Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar


-§. Tog’ jinslarining muvofiq va nomuvofiq yotishi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

11-§. Tog’ jinslarining muvofiq va nomuvofiq yotishi. 


77 
 
 
 
Cho’kindi  tog’  jinslarining  asosiy  xususiyatlaridan  bir  ularning  qavat  – 
qavat bo’lib  yotishidir. Qavat – qavat  yotish  yotqiziqlarning hosil bo’lish jarayoni 
bilan  bog’liq  bo’lib,  har  xil  tog’  jinslarining  qavatlaridan  iborat.  Ko’pincha  tog’ 
jinslari qavatlarining tuzilishi, tarkibi va boshqa xususiyatlari bilan farqlanadilar.  
 
Qatlamlarning  tarkibi  va  qalinliklari  turlicha  bo’lganidek,  ularning  bir  – 
biriga  nisbatan  yotishi  ham  turlichadir.  Ular  bir  –  biriga  nisbatan  muvofiq  yoki 
nomuvofiq  yotishi  mumkin.  Agar  qatlamlar  bir  –  biriga  nisbatan  gorizontal  yotsa 
bunday hol muvofiq yotish deyiladi.(25-rasm, a) Qatlamlarning nomuvofiq yotishi 
2  turga,  ya’ni  tektonik  va  strategrafik  nomuvofiqlikka  bo’linadi.  Agar 
qatlamlarning yuqori qismi gorizontal, pastki qismi burmalangan qatlamdan iborat 
bo’lsa, bu yotish tektonik nomuvofiqlik deyiladi.(25-rasm, b) 
 
24 – rasm. Qatlamlarning Yer qobig’ida yotishi. 
a) muvofiq yotishi  b) nomuvofiq yotishi 
 
Qatlamlarning  strategrafik  nomuvofiq  yotishida  qavatlar  bir  –biriga 
nisbatan  parallel  yotishi  mumkin,  lekin  qatlamlar  orasida  geoxronolik  jadvalda 
ko’rsatilgan  davrlar  ketma  –  ketligi  bo’lmaydi.  Yuqoridagirasmdan  ko’rinib 
turibdiki,  Yerning  ustki  qismida  to’rtlamchi  davr  yotqiziqlari,  pastki  qismida  esa 
paleogen  davri  yotqiziqlari  yotibdi.  Geoxronologik  jadvalga  nazar  tashlasak, 
paleogen  davr  bilan  to’rtlamchi  davr  orasida  neogen  davri  yotqiziqlari  bo’lishi 
kerak.  Ammo  tabiatda  bu  davrda  hosil  bo’lgan  qatlamning  yuvilib  ketishi  yoki 
yotqiziqlarning  hosil  bo’lishidagi  uzilishlar  tufayli  yotqiziqlarning  ketma  –  ket 


78 
 
 
yotishi  buzilgan.  Qatlamlarning  bu  holda  yotishi  strategrafik  nomuvofiqlik  deb 
ataladi.  
 
25 – rasm. Strategrafik nomuvofiqlik 
 
 
Bunday qatlamlar (26–rasm) tektonik jihatidan muvofiq, lekin strategrafik 
jihatidan  nomuvofiq.  Qatlamlarning  muvofiq  va  nomuvofiq  yotishi  o’sha  joyning 
geologik  tarixiga  bog’liq  bo’lib,  muxandis  geologik  sharoitiga  ta’sir  etadi.  Tog’ 
jinsi  qavatlarining  muvofiq  yotishi  qurilgan  yoki  qurilayotgan  inshootning  yaxshi 
ishlashini  ta’minlaydi,  bu  muxandis  geologik  jihatidan  katta  ahamiyatga  ega. 
Inshootni  loyihalashda  (ayniqsa  avtomobil  yo’llarini  )  muxandis  geologik 
sharoitini  hisobga  olganda  qavatlarning  vertikal  o’q  bo’yicha  yotishigina  emas, 
balki  ularni  gorizontal  bo’yicha  ya’ni  qavatlarning  maydon  bo’yicha  qanday 
tarqalganligini ham bilish katta ahamiyatga ega
5
.  
 
26-rasm. Tog’ jinslarining joylashuvi 
 
Ko’pincha  dengiz  yotqiziqlarining  tarqalish  maydoni  juda  katta 
masofalarni  o’z  ichiga  oladi.  Quruq  iqlim  sharoitida  hosil  bo’lgan  yotqiziqlar  esa 
                                                             
5
G.F.Bell Engineering Geology, 49-bet
 


79 
 
 
ko’pincha  uzilib  yo’qolishi  bir  qatlam  ikkinchisi  bilan  almashishi  bilan 
xarakterlanadi.  Ayniqsa  tog’  jinslarining  bunday  tarqalishini  quruqlikda,  daryo 
vodiylarida  ko’p  uchraydi.  Lekin  lyossimon  tog’  jinslarining  tarqalishi  bundan 
mustasno, chunki ularning qalinligi katta tarqalish maydoni ham keng bo’ladi. 
 
Qatlamlarning  qanday  holda  yotganini  bilish  uchun  ularning  yotish  va 
yo’nalish  elementlarini  o’rganish  kerak.  Har  bir  qatlamning  ustki,  ostki  yuzasi 
bo’lib, birinchi ustki yuza ikkinchisi esa tag yuzasi deb ataladi.  
 
27 – rasm. Qatlam elementlari. 
 
Qatlam  yuzasini  tik  kesib  o’tgan  chiziq  bo’ylab  hisoblangan  masofa 
qatlam  qalinligi
  (H)  deb  ataladi.  Qatlamlarning  yuqorida  aytib  o’tilganidek 
tektonik  harakatlar  natijasida  gorizontal  yotishi  buzilib,  ma’lum  bir  tomonga 
qiyalanadi. Qatlamning gorizontal sathiga nisbatan qiyalanishi 
qatlamning qiyaligi
 
deb ataladi.  
 
Gorizontal  tekislik  bilan  qatlamning  qiyaligi  o’rtasida  hosil  bo’lgan 
burchak  qatlamning 
qiyalikburchagi
  deb  ataladi.  Qatlamlarning  qiyalanishidan 
tashqari  ularning  qaysi  tomonga  qarab  yo’nalganligini  ham  bilish  kerak. 
Qatlamlarning  qaysi  tomonga  qarab  yo’nalganligi  qatlam  bilan  gorizontal 
tekislikning  kesishgan  chizig’i  bilan  belgilanadi  va  bu  kattalik 
qatlamning 
yo’nalish  chizig’i
  deb  ataladi.  U  qiyalanish  tomonga  tik  holda  bo’ladi. 
Qatlamlarning  bu  yotish  elementlarini  aniqlashda  tog’  kompasidan  foydalaniladi. 
Qatlamning  qiyalik  burchagi  yo’nalish  chizig’i    bir  –  birlaridan  har  doim  90°  ga 
farq qiladi. Shu sababli qiyalikni aniqlashda unga 90° qo’shib yoki ayirib yo’nalish 


80 
 
 
chizig’ini  aniqlash  mumkin.  Tog’  kompasi  orqali  yo’nalish  chizig’i  o’lchansa 
undagi shovun yordamida qiyalik burchagi aniqlanadi.  
 
28 – rasm Qatlamning yotish elementlari 
AB- qatlamning yo’nalishi  
CB- qatlamnig yotishi 
α- qiyalik burchagi 
 
Qatlamlarning yotish elementlarini ularning bir – biriga nisbatan muvofiq 
yoki  nomuvofiq  joylashishini  aniqlash,  Yerning  turli  qismlarida  tektonik 
harakatlarning  turlicha  bo’lishidan  darak  beradi.  Agar  qatlamlar  katta  qiyalikda 
joylashgan bo’lsa, qurilayotgan inshootning har xil qismlari turli tog’ jinslari ustiga 
joylashishi natijasida qavatlarning va bu esa inshootlarning cho’kishiga olib kelishi 
mumkin.  Shu  sababli  tog’  jinslari  qavatlarining  yotishini  aniqlash  muxandis 
geologik ahamiyatga ega.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish