3. Peroksisom proliferator retseptorlari. AhR ning kashf etilishidan ko‘p
o‘tmay, peroksisom proliferatorlar deb ataluvchi kimyoviy moddalar ta’sirida
faollashadigan yana bir o‘xshash kseno-biotik retseptorlari sinfi aniqlandi. Bu
ksenobiotiklar lipidlar, peroksidlar va xolesterin metabolizmida ishtirok etadigan
muhim hujayraosti organoidlar bo‘lgan jigar hujayralarida peroksisomalarning
o‘lchami va sonini oshirish xususiyatiga ega. Bu katta oila tarkibiga lipid
miqdorini kamaytiradigan preparatlar (masalan, xlofibratga o‘xshagan tolasimon
oksidlar), xlorlangan erituvchilar (masalan, trixloretilen) va ftalat plastifikatorlari
(DEHP, di-2-etileksil ftalat) kiradi.
DEHP ning odam organizmiga ko‘rsatadigan ta’siri katta munozaraga
sabab bo‘ldi, chunki DEHP tibbiyotda foydalaniladigan va iste’moldagi ayrim
mahsulotlarni ishlab chiqarishda keng ishlatiladigan plastifikator hisoblanadi
(polivinilxlorid (PVC) polimerlariga egiluvchanligini oshirish uchun qo‘shiladi).
Undan foydalanish ko‘pincha bahslarga sabab bo‘ladi, chunki tarkibida DEHP
mavjud bo‘lgan jarrohlik naychasi neonatal bo‘linmada parvarish qilinadigan
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bir qator zaharlanish holatlariga olib keladi, degan
qarashlar uchraydi. DEHP ning kemiruvchilar jigarida saratonni keltirib chiqari-
shi aniqlanganidan so‘ng, “balki ko‘p uchraydigan bu modda jigarda sezdirmas-
117
dan saraton kasalligini rivojlantirib borishi mumkindir” degan taxmin paydo
bo‘ldi va peroksisom proliferatorlarga nisbatan e’tibor kuchayib ketdi.
26
Biroq
olimlar peroksisom proliferatorlar uchun hujayraviy retseptor vazifasini
bajaradigan yadro retseptorlari guruhi – PPAR lar (peroksisom proliferator faol-
lashtirgan retseptorlar) borligini aniqlashgach, xavotir ancha kamaydi.
Bu retseptorlar oilasining vakillaridan biri, PPAR α ayniqsa olimlarning
e’tiborini tortdi, chunki DEHP ta’siriga uchragan kemiruvchilarda saraton
rivojlanishini “stimullaydi” (PPAR α geni olib tashlangan sichqonlar DEHP
induksiyalagan o‘smalarga chidamli bo‘ladi). PPAR α ning faollashuvi lipidlar
metabolizmida ishtirok etadigan (lekin, odam organizmidagi ksenobiotik meta-
bolizmida emas) CYP izoformasi – CYP4A1 ning ta’sirini kuchli induksiyalaydi.
Keyinchalik olib borilgan izlanishlar shuni aniqladiki, odam organizmida
funksional PPAR α bo‘lganida, DNK ning uchinchi oqimi signallari va PPAR α
faollashuvidan keyingi hujayradagi o‘zgarishlar odam organizmi bilan
kemiruvchilarda sezilarli farq qiladi. Sichqon va kalamush jigar hujayralaridan
farqli ravishda, DEHP ning faollashuvi odam jigarida hujayralarning ko‘payi-
shini stimullamaydi. Bundan odam jigari kemiruvchilarnikiga qaraganda DEHP
kanserogeneziga nisbatan kamroq ta’sirchan, degan fikrni bildirish mumkin.
Mitogenezni faollashtirib yuborish, odatda, shunday nomlanuvchi geno-
toksik bo‘lmagan kanserogenlarning umumiy xususiyati hisoblanadi (8-bob, 8.5.2
qism). Vaholanki, DEHP PPAR α ta’sir ko‘rsatayotgan jigar hujayralarida mito-
gen qobiliyatga ega emas ekan, bu DEHP odam organizmida genotoksik bo‘lma-
gan jigar kanserogeni sifatida harakatlanadi, degan xavotirni ancha kamaytirdi.
Bunday ehtimol darajasining kamayishi bilan olimlar izlanishlarini ancha dolzarb
bo‘lgan masalalarga, masalan, jigardan boshqa to‘qimalarda DEHP keltirib
chiqaradigan o‘smaning rivojlanib borishiga qaratdi. Bu kabi masalalar hali to‘liq
o‘rganib bo‘linmas ekan, DEHP toksikologiyasi ham ochiq mavzuligicha qoladi.
26
Sporn MB, Liby KT. NRF2 and cancer: the good, the bad and the importance of context. Nat Rev cancer. 2012;12:564–71.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |