3) Yulduzsimon hujayralar. Sinusoidlar tomonidan egallangan hujayralar
hajmining beshdan bir qismini yulduzsimon hujayralar tashkil etadi. Bu hujayralar
etanol kabi kimyoviy mod-dalarga surunkali toksik javob qaytarishda muhim
ahamiyatga ega. Yog‘ni o‘zida saqlab turuvchi (Ito hujayralari nomi bilan ham
taniqli) bu hujayralar sinusoidlar va gepatotsidlar o‘rtasidagi kichkinagina
perisinusoid oralig‘ida joylashgan. Bu oraliq Disse bo‘shlig‘i deb ham ataladi
(6.2-rasm).
Yulduzsimon hujayralar jigardagi umumiy hujayralar sonining taxminan
5% ni tashkil qiladi va odatda sokin holatda bo‘ladi. Bu holatda ularning fiziologik
vazifalari yaqqol ko‘rinmaydi, ammo ular A vitamini hamda boshqa yog‘ni
parchalovchi vitaminlarni o‘zida saqlaydi, bundan tashqari immun tizimi uchun
katta hissa qo‘shadi. Yulduzsimon hujayralarni biriktiruvchi to‘qimaning asosiy
shakli bo‘lgan hujayradan tashqari eritmaning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bu
eritma jigar hujayralarini butun organism tuzilishidagi holatiga “yelimlaydi”.
Zararli kimyoviy moddalar, shular qatorida spirtli ichimliklar ta’sirida,
yulduzsimon hujayralar xavfli faol holatga o‘tadi va kollagen moddasi ishlab
chiqarishga yo‘naltirilgan samarali fabrikaga aylanadi. Shunday qilib, ko‘p
gepatotoksikantlar, jumladan, og‘ir metallar, spirtli ichimliklar va parhez mikotok-
sinlarining umumiy surunkali ta'siri kollagen chandiq to‘qima cho‘kmasiga olib
keladi, bu esa jigar fibroziga xos xususiyati.
4) Kupfer hujayralari. Jigardagi yana bir hujayra turi makrofag immun
hujayrasi - Kupfer hujayrasidir. Jigardagi Kupfer hujayrasining soni, odatda,
boshqa a’zolardagi doimiy fagositoz hujayralari sonidan oshadi va markaz qismiga
nisbatan o‘tish zonalarida ko‘proq joylashgan. Kupfer hujayralari yuza qismdagi
qabul qiluvchi sifatida yutilgan endotoksinlar ta’sirida qozg‘aladi va qondagi
toksikantlarni hamda jigarga tushgan qattiq moddalarni parchalashga yordam
136
beradi. Qozg‘algan Kupfer hujayralari turli vositachilarni ajratib chiqaradi, ular
esa o‘z o‘rnida atrofdagi hujayralar (prostaglandinlar, sitokinlar, interferonlar,
trombotsitlar qo‘zg‘atuvchilar, lizasomal fermentlar va kislorodning faol shakllari)
vazifasiga ta’sir qiladi.
Ko‘p toksik belgilarda, bu o‘zgarishlar doimiy yallig‘lanish holatini kelti-
rib chiqaradi. Bunda yon-atrofdagi to‘qima zararli oksidlovchilar va yallig‘lan-
tiruvchi sitokinlarning doimiy tahdidiga uchraydi. Bu shafqatsiz jarayon ko‘p
hollarda stellat hujayralarining faollashuviga hamda fibrozlarning gepatotoksi-
kantlarga barqaror javobiga olib keladi. Kupfer hujayralari stress holatida
patogenlar yoki toksikantlarga hujum qiladigan hujayralarga nisbatan ko‘p
kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, organizamni himoya qilish jarayonlarida
bu hujayralar ham faol ishtirok etadi.
Jigarning toksikantlarga qarshi kurashi. Odatda jigarga zarar yetkazadi-
gan kimyoviy moddalar ko‘plab insonlarda jigarga yetadigan zarar miqdorini
bashorat qilib bo‘ladigan hollarda, ichki gepatotoksikantlar deb atalgan. Boshqa
tomondan esa, idiosinkratik gipoto-toksikantlar, odatda, nurlanish olgan
odamlarning kam qisnini tashkil etadi (taxminan, 100000/1 kishi). Oxirgi paytlarda
o‘tkazilgan kuzatuvlar jigardagi o‘zgarish uning dori-darmonlarga allergik javobi
emasligini ko‘rsatsada, jigar-ning idiosinkratik gipototoksikantga javobi kamdan-
kam hollarda yuborilgan hajm bilan bog‘liq. Gepatotoksik javobni belgilaridan
aniqlash mumkin, ya’ni ularni kemiruvchilarda amalga oshirish mumkinmi yoki
yo‘q: odatda, ichki gepatotoksikantlar laboratoriya sharoitidagi hayvonlarda
solishtirma
gepato-toksiklikni
keltirib
chiqarsa,
idiosinkratik
toksiklikni
kemiruvchilarda amalga oshirishning ilojisi yo‘q.
Bu taqsimlashning gepatotoksik kimyoviy moddalarni gurhlarga ajratishda
foydasi bor ekan, immun mexanizmlarining mavjudligi yoki bo‘lmasligining
ahamiyati yoqligi haqida taxminlar paydo bo‘ladi. Immunologik mexanizmlar
bugungi kunga kelib, ko‘plab gepatotoksik sindromlar patogenezisiga o‘z
hissasini qoshadi, degan fikrga kelinmoqda. Jigar gistologiyasi gepatotoksikant-
lari natijalarini o‘rganish ajablanarli chegaralangan toksik oqibatlar yig‘indisini
137
kashf qildi. Shunday qilib, kimyoviy jihatdan turli-tuman bo‘lgan yuzlab
gepatotoksikantlarga toksik reaksiyalar, odatda, bir qancha aniq belgilangan
patologik javoblarga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |