Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

Shamolning  geologik  ishi. 
Shamol  tog'  jinslarida  nurash  jarayonini 
tezlashtirib  beradi.  Shamol  nurash  jarayoni  natijasida  hosil  bo’lgan  mahsulotini 
uchirib  olib  ketadi  va  tag  qismdagi  boshqa  tog'  jinslari  esa  yana  qaytadan  nurash 
jarayoni  ta'siriga  uchraydi.  Shamol  oqimi  nurash  natijasida  hosil  bo’lgan  mayda 
parchalarni  hosil  bo’lgan  joydan  boshqa  uzoq  yerlarga  uchirib  olib  ketadi.  Bu 
holda shamol transport rolini o’ynaydi. 
     
 
100-rasm. Shamolning geologik ishi natijasida mustahkam  tog’ jinslarining 
yemirilishi 
 
Shamol  vodiy  ichidagiga  yoki  tekislikdagiga  ko’ra  tog'  cho’qqilarida 
kuchliroq  esadi,  shu  sababli  tog'  cho’qqilaridagi  tog'  jinslariga  shamol  kuchliroq  


271 
 
 
ta'sir  qiladi.  Issiq  va  sovuq  almashinishi  natijasida  tog'  jinslari  yemirilib, 
shamolning  ishini  osonlashtiradi.  Shamol  yordamida  chang  zarrachalari  minglab 
kilometr  masofaga  olib  ketilishi  mumkin.  Undan  yirikroq  bo’lgan  qum  donalari 
havoga  ko’tarilib  changa  qaraganda  yaqinroq  masofaga,  o’n  ,ba'zida  yuz  metrga 
olib  boriladi.  Shamol  oqimi  ta'sirida  uchirib  olib  ketilgan  metrial  ma'lum    vaqtga 
kelib  yer  yuziga  tushadi  va  ba'zi  sabablarga  ko’ra  mahkamlanadi.  Mahkamlanish 
jarayonida  o’t,  daraxtlarning  ahamiyati  kattadir.  Shamol  yordamida  olib  kelingan 
metriallarning yetkazilishi, ko’pincha, uzoq davom etuvchi jarayon bo’lib, natijada 
yotqiziqning  qalinligi  oshib  boradi.  Bu  yo’l  bilan  hosil  bo’lgan  yotqiziqlar  eol 
yotqiziqlari  deb  ataladi.  Eol  yo’li  bilan  hosil  bo’lgan  lyosslarning  qalinligi  bir 
necha o’nlab metrga yetishi mumkin. 
Eol  lyosslari  haqida  yuqorida  aytib  o’tilgan.  Eol  qurumlariga  misol  qilib 
dyuna, barxanlarni olish mumkin. 
Dyuna va barxanlar qumlardan tashkil topgan tepalik va qatorlardan iborat. 
Dyunalar  daryo,  dengiz  va  ko’l  qirg'oqlarida,  uchirib  kelingan  qumlarning 
to’siqlarga urilib yig'ilishidan hosil bo’ladi. Dengiz qirg'oqlarida shamollar tez-tez 
esib  turadi  va  u  qum  zarrachalarini  osmonga  ko’tarib,  to  birorta  to’siqqa 
uchraguncha uchib boradi. Dengiz bo’yida ko’tarib, to biror to’siqqa  uchraguncha  
uchirib  boradi.  Dengiz  bo’yida  o’sayotgan  birorta  daraxtga  urilgan  shamol 
kuchsizlanib,  qum  zarralarini  to’kadi.  Natijada  sekin-asta  qum  tepaliklari  hosil 
bo’ladi. Bular qumlardan tashkil topgan do’ngliklari bo’lib, ularning balandligi 20-
40 m gacha va undan ko’p bo’lishi mmkin. 
Qumlar  shamol  ta'sirida  bir  tomondan  ikkinchi  tomonga  ko’chib  o’tish 
xususiyatiga  ega.  Lekin  bu  do’ngliklar  uzoq  vaqt  saqlanib  qolmaydi,  chunki 
buning  natijasida  yakka-yakka  tepalar  bir-biri  bilan  qo’shilib  ketadi.  Suvdan 
ma'lum uzoqlikda barpo bo’lgan cho’zinchoq tepaliklar tizmasi dyuna deb ataladi. 
Dyunalarning usti cho’zinchoq bo’rtma va chuqurliklardan iborat. 
Dengizga eng yaqin bo’lgan dyuna “oldingi dyuna” deb ataladi. Vaqt o’tishi 
bilan  oldingi  dyunalar  sekin-asta  dengizdan  siljib  uzoqlashaveradi.  Uning  o’rnida 


272 
 
 
esa  yangisi  hosil  bo’ladi.  Shu  tariqa  asrlar  davomida  dengiz  qirg'oqlarida  o’nlab 
qator dyunalar hosil bo’ladi. 
Dyunalar tarkibidagi donachalarning yirikligiga qarab ularning siljish tezligi 
bo’ronli kunda 2-3 metrni tashkil qiladi, yirik dyunalar esa bir yilda 1 metrdan 20 
metrgacha  siljiy  oladi.  Bunday  ko’chuvchan  dyunalar  ba'zan  dengizlarga 
qo’yilayotgan daryolarni bo’g'adi, ko’l va botiq joylarni hosil qiladi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish