Z. T. Karabayeva


Boshqa  konyugativ  yo‘llar



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

 
Boshqa  konyugativ  yo‘llar.  Garchan  glukuronidlashuv  va  sulfatlashuv 
konjugativ  ksenobiotik  meta-bolizmning  eng  keng  tarqalgan  yo‘llari  bo‘lsada, 
glitsin, glutamin amino kislotalar, atsetil, metil moddalari ishtirokidagi konjugativ 
yo‘llari  ham  mavjud.  Ular  ba’zi  kimyoviy  moddalar  toksik  holatida  ahamiyatga 
ega,  bunday  reaktsiyalar  ksenobiotik  metabolizmda  glukuronidlashuv  va 
sulfatlashuv kabi keng ko‘lamli ahamiyatga ega emas.   
Nukleofillik  reaktsiyalar.    Josef  nomi  bilan  bog‘liq  tizim  ostidagi  so‘nggi 
biotransformatsiya  guruhi  nukleofillik  reaktsiyalari  hisoblanadi  (3.6-d  rasm).  Bu 
guruh  toksikologiya  sohasi-da  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  ba’zi  kimyovoy 
moddalarning  oksidlashgan  metabollashuv  jarayonida  jigarni  kimyoviy  toksik 
moddalardan himoya  qiladi. 
 Ushbu  turdagi  zararli  metabolitlar  ko‘p  hollarda  beqaror,  elektron-tanqis 
turlardir,  ular  boshqa  molekulalar  bilan  reaksiyaga  kirishishda  kimyoviy 
muvozanatga erishishda muqim emas va bu hujayralarga zarar yetish holati bo‘lib, 
bunda  oqsillardagi  muayyan  minokislotalar  DNK  asosidagi  azot  bilan  birgalikda 
elektronga boy bo‘lgan muhitni yaratib elektofillar bilan reaktsiyaga kirishadi. Bu 
turdagi  o‘zaro  ta’sir  metabolit  va  makromolekulalar  orasida  yangi  kovalent 


 
 
72 
 
bog‘liqlikni,  oqsillar  shakllanishini  va  DNK  ishtirokini  keltirib  chiqaradi.  Bu 
jarayon kimyoviy zaharlanishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Glutatyon-S-Transferaz.  To‘qimalar    butkul  elektrofillik  metabolitlarga 
bog‘liq  emas,  hujayra  ichida-gi  kichik  elektron-zich  molekulalar  bu  turlar  oqsil 
yoki  DNK  ga  zarar  yetkazgunga  qadar  ularni  yutib  yuborib  zararlanishni  oldini 
oladi.      Eng  muhim  nukleofillik  ta’qib  reaktsiyalari  glutatyon  va  o‘z  ichiga 
(glutamat,  tsistin  va  glisin)  ni  olgan  kichik  peptiddan    iborat.  Kuchli  nukleofillik 
tiyol  guruhiga  ega  glutatyon  bir  qator  elektrofillar,  shuningdek,  erkin  radikallar 
(3.6-d  rasm)  bilan  tez  reaksiyaga  kirishadi.  Tiyol  guruhi  yengillik  bilan  disulfid 
aloqalarni shakllantira oladi.  
(-S-S),  glutomitiddisufidning  shakllanishi  (GSSG)  ko‘pgina  prooksidantlar, 
elektrofillar  va  kislorodning  faol  shakllarida  hujayraga  bo‘lgan  ta’sirni  namoyon 
etadi. Normal fiziologik sharoitlarda, glutatyon reduktaza (GR) glutatyonni saqlab 
qoladi (ya'ni, GSH, - umumiy glutatyon 98%). Qolgan - 2% aralash oqsil disulfid-
lar  sifatida  mavjud  bo‘lib  qoladi.Glutatyon-S-transferazlarning  (GST)  ko‘p 
miqdori  tsitolizda  bo‘ladi,  ba’zi  izoshakllar  (izoformalar)  post-translasyon  o‘zga-
rtirishlarga hayrihoh  bo‘lib, hujayra  osti taqsimlanishni  o‘zgartiradi. Glutatyon-S-
transferazlarning  tsitoliz  izoformalari  yadroda  yoki  plazma  membranasida 
jipslashgan  bo‘lib, "ehoproteinlar» deb ham ataladi.  
Ba’zi  izoshakllar  (GSTA4-4)  endogen-elektrofillarga  ta’sir  etib  diabet, 
yurak-qon  tomiri  kasalliklari  va  asab  kasalliklari,  shu  jumladan,  Alzgeymer  va 
Parkinson kasalliklarida asosiy omil hisoblanadi. Boshqa izoshakllar esa (GST P1-
1 va T1-1) o‘simta hujayralarida faollashadi va kimyoviy  muolajaning  sitotoksik  
dori vositalariga vositachilik qilib,  kimyoviy muolajaning sitotoksik dori vositalari 
dezintoksikatsion jarayonini jadallashtiradi.  Ko‘p  epitelial hujayralar va ayniqsa,  
buyrak  to‘qimalarning  plazma  membranasi  turli  fermentlarni  ifoda  etadi,  bu 
fermentlar tripeptid amino kislotalar komponentlarini qayta ishlaydi. 
Epoksid  gidrolaz.  Toksikologiya sohasi uchun juda muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan yana bir nukleofillik reaksiya o‘z ichiga fermentativ gidratasyon epoksidni 
oladi. Bu elektrofil guruhi bo‘lib, ksenobiotiklarning oksidlanishi mobaynida hosil 


 
 
73 
 
bo‘lishi  mumkin.  Bu  guruhlar  halqasimon  yoki  to‘yinmagan  guruhlar  ham  deb 
ataladi.  Bu  dezintoksikatsion  reaktsiyalar  katalizatorlari,  epoksidgidrolazları  (Eh), 
samarali  ravishda  uglerod-kislorod  aloqani  taqsimlaydi  va  H
2
O  dan  o‘zining 
substrati  sifatida  foydalanadi  (3.6-d  rasm).  Epoksid  Gidrolazning  ikki  shakli 
(formasi)  sut  emizuvchilar  hujayralarida  bo‘lib,  endogen  substratlari  almashinu-
vidagi  sitozolik  eruvchanlikni    ifodalaydi.    Mikrosomal  shakl  esa  EPHX1geni 
tomonidan kodlanadi.     
Zamonaviy toksikologiya sohasida  CYP-katalizli Epoksidasyon kimyo vinil 
xlorid, 1, 3-butadien va polisiklik aromatik uglevodorodlardan iborat kantserogen-
lar  ishtirokidagi  epoksid  metabolitlarni  shakllantirishdagi  ahamiyati  tufayli  katta 
e’tiborni jalb etadi. Epoksid Gidrolaz fermentlari genomni tamaki chekuvchilar va 
kimyoviy  sanoat  ishlab  chiqarish  joylarida  faoliyat  yurutuvchilarda  saraton 
kasalligini  keltirib  chiqaruvchi  elektrofillardan  himoya  qiladi.  Biroq  epoksid 
gidrolazning barcha metabolitlari kimyoviy reaktsiyaga kirishish hususiyatiga ega 
emas,  masalan,  turli  epoksid  yog‘  kislotalari.  Arahid  kislotalari  va  boshqa 
lipidlarni oksidalanishiga sabab bo‘ladi. 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish