) Organik  erituvchilar - sanoat mollari va kundalik xo‘jalik mahsulotlarini 
ishlab  chiqarishda  keng  qo‘llaniladigan  turli  kimyoviy  moddalarni  o‘z    ichiga 
oladi.  Erituvchilarning  umumiy  sinfi  xushboy  uglevodlarni  (yelim  hamda 
tozalovchi  mahsulotlar  tarkibidagi  toluol,  ksilol);  alifatik  uglevodorodlarni 
(yonilg‘i  tarkibidagi  butan  va  propan)  va  alkilgalogenidlar  (yog‘sizlantiruvchi, 
bo‘yoqlarni  ketkazuvchi  va  havo  tozalaydigan  turli  mahsulotlar  tarkibidagi 
trixloroetin va metilxlorid moddalari).  
Bulardan tashqari organik erituvchilarga nitrit, keton, atsetonlar ham kiradi. 
To‘gri  foydalanilgan  holda  bu  kimyoviy  moddalar  minimal  miqdorda  zarar 
yetkazadi.  Shunday  bo‘lishiga  qaramasdan  ish  tajribasining  kamligi  yoki  baxtsiz 
hodisalar  zaharlanishga  olib  keladi,  aholining  ayrim  qismida  esa  toksikomaniya 
kasalligini  keltirib  chiqarishi  mumkin. Toluoldan zaharlanish asosan ish joylarida 
sodir  bo‘lishiga  qaramasdan,  bo‘shagan  aerozol  idishlaridagi  qoldiqlarning 
“to‘satdan  uflab  yuborishi”  hodisasi  ham  ayo‘llar  va  bolalarning  zaharlanishiga 
sabab  bo‘ladi.  Tarkibida  toluol  moddasi  bo‘lgan  mahsulotlar  miyaga  bo‘shash-
tiruvchi  ta’sir  ko‘rsatganligi  sababli,  yaqinda  AQSH  da  o‘tkazilgan  so‘rovnoma 
natijasi  homilador  ayo‘llar tomonidan ko‘p foydalaniladigan mahsulotlar tarkibi-
dan  topildi. 
3.  Atrof-muhitni  ifloslantiruvchilar.  Tahliliy texnologiyalarda ta’sirchanlik 
ustida  olib  borilgan  qator  kuzatishlarning  ijobiy  natijalari,  so‘nggi  yillarda  inson 
homilasi  yakunida  olingan  kindik  qoni    va    yo‘ldosh  ichidagi  namunalarda 
zaharlovchi  moddalarni  tekshirish  imkonini  yaratdi.  Bu  tekshirishlar  shuni 
ko‘rsatadiki, bu zaharlovchilar bugungi kunning  dolzarb muammosi bo‘lgan atrof-
muhit ifloslanishi  bilan  bog‘liq.  Zamonaviy toksikologiya fanining oldida turgan 


 
 
175 
 
asosiy  va  birlamchi  vazifalardan  biri  -        bu  ta’sirga  olib  keladigan  turli  omillani 
tog‘ri  baholay  olish,  uning  oldini  olish  hamda    bu    zararni    imkon    qadar  
kamaytirishdir. 
a)  Endokrin  ta’sir  o‘tkazuvchilar  va  Bisfenol A.  
AQSH,  Yevropa  va  boshqa  davlatlarda  ommaviy  axborot  vositalari  keng 
foydalaniladigan  plastifikator  Bisfenol  A  (BFA)  moddasidan  o‘z  diqqatlarini  bir 
nechta    aralashmalarga  qaratdi.  BFA  yuqori  miqdorli  kimyoviy  modda  bo‘lib, 
oziq-ovqat    va    ichimliklar    qadoqlarinini,  kompakt-disklarini,  xavfsizlik  texnika-
lari  hamda  tibbiyot  jihozlarini  tayyorlashdagi  polikarbonat  plastiklarini  ishlab 
chiqarishda  qo‘llaniladi.  Bundan  tashqari,  BFA  oziq-ovqat  qutilari,  shishalar 
qopqog‘i  va  suv  quvurlarida  ishlatiladigan  epoksid  qatronlarida  ham  keng 
qo‘llaniladi.  2009-yilda  Bisfenol  jahon  miqyosida  2.2  million  tonnadan  ziyod 
ishlab  chiqarildi.  Sanoatda  va  oziq-ovqat  mahsulotlarini  qayta  ishlash  jarayonida 
keng  qo‘llanilgani  sababli,  BFA  atrof-muhitga  zarari  hozirgi  kunning  ajralmas 
qismiga aylangan.
44
  
Binobarin,  BFA  metabolitlari  peshob  tahlilida  namoyon  bo‘ladi.  Inson 
organizmiga  bu  moddalar  kundalik  hayotda  ishlatadigan  oziq-ovqat  qadoqlari, 
ichimliklar  qopqoqlari  va  plastik  idishlardagi  ovqatlarni  iste’mol  qilishlari 
natijasida  o‘tadi.  Shunday  qilib  BFA  Oziq-Ovqat  Mahsulotlari  Bilan  Bog‘liq 
aralashma  deb  ataladi.  Bundan  tashqari  BFA  ning  kam  miqdorda  teri  orqali 
cho‘milish  paytida  ham  kiradi.  Yevropa  Oziq-ovqat  Xavfsizligi  Tashkiloti  va 
boshqa  milliy  boshqaruv  organlari  BFA  ning  kundalik  iste’moli  miqdorini  0.05 
mg/kg  deb  belgilaganiga  qaramasdan,  ayrim  atrof-muhitni  himoya  qilish 
tashkilotlari  bu  ko‘rsatkichni  yanada  kamaytirish  harakatida. 
Chaqaloqlar  va  yosh  bolalarning  BFA  dan  zaharlanishining  oldini  olish 
maqsadida ko‘plab  ishlab-chiqaruvchi  korxonalar bu aralashmani chaqaloqlar suv 
idishlari  va  boshqa  bolalar  iste’mol  mahsulotlarida  ishlatishni  taqiqlab  qo‘yishdi. 
Biologlarni  ko‘p  xavotirga  solayotgan  tomoni  -  aralashma  bolalarning  endokrin 
                                                           
44
 
National  Toxicology  Brief  on  Bisphenol  A.  Available  at 
www.niehs.nih.gov/health/topics/agents/sya-bpa/#4 
(September 
2008).
 
 


 
 
176 
 
tizimiga  salbiy  ta’sir  o‘tkazadi  va  garmonlarga  signal  jo‘natuvchi  yo‘llarda 
o’zgarishlar    hosil  qiladi.
45
  Bu  aralashmaning  turli  ta’sirlari  ilmiy  tomondan 
ko‘plab    tortishuvlarga  sabab  bo‘lishiga  qaramasdan,  inson  sog‘lig‘ida  muam-
molarni  keltirib  chiqaruvchi  endokrin  tizimidagi  o‘zgarishlar  saraton,  qandli 
diabet,  semirish,  yurak  kasalliklari,  bepushtlik  va  voyaga  yetmaganlarda 
rivojlanish buzilishi kabi kasalliklariga sabab bo‘ladi.  
BFA  va  boshqa  plastifikatorlar,  shular  qatorida  ftalatlardan  tashqari, 
endokrin tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kimyoviy moddalar  ro’yxatini  tabiiy 
va  sintetik  birikmalar  to’ldiradi.  Bularga  yaqqol  misol  tarzida  dori-darmonlar, 
dioksin  misol  xloroorganik  birikmalar,  bifenil  moddasi  va  boshqa  pestitsidlarni 
keltirish mumkin (7.4-a rasm).  
 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish