2) Tioasetamid. Tioasetamid sitrus mevalarining zamburug‘iga qarshi dori
sifatida 1940-yillarda ishlab chiqilgan. U bugungi kunga qadar dorishunoslik
mahsulotlaridan tortib, to pestitsidlargacha bo‘lgan turli sintetik birikmalarni ishlab
chiqarish jarayonida oltingugurt donori sifatida ishlatiladi. Uning suvli eritmalarda
35
Rusyn I et al. Trichloroethylene: Mechanistic, epidemiologic and other supporting evidence of KARcinogenic hazard.
Pharmacol Ther. 2013; pii: S0163-7258(13)00180-0. doi:
10.1016/j.pharmthera.
2013.08.004
. Epub 2013 Aug 23
.
148
sulfidli tozalash xususiyati tahliliy kimyo va kanalizatsiya tizimini tozalash
ishlarida keng foydalanish imkonini beradi. Tioasetamidning jigarni kuchli
zaharlovchi va kanserogen xususiyatlari kashf qilingandan so‘ng, uning qishloq
xo‘jaligida ishlatilishi cheklab qo‘yildi. Bu kashfiyot 1950-yillarda tioasetamid
bilan ishlov berilgan apelsinlardan tayyorlanadigan meva sharbatining iste’molga
chiqishi bilan bog‘liq xavotirlarga sabab bo‘ldi.
Tajribadan o‘tayotgan hayvonlarda markaziy jigar nekrozi va jigar serrozi
kasalliklarini qozg‘atuvchi sifatida tioasetamid bugungi kunda tadqiqotlar
o‘tkazish uchun foydali modda bo‘lib qolmoqda. Uning toksikligi 2 bosqichli
bioaktivatsiya jarayoniga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon turli CYP450 izoformalari
hamda FAD li monooksigenazlar yordamida tezlashtiriladi.
Gepatotoksiklik va tabiiy kimyoviy moddalar. Jigarni zaharlovchi modda-
lar tabiatda mavjud bo‘lib, chunki ular jigarga tog‘ridan-tog‘ri ta’sir qiladigan yoki
metabolizmli gepototoksikant o‘simliklar va mikroorganizmlarda hamda yer
qobig‘idagi minerallar tarkibida yashaydi.
1) Aflatoksin B
1.
Mikotoksinlar oilasi - bu nom Grek tilidagi zamburug‘
(mykes) va Lotin tilidagi zahar (toxicum) so‘zlarining birikmasidan tuzilgan
bo‘lib, ikkilamchi zamburug‘li metabolizm davrida ajralib chiqadigan katta
miqdordagi toksik moddalarni o‘z ichiga oladi. Bu termin, odatda, turli xil
zamburug‘lar ta’sirida kelib chiqqan, inson is’temoli uchun yetishtirilgan ekinlarni
dalaning o‘zida yoki hosil yig‘ib olingandan so‘ng zaharlaydigan toksinlar uchun
qo‘llaniladi.
Zamburug‘larning turiga qarab, oziq-ovqat mahsulotlarining mikotok-
sinlar bilan zaharlanishi ham tropik regionlarda, ham mo’tadil iqlimli mintaqalarda
kuzatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘p turlari mikotoksinlarga moyil,
bularga: don mahsulotlari, yong‘oqlar, qahva, kakao, ziravorlar, dukkakli
o‘simliklar hamda yangi va quritilgan mevalar kiradi. Chorva mollariga nisbatan
toksikligi yuzasidan mikotoksinlar chorvachilikda muhim o‘rin egallaydi.
Insonlarga esa mikotoksinlar chorvachilik mollaridan ularning go‘sht, sut va
boshqa mahsulotlarini iste’moli bilan birga kiradi (masalan, tuxum, pishloq va
149
hakozo).
Ko‘p mikotoksinlar kimyoviy jihatdan barqarorligiga sabab, oziq-ovqat
mahsulotlariga umumiy ishlov berish jarayonida ular o‘zgarmay qoladi, ularga
yuqori darajali issiq ham katta ta’sir o‘tkazmaydi (masalan, non va konditer
mahsulotlari). Zaharlanish xavfining oldini olish maqsadida, ko‘p davlatlar oziq-
ovqat boshqarmalari tarkibida mikrotoksinlari bo‘lgan mahsulotlarga chegaralash
belgilashadi (masalan, yeryong‘oq yog‘i). Bu tashkilotlar tashqaridan import
qilingan mahsulotlarni ham doimiy ravishda tekshiruvlardan o‘tkazib turadi. Bu
jarayonda ziyraklikni susaytirish mumkin emas, sababi, zamburug‘lar qaysi
iqlimiy sharoitga tushishiga qarab o‘zgarish xususiyatiga ega, bundan kelib
chiqadiki, bir xil regiondan import qilingan mahsulotlar turli fasllarda turlicha
o‘zgaradi. Jigarga salbiy ta’siridan tashqari, ko‘p mikotoksinlar turli xil toksik
xususiyatga ega bo‘lib, bular o‘z ichiga kanserogenlik, genotoksiklik, nefro-
toksiklik va immunotoksiklikni oladi.
2) Sianobakteriy toksinlar. Zamburug‘lar nafaqat e’tiborsizlikdan jigarni
zaharlaydigan mikro-organizmlar hisoblanadi: ko‘plab mintaqalarda sianobakteriy
toksinlari bilan zaharlangan ichimlik suvi iste’moli aholi sog‘ligini saqlash
sohasining dolzarb muammolaridan biridir. Bu fotosintetik bakteriyalarning gullari
suv yo‘llaridan, ayniqsa, yozning iliq kunlarida tarqaladi. Toza ko‘llar, suv
omborlari va daryolarda sianobakteriyalarning o‘nlab turlari aniqlanishiga
qaramay, qulay ob-havo sharoiti va suv sathida kislotaning mos darajasi, ozuqa
moddalari va og‘itlar sianobakteriyalarning tez ko‘payishiga qulay sharoit yaratib
beradi.
Sianobakteriyalardan kuchli neyrotoksinlar va gepatotoksinlar paydo bo‘lib,
ular o‘z o‘rnida bakteriyalar gullashini ko‘paytiradi, natijada zaharlangan suv
chorva mollari, boshqa hayvonlar va baliqlarning zaharlanishiga olib keladi. Ko‘p
yillar davomidagi kuzatishlar natijasi shuni berdiki, Sianobakteria bilan
zaharlangan suv iste’molining jigar kasalliklari bilan chambarchas bog‘liqligini
aniqlangan. Bundan 1000 yil oldin Xitoy askarlari yashil rangdagi suvni iste’mol
qilishgani va ular orasida o‘lim ko‘payib ketganligi haqida harbiy qo‘mondon
150
xabar bergan. So‘nggi yillarda sianobakteriya toksinlari bilan bog‘liq salomatlikni
xavf ostiga qo‘ygan hodisa - 1979-yil Avstraliyaning shimoliy-sharqida joylash-
gan Palm Orolining tub aholisining ommaviy zaharlanishi soha tadqiqotchilari
diqqatini tortdi. Ichimlik suvidan 100 dan ortiq maktab yoshidagi bo‘lalarda
jiddiy jigar zaharlanishi kuzatilgan. Bu esa shahar ichimlik suviga ishlov berish
jarayonida mis sulfati qo‘shilganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. Mis sulfati
hujayralarni eritib sianobakteriyalarni suvga chiqarib yuborganligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |