Z. T. Karabayeva


  Sezuvchanlikka  ta’sir  qiluvchi  omillar



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

 
6.1.  Sezuvchanlikka  ta’sir  qiluvchi  omillar 
 
Aynan  qaysi  a’zo kimyoviy toksikant hujumi qurboni bo‘lganligini oldin-
dan  aniqlash  juda  mushkul,  murakkab  biologik  tizimda  toksikantlikka  tekshiruv-
larsiz  zaharlanishni  oldindan  bila  olish  imkoni  kamdan-kam  uchraydi  (masalan, 
tirik  inson  yoki  hayvonlarda  testlar).  Turli  a’zolardan  olingan  probirkadagi 


 
 
130 
 
hujayralar  toksikantlik  yoki  hujayra  buzilishi  mexanizmlari  tekshirishlarida  
qo‘llanilishidan  qat’iy  nazar,  tabiiy  muhitda  toksikantlarning  aynan  qaysi  a’zoga  
ta’sir  o‘tkazganini  bashorat qilish qiyin masala.
29
 Masalan, jigar to‘qimalarining 
namunalari  laboratoriya  sharoitida  kimyoviy  moddalarga  nisbatan  zaifligi,  tabiiy 
muhitda hamma insonlar yoki hayvonlar jigarlarining so‘zsiz,  buyrakka  nisbatan  
shikastlanish  ehtimoli  katta,  degani  emas.  Birinchidan,  ksenobiotikning  butun 
tanada  tarqalishi  bilan  bog‘liq  murakkablik,  toksikant  moljaliga  tushgan  a’zoni 
oldindan  aniqlashni  qiyinlashrtiradi.  Ko‘p  hollarda,  ma’lum  a’zolar  zarar  ko‘radi, 
chunki  toksikokinetik  a’zolar  ksenobiotiklarning    katta    miqdori    bir    joyga  
to‘planishida  xizmat  qiladi.  
Nazariyada,  moljalga  tushgan  to‘qimadagi  toksikantlar  miqdori,  avvalam 
bor,  toksik  sindromlarning    o‘tkir    va    surunkaliligini    aniqlab  beradi;  shundan 
kelib  chiqadiki,  yuqori  faollikni  ko‘rsatgan  to‘qimalar  zaharlanishga  beriluvchan 
bo‘ladi.  Kuchli  qon  oqimini  qabul  qiladigan  a’zo  yoki  to‘qimalar  qon  orqali 
o‘tadigan toksikantlarni o‘zida to‘plashi mumkin. Bularga yaqqol misol tariqasida 
jigar    va  buyrakni    olishimiz  mumkin,  chunki  peshob  chiqarish  a’zolari  sifatida 
ular    ko‘plab    ksenobiotik  tashuvchilari  bo‘lgan  katta  miqdordagi  qonni  qabul 
qiladi.  Tabiiy    muhitda    toksikantlar    nishoniga  tushgan  a’zoni  oldindan  taxmin 
qila  olishni  murakkablashritadigan  yana  bir  omil    –  kimyoviy  moddalarning 
metabolik  taqdiridir. 
Toki  ksenobiotiklar  almashinuvini  bashorat  qilishda  ishtirok  etadigan 
kremniy    yoki    hisoblash    modellari  dorishunoslik  sanoati  va  ilmiy  laboratoriya-
larda  takomillashtirish  jarayonida  ekan,  bu  yondashuvlar  kamdan-kam  hollarda 
organizmda  sodir  bo‘layotgan  ksenobiotiklarning  murakkab  almashinuvini  to‘liq 
bashorat  qilab  bera  oladi.  Ko‘plab    ksenobiotiklar    jigar  yoki  boshqa  to‘qimalar-
ning  faoliyati  jarayonida  o‘nlab  turli  metabolitlar  hosil  qiladi.  Odatda,  bunday 
metabolitlarning  ko‘pchiligida  zaharlovchi  xususiyati  kam  bo‘lib,  ularning 
yaratilishi, asosan, ona organizmidan ksenobiotikning yoqolishiga sabab bo‘ladi. 
                                                           
29
 
Corsini A, Bortolini M. Drug-induced liver injury: the role of drug metobolism and transport. J Klin Pharmacol. 2013;53:463–
74. 
 


 
 
131 
 
Shunga  qaramasdan,  bir  yoki  bir  nechta  metabolitlar  kuchli  toksik 
xususiyatga  ega  bo‘lishi  kuzatiladi.  Bunday  metabolitlar  ksenobiotiklarning 
umumiy  toksikokinetik  ta’sirida  ikkinchi  darajali  ahamiyatga  ega  (masalan, 
organizmni  umumiy  tozalashda  hissasi  kam)  bo‘lishi  mumkin,  lekin  toksikologik 
ahamiyati  nuqtai-nazaridan  bir  yoki  bir  nechta  nishondagi  a’zoga  ta’siri  sababli 
yuqori  baholash  mumkin.  Bundan  tashqari,  bu  kabi  toksik  metabolitlar  ko‘p 
hollarda oldindan aniqlab bo‘lmaydigan yo‘nalishni tanlaydi. Misol uchun, toksik 
modda,  bezarar  metabolitlar  paydo  bo‘lgunga  qadar  ichak  devorlari  yoki  uning 
tarkibida  bir  necha  marta  aylanib  metabolik  ishlovdan  o‘tadi,  keyinchalik  bu 
metabolitlar peshob chiqarish a’zolarida zararlanishga aylanadi. 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish