Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

3.  Troglitazon:  jigar  zaharlanishi, moyillik  
Troglitazonning  1997-yil  bir  qator  davlatlarda  tasdiqlanishi,  qonda  qand 
miqdorining buzilishi bilan bog‘liq jiddiy metabolik o‘zgarish  bo‘lgan 2-tur qandli 
diabetini    davolashda    sezilarli  darajada    olg‘a    bosilgan  qadam  sifatida  nishon-
landi.  Keying  yillarda  qandli  diabet  kasalligi  ko‘payganligiga  qaramasdan, 
dorishunoslikning    bu    sohasida    bu  kasallikka  qarshi  vositalarning  tiazolidin-
dionlar  guruhiga  mansub  troglitazon  kashf  qilingunga  qadar  kam  yangiliklar 
yaratilgan edi.  
Troglitazon  dori vositasi  tana  to‘qimalariga  ovqatdan  so‘ng qon  tarkibidagi 
glyukozani haydashga yordam beradi. Bu preparatning qator ijobiy xususiyatlariga 
qaramasdan, u  iste’molga  chiqqandan  bir necha oy  o‘tib,  Yaponiya,  Britaniya  va 
AQSh  shifokorlari  dorining  hayotga  xavf  soluvchi  gepatotoksikligi  haqida  bong  
urib,  dunyoga  jar  solishdi.  Ishlab  chiqaruvchilar  bir  necha  yil  o‘tib  bu  dorini 
bozordan  qaytarib  olishdi.  Butun  dunyo  miqyosida  Troglitazon  ta’sirida  halok 
bo‘lganlar    soni    60-70  kishini  tashkil  etdi.  Boshqa  toksik  moddalardan  zahar-
lanish singari, jigarning troglitazon ta’siridan zaharlanishi ham oldindan bashorat 
qilib  bo‘lmaydigan  hol  edi,  taxminan  10000-20000  bemordan  bittasida  jigar 
xastalanganini  kuzatish  mumkin  edi.  Troglitazon  gepatotoksiklik  asosida  yotgan 
mexanizmlar  murakkab  hisoblanadi,  chunki  preparatning  o‘zi  gepatotsidlar  va 
nogepatik hujayralarda apoptoz keltirib chiqarib, ahamiyatli rol oynaydi. 
Gepatotoksiklik  va  sanoatdagi  kimyoviy  moddalar.  Ish joyida yoki sanoat 
korxonalarida ishlatiladigan kimyoviy moddalar uchun, gepatotoksik potensialning 


 
 
147 
 
aniqlanishi, odatda, ularning savdo-sotiqda qo‘llanilishiga qat’iy chegaralar 
belgilanishiga olib keladi: bu butunlay taqiq-lashdan yoki majburiy qattiq texnik 
nazoratdan tortib,  to  yuqori sifatli mazsus  himoya  kiyimlarigacha  ko‘rinishida  
bo‘lishi  mumkin.  
1)  Tetraxlormetan.  Tarkibi  suyuqlikdan  iborat  tetraxlormetan  (CC1
4
)  ning 
ajoyib  erituvchi  xususiyati  bo‘lib,  o‘t  o‘chiruvchi  moslamalarda,  mahsulotlarni 
yog‘sizlantirish  jarayonida,  florokarbon  sovutgichlari  ishlab  chiqarishda  quruq 
tozalovchi moslama sifatida keng qo‘llanilgan. 1960-1970-yillarda quruq tozalash 
bo‘limi ishchilari orasida jigar kasalligi ko‘payganligidan so‘ng CC1
4
 moddasining 
qo‘llanilishi keskin kamayganligiga qaramasdan, CC1
4
 bugungi kunda ham ayrim 
sanoat korxonalarida ishlatiladi. CC1
4
 yana toksikologiya laboratoriyalarida har xil 
turlarda  ichki  gepatotoksiklikni  va  lipidlar  oksidlanishini  qozg‘atish  xususiyatiga 
egaligi sabab qo‘llaniladi. Tuproq, ichimlik suvi hamda havo tarkibida bo‘lganligi 
bilan CC1

 atrof-muhitni  ifloslantiruvchi  moddalarga kiradi. 
CC1
4
 tez bug‘lanadigan  modda  bo‘lganligi sabab, ishlab  chiqarishda zahar-
lanish  asosan  nafas  yo‘llari  orqali  sodir  bo‘ladi,  ammo  oshqozon-ichak  yo‘llari 
orqali    tasodifan    ichki  zaharlanish  hodisasi  ham  ko‘p  uchraydi.
35
  O‘tkir  yoki 
surunkali    kasallik    ta’siri    buyrakda    o‘z    aksini  topsa,  jigar  CC1
4
  ga  haddan 
tashqari ta’sirchan hisoblanadi. O‘tkiz zaharlanishda jigar kattalashadi, hujayralar 
darajasida  gepatotsitlar  shishgan  va  steototik  ko‘rinishga  ega  bo‘lib,  markaziy 
hujayralarda  yaqqol  o‘zgarishlar  kuzatiladi.  CC1
4
  metabolitlarining  jigardagi 
oqsillarni  parchalash  funksiyasi  buzilgani  hamda  oqsillarni  tashish  vazifasi 
pasayganligi  sababli  hujayralarda  nekrotik  o‘lim  belgilari  bilan  birga  jigarning 
jarohatlangan  qismida  yirik  yog‘  tomchilari  paydo  bo‘ladi.  

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish