Z. T. Karabayeva


  Zaharlanishning  o‘sishini  o‘rganish



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

 
7.6.  Zaharlanishning  o‘sishini  o‘rganish 
 
Talidomid    ofati  1960-yillarning    boshqa  teratogenik  zararlari  qatorida 
asosiy diqqatni  hali dunyoga kelmagan insonlarni zaharli ksenobiotiklardan xalos 
qilish    maqsadida    o‘tkaziladigan  tekshirishlarni  mukammallashtirishga  qaratadi. 
Ilk  teratogen  tekshiruvlarida  laboratoriyalarda  hayvonlar  ishtirok  etgan  bo‘lsa, 


 
 
168 
 
keyingi    o‘n    yilliklarda  bu  tekshirishlar  yangi  usullar  bilan  boyitilib,  biotibbiy 
soha  taraqqiylasha  bordi.  Bundan  tashqari,  hayvonlar,  ularning  hayoti  haqida 
qayg‘uradigan  jamiyat  vakillari  urinishlari  natijasida  kemiruvchilar  ustida  olib 
boriladigan    an’anaviy  tajribalar turli  boshqa  tajribalar  bilan  almashtirildi. Bu  esa 
o‘z  o‘rnida  iqtisodiy va  ilmiy  yo‘nalishlar  tazyiqiga  uchramoqda. 
1.    Homilador    hayvonlar    ustida    tajribalar.    O‘tmishga  nazar  tashlasak, 
toksikologiyaning  ilk  taraqqiyot  yillarida  talidomid  qora  bulut  singari  soha  ustida 
osilib  turgan.  Masalan,  Davlat  Sog‘liqni  Saqlash    tashkilotlari    tomonidan    yangi  
dori-darmon  va  ksenobiotiklarni  tajribadan    o‘tkazish  talablari  qo‘yilgan,  bunda 
hayvonlar  ustida  olib  borilgan  tajribalar  bu  talablarga  katta  ta’sir  o‘tkazdi. 
Tabiatning  mojizasini  qarangki,  sichqon,  kalamush  hamda  uy  sichqonlarining 
nasllari talidomidga to‘liq bardoshliligini, tovuq va quyonlar esa dorilarning katta 
miqdoriga ijobiy natija ko‘rsatgan.  
Shu    bilimlarga    tayangan    holda,  ko‘p  boshqaruv  organlari  tomonidan 
dorilar,  pestitsidlar,  gerbisidlar,  erituvchi  va  boshqa  kimyoviy  moddalarni 
tekshirish  uchun  chuqur  perenatal  tekshiruv  vaqtida  quyon  va  kemiruvchilarning 
bir  turini  ishlatish  yo‘lga  qo‘yildi. Tadqiqotchilar  tezda  tushunib yetishdiki, bu 
kabi    tajribalarni  rejalashtirish  jarayonida  toksikantlarni  yuborish  muddatlari, 
ayrim  turlar  rivojlanishidagi  muhim  muddat  va  voqealar  chuqur  e’tiborni  talab 
qiladi.  Homilador  hayvonlarni  tajribadan  o‘tkazish  jarayoni  murakkab,  chunki, 
kimyoviy  moddalar  ta’sirini  baholash  uchun  nafaqat  homila  davri,  balki 
reproduktiv  zaharlanishni  aniqlash  sut  emizuvchilar  rivojlanishining  keyingi 
davrida  ham  o‘z  ta’siriga  ega.
41
  
Shunday  qilib,  jinsiy  hujayraga  zararli  ta’sirini  aniqlash  uchun  kimyoviy 
moddalar    erkak  va  urg‘ochi  hayvonlarga  chatishtirishdan  2-6  hafta  oldin  yubo-
riladi.  Chatishtirilgandan  va  homiladorlik  aniqlanganidan  so‘ng,  bu  ta’sir  homila-
dorlikning  butun davrida, tug‘ilgandan keyin va laktatsiya (emizish) davrida ham 
davom etadi. Darhaqiqat, zaharlanish rivojlanishi kalamushlarning uchta  avlodiga 
                                                           
41
 
Jergil M et al. Short-time gene expression response to valproic acid and valproic acid analogs in mouse embryonic stem cells. 
Toxicol Sci. 2011;121:328–42.
 
 


 
 
169 
 
doimiy  ravishda  kimyoviy  moddalar  ta’sirini  tekshiruvlari  natijalari    bayon-
nomalarda  aniq  qayd  qilib  boriladi.  
Bu  nozik  toksikantlarning  tana  vazni    oziq-ovqat  mahsulotlarni  iste’mol 
qilishi,  fiziologik  so‘nggi  nuqtalarga,  bundan  tashqari  homiladorlik,  tug‘ish 
muddati,  axlat o‘lchami, naslning vazni oshishi va jinsiy balog‘atga yetish yoshiga 
bo‘lgan ta’sirini aniqlanish imkonini yaratadi. So‘nggi yillarda, bu kabi izlanishlar  
rivojlanayotgan    embrionda  lipid  metabolizmiga  salbiy  ta’sir  o‘tkazuvchi    va  
butun hayoti davomida semizlikka olib keladigan “obesogens” moddasi kabi turli 
sinfga  oid  kimyoviy  moddalarning  ta’sirini  ochib  berdi.  Bu  natijalar  bisfenol  A 
kabi endokrin buzilishlari kimyoviy moddalari uchun muhim.  
Bu  kabi  hayvonlar  ustida  tajribalar  o‘tkazish  qimmat  hisoblanadi,  chunki 
tajribalar    bayonnomalari    hayvonlarning  yashash  joyi,  iqlim  mosligi,  oziq-ovqat 
va  suv  sifati,  toksikantlarni  yuborish,  ularning  holatlari  va  homiladorlik  davrini 
nazorat  qilishni  o‘z    ichiga  oladi.  Tajriba  so‘nggida  ona  va  naslda  to‘liq 
gistopotologik  tahlil  amalga  oshiriladi.  Naslning  jag‘-yuz  hajmini  o‘lchash 
maqsadida  tana  og‘irligi,  dumg‘aza  uzunligi  va  boshqa  morfologik  so‘nggi 
nuqtalar  aniqlanadi.  Skelet  ham  to‘liq  tekshiruvdan  o‘tkaziladi,  chunki  suyak 
shakllanishining    intensiv      buzilishi    juda    nozik    teratogen  ko‘rsatkich  hisobla-
nadi. 
Nevrologik jarayonlarga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan dorilar, pestitsid-
lar va boshqa kimyoviy  moddalarni tekshirish maqsadida, markaziy asab tizimiga  
har  qanday  nozik  o‘zgarishlarni    aniqlash  uchun  nasllar  to‘liq  va  murakkab  
tekshirishdan    o‘tkaziladi.  Tekshirish  jarayonida  bironta  shubha  tug‘ilsa,  uning  
toksikokinetik  jihati  yoki  metabolizmi  alohida  tajriba  ostiga  olinadi.  Bunda 
embrion,  homila  yoki  onaning  qo‘l-oyoqlariga  mikrochiplar  o‘rnatib  mexanistik 
tadqiqot  ham  o‘tkaziladi.  Ko‘plab    yo‘ldosh  faktorlar  tadqiqot  natijalariga  ta’sir 
qilgani  sababli,  kemiruvchilarda  prenatal  zaharlanish  kuzatuvlaridan  olingan 
ma’lumotlar  aniqlikni  talab  qiladi.  Nazorat  ostidagi  va  toksikantlar  yuborilgan 
naslning gender muvozanati ham alohida e’tibor ostiga olinadi. 
Ayrim  hollarda  toksikant,  naslning  yengil  vazn  bilan  tug‘ilishiga  sabab 


 
 
170 
 
bo‘ladi, bu esa naslning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Lekin,  chuqurroq o‘rganishlar 
shuni  ko‘rsatadiki, ona hamda axlat vazni ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.  
Homilaning  o‘sishi  ham  doimiy  nazorat  qilib  boriladi,  chunki,  o‘sishga  ta’sir 
qiladigan  achchiq  ozuqa  yoki  suv  ham  o‘z  vaqtida  tekshiruvdan  o‘tkaziladi 
(hayvonga    tajribadan  o‘tkazilayotgan  kimyoviy  moddaning  ta’mi  yoqmasligi 
holati esa katta qiyinchilikni keltirib chiqaradi).  
2.  Muqobil    testlar.    Toksikologlar  hayvonlar  ustida  o‘tkaziladigan  testlar-
ning  minglab  muqobillarini  sinab  ko‘rishgan.  Ko‘plab    osonlashtirilgan  test 
tizimining  o‘ziga  xosligi  ona  organizmida  yo‘ldosh  va  jigar  kabi  a’zolarning 
yo‘qligidir.  Bu  esa  tadqiqotchilar  orasida  fikrlar  xilma-xilligiga  sabab  bo‘ladi: 
ayrimlar buni ijobiy baholashsa, boshqalari esa testlar o‘tkazish uchun bu, albatta, 
salbiy jarayon, deb qarashadi. Bir tomondan, yo‘ldoshning yo‘qligi toksikantlarga 
ta’sirchanligini  oshiradi,  ayniqsa,  yo‘ldosh  membrana  tashuvchilari  tekshiri-
layotgan  moddaning  embrionga  yetib  borishiga  tosqinlik  qiladi.  Tanqidchilar  esa, 
probirkalarda  o‘tkaziladigan  testlarga  qarshi  fikr  bildirib,  toksikantlar  keragidan 
ziyod ishlatilayotganini  aytishadi.  
Bu  kabi  muqobil  test  tizimiga  ketadigan  mablaglar  ham  tadqiqotchilarning 
tortishuvlariga  sabab  bo‘ladi:  bir  guruh  mutaxassislar  uchun  rivojlantirish 
toksikantlarini    onadagi  ikkilamchi  toksikantlarga  qo‘llash  -  homilador  hayvon-
larda an’anaviy testlarning asosi  bo‘lsa, boshqa guruh vakillari bu omilni  chetlab 
o‘tish    probirkalardagi    tajribalarda    yaxshi  natijalar  sababchisi  bo‘ladi,  degan 
fikrni  ilg‘or  surishadi
42
.  
Oxirgi  o‘n  yilliklar  davomida  kemiruvchilar  embrioni  ustida    ko‘p    sonli  
tekshiruvlar  o‘tkazildi.  1950-yillarda  birinchi  marta  qo‘llanilgan  to‘liq  embrion 
yetishtirilishi tez orada biologiya va toksikologiya sohalarida ham keng  qo‘llanila 
boshladi.  Embrionning    to‘liq    rivojlanishi  uchun  yo‘ldosh  va  onaning    boshqa  
a’zolari    muhim.    Sun’iy  yetishtirilgan  sichqon  va  kalamushlarning    embrionlari  
yetilish  davrining  o‘rtasida toksikantlarning ta’sirini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. 
                                                           
42
 
Christian  MS.  Test  methods  for  assessing  female  reproductive  and  developmental  toxicology.  Chapter  29.  In:  Hayes  WA, 
editor. Principles & methods of toxicology. 4th ed. Philadelphia: Taylor & Frankis; 2001.
 
 


 
 
171 
 
Yetishtirish 
usullarining 
doimiy 
ravishda 
mukammal-lashtirilib 
borishi, 
kemiruvchilar  embrionini  o‘rganish  imkonlarini  ham  kengay-tirdi.    Bu    usullar  
mikrochip  hamda  boshqa  ilgor  “omiks”  texnologiyalarni  ishlatish  orqali 
toksikantlarni o‘rganishda undan ham yuqori natijalarga erishadi. 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish