Orqaga
ham shu tarzda, faqat to‘rtinchi tezliksiz
Gabarit o‟lchamlari
Uzunligi:
6553 mm
Umumiy uzunligi:
7620 mm
Kengligi:
2794 mm
Balandligi:
1727 mm
G‘ildiraklar bazasi:
3150 mm
Yerdan balandligi:
254 mm
Minimal burilish radiusi(ichki):
2438 mm
Minimal burilish radiusi(tashqi):
6604 mm
2.17-rasm. Havo kemasini shatakka olish mashinasi “GT-110”
Dvigatel
Markasi:
Deutz, model:BF6M1013CP
Turi:
dizelli,sovutish tizimli, 6 silendrli
Porshenni yurish diametri:
108 x130 mm
Sig‘imi:
7,14 litr
Quvvati:
255 l.s. 2300 ayl/minutda
Burovchi moment:
96,8 kg/m
Tezliklar qutisi
Markasi:
ZF markali
Turi:
burovchi momentni
o‘zgartiruvchan
Boshqaruv:
elektronli o‘z
vaqtida uzatish
Tormoz tizimi
Ishchi tormoz:
gidravlik uzatmali 4 ta g‘ildirakda
Parkli tormoz:
prujinali
Gidravlik tormoz:
tishli g‘ildirak o‘qiga biriktirilgan
Gidravlik tizim
Turi:
porshenli, 152 litr/minut
Sig‘imi:
113 litr
Gidravlik kuchaytirilgan rul
Uch turdagi elektronlashgan rul
12V kuchlanishli favqulotda holatda Yordamchi rul
Elektotizim
Kuchlanish:
12V
Generator:
90A
Yoqilg‟i tizimi
Yoqilg‘i baki:
246 litr
Yoqilg‘i turi:
dizelli yoki Jet-A kerosini
Qo‟shimcha imkoniyatlari
Batariyalarni isitish tizimi
Dvigatelni sovutish tizimi
Isitish karteri
Yoqilg‘i filtrini isitish
Sirpanishni oldini oluvchi tizimlardan iborat.
§ 2.18 Aerodrom yoqilg‟i quyish texnikalari
Aeroportlarda asosan havo kemalari uchun yoqilg‘i texnikalari ishlatiladi.
Bularga yoqilg‘i quyish mashinalari va gidranntli
quduqdan shlanglar orqali
yoqilg‘i quyish tenikalari kiradi. Aerodromda katta miqdorda yoqilg‘i
joylashadigan zahiralar mavjud bo‘lib, havo kemasining turiga va yoqilg‘i
bakining hajmiga qarab 4000-40000 litrgacha bo‘lgan yoqilg‘i
tashib quyib
beruvchi mashinalari xizmat qiladi.
O‘zbekistonda parvoz qiluvchi havo kemalari yoqilg‘i bakining sig‘imi
quyidagicha: Airbus 300-600 yuk havo kemasining yoqilg‘i bakining sig‘imi –
62000 litr; Airbus 310-200 havo kemasining yoqilg‘i bakining sig‘imi – 62100
litr; Airbus 320 havo kemasining yoqilg‘i bakining sig‘imi – 23800 litr; Boeing
747-400F yuk havo kemasining yoqilg‘i bakining sig‘imi – 216850 litr; Boeing
757-200 havo kemasining yoqilg‘i bakining sig‘imi – 42300 litr; Boeing 767-
300ER havo kemasining yoqilg‘i bakining sig‘imi – 91300 litr; IL-76MF havo
kemasining yoqilg‘i bakining sig‘imi – 80000 litr va IL-114-100 havo
kemasining yoqilg‘i bakining sig‘imi – 8000 litrni tashkil etadi.
Bu havo kemalariga yoqilg‘i quyish mashinalari
nasoslar yordamida
maxsus shlanglar bilan havo kemasining yoqilg‘i bakiga yoqilg‘i quyadi.
Ayrim rivojlangan aeroportlarning angarida maxsus quduqlar mavjud bo‘lib,
quduqdan gidrant mashinalari yoqilg‘ini bevosita
havo kemasi bakiga shlang
yordamida nasoslar bilan so‘rib quyib beradi. Bu esa havo kemalariga xizmat
ko‘rsatishni tezkorligidan darak beradi, bundan tashqari xavfsiz
va kam mexnat
talab qilinib, iqtisodiy tomondan ham juda qulaydir.
Aerodromda asosan avi-
atsion yoqilg‘ilar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: