Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

Suv-tosh  oqimi,
  asosan,  tog'li  o’lkalarning  yuqori  qismida  hosil  bo’ladi, 
chunki  bu  yerlardan  qoya  tog'  jinslari  tarqalgan.  Suvtosh  oqimi  tarkibida  bo’lakli 
material 70%, loyqa material esa 30% dan kam bo’ladi. 
Suv-loyqa-tosh  oqimi
  tog'li  o’lkalarning  o’rta  va  pastki  qismlarida,  ya'ni 
qoya tog' jinslari va gilli gruntlar tarqalgan joylarda yuz beradi. 
Suv-loyqa  oqimi
  kuchli  jala  natijasida  tog’li  yerlarning  pastki  qismida, 
qaysiki  lyossimon  tog'  jinslari  tarqalgan  yerlarda  yuz  beradi  va  oqimning  asosiy 
tarkibi  loyqalardan  iborat  bo’ladi.  Sel  oqimi  soy  o’zanining  nishabligiga,  joyning 
relyefiga  bog'liq  bo’lib,  tog'  yonbag'irlarining  nishabligi  35
0
  gacha,  tog'oldi  va 
yassi  tog'li  joylarda  5-10
0
  gacha  bo’lgan  joylarda  hosil  bo’ladi.  Sel  oqimi 


288 
 
 
tarkibidagi  tog'  jinsi  bo’laklarining  miqdori  ham  oqim  o’zanining  nishabligiga 
bog'liq. 
Nishabligi  katta  bo’lgan  joylarda  sel  tarkibida  qattiq  materiallar  ko’p, 
nishabligi  kichik  bo’lgan  joylarda  oz  bo’ladi.  Shu  sababli  daryo  vodiylarida 
qurilish  ishlarini  olib  borish  uchun  joyda  sel  havzalari  bor-yo’qligini  aniqlash 
uchun  qidiruv  ishlari  olib  boriladi.  Sel  bo’lishini  oldindan    bilish    uchun  joyning 
tabiiy  sharoitini  to’liq  o’rganish    lozim.  Atmosferadagi  yog'inlar  miqdorini  va 
xususiyatini  o’rganish  selni  oldindan  bilishda  katta  ahamiyatga  ega.  Bundan 
tashqari  joylarning  geologik,  geomorfologik  sharoitlarini  o’rganish  sel  bo’lishini 
oldindan  aytishga  imkon  beradi.  Sel  bo’lishini  oldindan  bilish  unga  qarshi  chora-
tadbirlarni to’g'ri va aniq belgilashga imkon beradi. 
Sel  oqimi  vodiylarining  keng  qismiga  o’tgandan  so’ng  uning  tezligi  keskin 
kamayishi oqibatida tarkibidagi qattiq jinslarning yotqizilishi ro’y beradi. Natijada 
prolyuvial  yotqiziqlar  hosil  bo’ladi.  Prolyuvial  yotqiziqlar  sel  oqimning  turiga, 
ya'ni oqimining qanday yotqiziqlardan hosil bo’lganligiga qarab bo’lakli, bo’lakli-
gilli  yotqiziqlar  bo’lishi  mumkin.  Bu  yotqiziqlarni  hosil  qiluvchi  bo’lak  va 
donalarning  katta-kichikligi  turlicha  bo’lib,  ular  yaxshi  silliqlanmagan  va 
saralanmagan  bo’ladi.  Shunday  hollar  bo’lganki,  sel  oqimining  hajmi  1500  m
3
 
gacha bo’lgan xarsang toshlarni olib kelish kuchiga ega ekanligi kuzatilgan. 
Selga  qarshi  chora-tadbirlarni  qo’llash  uchun  uning  xossalarini  aniqlash 
kerak  bo’ladi.  Sel  oqimining  xossalariga  uning  hajmiy  og'irligi,  harakat  tezligi, 
oqim sarfi yoki urilish kuchi kabi kattaliklar kiradi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish