Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

4.4-rasm.  Paratsetamoldan  va  uning  zaharli  bo‘lmagan  analogi  3-gidroksi-
atsetaniliddan  tashkil  topgan  reaktiv  metabolitlar  jigar  oqsillariga  hujum  qiladi, 
ammo  faqatgina  paratsetomoldan  tashkil    topgan    faol  metabolitgina  (NAPQI) 
uzoq  muddat  yashash  hususiyatiga  ega  bo‘lib  hujayra  muhitidan  chiqib 
mitoxondrial oqsillarga hujum qiladi.  
 
Misol  uchun,  protein  yoki  DNK  organizm  to‘qimalaridan  olinadi  va 
makromolekulalarga  jalb  qilingan  “kovalentlik”  radioaktivlik  o‘lchami 
radioaktivlik  hisoblagichi  bilan  o‘lchanadi.      Dastlabki  yillarida,  β-zarracha 
emitentlari  tritium  va  uglerod-14  odatda  radioaktiv  hisoblagichlarda    keng  
ko‘lamda  qo‘llanilgan.
19
 
                                                           
19
 
Park  BK  et  al.  Managing  the  challenge  of  chemically  reactive  metabolites  in  drug  development.  Nat  Rev  Drug  Diskov. 
2011a;10:292–306.
 


 
 
94 
 
Bu radioaktiv o‘lchagichlar ichidagi kimyoviy karsinogenlardan foyda-lanib, 
tadqiqotchilar  shuni  ta’kidlashdiki,  radioaktivlikni  DNK  yoki  oqsillarga  tadbiq 
qilish sichqon yoki kalamushlar konserogenlariga ta’sir qiladi. Bunday yondashuv, 
shuningdek, boshqa zaharli reaksiyalarni o‘rganish imkonini ham yaratadi. 1960 – 
1980-yillar orasida bunday yondashuvlar keng qo‘llanilgan, tadqiqotchilar elektro-
fillik metabolitlarning minglab radioaktiv zaharlovchi moddalardan kelib chiqishi-
ni  isbotlashdi,  bu  moddalarga  jigar-selektiv  karbon  tetraxloridi,  o‘pka-selektiv    - 
zaharli ipomeanol 4 va buyrak-selektiv  zaharli bromobenzeni kabilar kiradi. Olib 
borilgan  ko‘plab  tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatdiki,  reaktiv  metabolitlarni  umumlash-
tiruvchi  to‘qimalar haddan tashqari zaif bo‘lib, kasallikka tez chalinuvchidir.  
2.  Kaltsiy  ustidan  nazoratni  yo‘qotish. Tadqiqotchilar reaktiv metabolitlar 
tomonidan buziladigan asosiy hujayra jarayonlarini aniqlashda biokimyo sohasida 
kaltsiy  bilan  bog‘liq  erishilgan  yutuqlardan  foydalandilar.  Yigirmanchi  asr 
davomida biokimyogarlar va fiziologlar kaltsiy ionlarining (Ca
2+
) hujayra faoliyati 
bilan  bog‘liq  bir  qator  jihatlari  nazoratidagi  muhim  ahamiyatini  aniqladilar. 
O‘zining  turli  boshqaruv  vazifalari  tufayli,  hujayra  ichidagi  “erkin”  Ca
2+ 
darajasi 
uning  hujayradan  tashqaridagi  suyuqlikdagi  yuqori  kontsentratsiyasiga  nisbatan 
juda past bo‘ladi (4.5-rasm). 
Bunga  qaramay  hujayralar  zarur  bo‘lgan  biokimyoviy  vazifalarni  faolligini 
ta’minlash  uchun  vaqtincha  Ca
2+ 
kontsentratsiyasini  oshirishi  lozim,  shuningdek, 
ehtiyoj  tugashi  bilan  darajani  dastlabki  holiga  keltirish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishi 
kerak.  Hujayralar  murakkab  ion  nasoslari  qatori,  kaltsiy  bilan  bog‘liq  oqsillar  va 
ion  kanallaridan  Ca
2+ 
hujayra  membranasi  va  hujayralararo  bo‘limlar  orqali, 
mitohondrin,  yadro  va  endoplazmatik  retikulumni  o‘z    ichiga  olgan  holda,  o‘tish 
harakatini nazorat etishda foydalanadi (4.5-rasm).  
Kaltsiyning toksikologik jihatdan dolzarbligi erkin  Ca
2+ 
ning hujayra ichida 
asosiy  hujayralar  faoliyatiga  keng  ko‘lamda  zararli  ta’sir  o‘tkzishini  nazorat  etib 
bo‘lmasligi  aniqlangandan  so‘ng  yuzaga  keldi.  Birinchidan,  tartibga  solib 
bo‘lmaydigan  Ca
2+
  yo‘qolib  borayotgan  fermentlarni  faollashtirishi  va  natijada 
                                                                                                                                                                                           
 


 
 
95 
 
oqsil,  nuklein  kislotasi  va  memebrana  lipidlarini  yemiruvchi  fermentlarni 
faollashuvi  normal  faoliyatini  buzilishiga  olib  keladi.  Ca
2+
  darajasini  o‘sishi, 
shuningdek,  nazorat  ostidagi  hujayralar  halokatini  yuzaga  keltirishi  mumkin,  bu 
holat  apoptoz  nomi  bilan  tanish.  Bundan  tashqari  ichki  hujayra  Ca
2+ 
ning  o‘sishi 
ko‘plab  hujayra  o‘sishi  va  hujayra  o‘limi  ishorasi  kabi  biokimyoviy  jarayonlarda 
ishtirok etuvchi genlar nazoratini buzilishiga olib keladi. 
80-yillarda  Sten  Orrenius  va  Peter  Moldeuslar  tomonidan  Stokgolmning 
Karolina  instituti  laboratoriyasida  olib  borilgan  tadqiqot  ishlari  hujayra  o‘limi 
sababini  ko‘rsatib  berdi.  Tadqiqot  toksinlar  metabollashuvi  jarayonida  paydo 
bo‘luvchi reaktiv metabolitlar  Ca
2+
 past  tsitozol kontsentratsiysiga ega  oqsillarga 
hujum  qilishi  mumkinligi  va  natijada  fermentlar  faollashuvi  va  genlar  nazorati 
tartibini  buzilishi  yuzaga  kelishini  ko‘rsatib  berdi.  Bir  qator  nashrlar  orqali 
Orrenius  va  uning  hamkasblari  paratsetomolning  va  turli  elektrofil  xinonlarning 
toksik holti plazma membrane yoki endoplazma ratikulumdagi “kaltsiy nasoslari” 
ni  zararlashini  ko‘rsatib  berdi.  «Kaltsiy  nazariyasi»  jigar  va  buyrakdagi  ko‘plab 
kimyiviy  toksik  holatlarni  oldini  olishda  samarali  ravishda  qo‘llanib  kelingan, 
biroq  markaziy  nerv  tizimi  kasalliklarini  oldini  olishda  unchalik  samarali 
bo‘lmagan.
20
 
Kaltsiy  ko‘plab  neyron  vazifalarni  nazorat  etadi,  Ca
2+
,  gemostazasining 
zararlanishi  ehtimol  miyadagi  neyronning  zararlanishiga  vosita  bo‘lib  epilepsiya, 
Altsgeymer  kasalligi  va  Parkinson  kasalligi  kabi  kasalliklarni  yuzaga  kelishiga 
sabab bo‘ladi.Tartiblashtirib  bo‘lmaydigan Ca
2+
 ning neyronlar darajasi "Glutamat 
eksitotoksiklik”  holatida juda muhim bo‘lib, glutomatning haddan ziyod ravishda 
qo‘zg‘alib  tashqariga  chiqishi  oqibatida  epilepsiya  kasalligi  bilan  og‘rigan 
bemorlar  miyasidagi  faoliyatni  yanada  salbiy  asoratlarga  olib  keladi.  Ba’zi 
neyrotoksik  kimyoviy  moddalar  ham  miya  faoliyatiga  zarar  yetkazishi  mumkin, 
shu  sababdan  toksikologiya  sohasida  ish  olib  boruvchi  tadqiqotchilar  bir  qator 
kimyoviy  moddalar  sabab  neyronlar  yemirilishi  oqibatida  yuzaga  kelgan 
                                                           
20
 
Orrenius S et al. Cell death mechanisms and their implications in toxicology. Toxicol Sci. 2011;119:3–19. 
 


 
 
96 
 
kasalliklarda kaltsiyni tutgan o‘rnini chuqur o‘rganishda davom etmoqda.  
 
 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish