Ko’chkilar.
Tog’ yonbag’irlaridagi, shuningdek, dengiz, ko’llarning
qirg’oqlaridagi bo’sh jinslarning o’z og’irligi ta’sirida qiyalik bo’ylab surilib
tushishi ko’chki yoki surilma deb ataladi. Ko’chki hodisasi yer sharining juda ko’p
joylarida uchraydi va xalq xo’jaligiga juda katta zarar keltiradi.
126-rasm. Ko’chki hodisasi
Ko’chki hodisasi o’sha joyning relyefi, geologik tuzilishi o’zgarishiga olib
keladi, bu esa qiyaliklarni tashkil etuvchi tog’ jinslarining ba’zi sabablarga ko’ra
o’z mustahkamligini yo’qotganligini ko’rsatadi.
Ko’chki hodisasi yer sharining deyarli hamma joyida tarqalgan bo’lib, xalq
xo’jaligiga katta zarar keltiradi. Bu hodisa, ko’pincha, tog’ yonbag’irlarida, daryo,
dengiz qirg’oqlarida ro’y beradi.
Ko’chki hodisasi bizning yurtimizda ham Toshkent viloyatining Ohangaron,
Olmaliq hududlarida, Chirchiq, Qashqadaryo, Zarafshon va Surxondaryo
vodiylarining yuqori qismlarida ham tez-tez ro’y beradi. Ko’chki oqibatida temir
yo’llar, avtomobil yo’llari, ko’priklar, qishloqlar, bog’lar vayron bo’ladi. Ko’chkilr
hosil bo’lish sharoiti , hajmi, harakat tezligiga qarab turlicha bo’ladi. Ular turli tog’
jinslarida ohaktosh, qumtosh, lyoss, lyossimon gruntlarda ro’y berishi mumkin.
317
O’zbekiston hududida ko’chkilar, ko’pincha, lyoss va lyossimon tog’ jinslarida
hosil bo’ladi. Ko’chki hodisasi bir necha tabiiy va sun’iy sabablarning tog’ jinsi
muvozanatiga ta’sir etib, uning buzilishi oqibatida ro’y beradi. Baland-
pastliklardan iborat relyef tekis relyefga qaraganda ko’chki hosil bo’lishiga sharoit
yaratadi. Namlik ko’p bo’ladigan o’lkalarda quruq iqlimdagi o’lkalarga nisbatan
ko’chki hodisasi tez-tez sodir bo’lib turadi.
127-rasm. Ko’chki hodisasining avtomobil yo’liga ta’siri
Ko’chki hosil bo’lishiga sabab bo’ladigan sharoitlar quyidagilardan iborat:
1. Joyning iqlim sharoiti.
2. Joyning relyefi.
3. Qiyaliklarning geologik tuzilishi.
4. Gidrogeologik sharoit.
5. Gidrologik sharoit.
6. Hozirgi tektonik harakatlar, seysmik hodisalar.
7. Geologik jarayon va hodisalarning tarqalishi.
8. Gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlari.
9. Insonning muhandislik faoliyati.
Shunday qilib, ko’chki hodisasining hosil bo’lish sabablari xilma-xildir.
Asosiy sabalardan biri-tog’ jinsi namligining birdaniga oshib ketishidir. Grunt
tarkibidagi namlikning oshishi natijasida uning og’irligi ortadi, jins donalari va
zarralar orasidagi bog’liqlik kamayadi.
318
Atmosfera yog’inlari ko’pgina ko’chkilarning hosil bo’lishidagi asosiy
sabablardan hisoblanadi. Yomg’irning tinimsiz yog’ishidan, qor erishidan hosil
bo’lgan suvlarning bir qismi tog’ jinslariga shimiladi, bir qismi qiyalik bo’ylab
oqib ketadi. Shimilgan suvlar tog’ jinsi namligining ortishiga sabab bo’ladi.
Bundan tashqari, yog’ingarchilikning ko’p bo’lishi suv havzalaridagi suv sathining
ko’tarilishiga sabab bo’ladi, bu esa ko’chki hosil bo’lishiga olib keladi.
Yer osti suvlari ham ko’chki hosil bo’lishidagi asosiy sabablardan biridir. Bu
suvlar ham tog’ jinsi tarkibidagi namlikning oshishiga olib keladi. Grunt
tarkibidagi namlik ko’payishi natijasida grunt plastik yoki oquvchan holatga o’tib,
qiyalik bo’ylab siljiydi.
Joyning relyefi ham ko’chki hosil bo’lishidagi asosiy sharoit hisoblanadi.
Ko’chki hodisalarini kuzatish shuni ko’rsatadiki, ular ko’pincha tog’li hududlarda
ro’y beradi. Tog’ jinslari, ularning granulometrik hamda mineralogik tarkibi ham
ko’chkilarning hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega.
Ko’pincha, ko’chkilar delyuvial, prolyuvial, lyoss va lyossimon tog’ jinslari
qavatlaridan tashkil topgan yoki qavatlari orasida gilli grunt qavatlari bo’lgan
qiyaliklarda hosil bo’ladi.
Bu tog’ jinslarining qalinligi qanchalik katta yoki qavatchalar qalinligi
chuqur joylashgan bo’lsa, ularda hosil bo’lgan ko’chkining hajmi shuncha katta
bo’ladi.
Ko’chki hodisasi tarkibida gil zarrachalari, bu zarrachalarning mineralogik
tarkibida montmorellanit va kaolinit mineral ko’p bo’lgan tog’ jinslarida ro’y
beradi. Bunday gruntlar suv ta’sirida ko’pchib, natijada jinsning ishqalanish va
bog’liqlik kuchlari kamayib ketadi. Qiyaliklardagi gidrostatik va gidrodinamik
bosimlar ko’chki sabablaridan biri hisoblanadi. Bu kuchlar ta’sirida tog’
jinslarining tashqi kuchga qarshiligi va mustahkamligi o’zgarib turadi. Yer osti
suvlari tog’ jinslariga ta’sir qilishi natijasida, gidrostatik bosim hosil bo’lib, suvli
qavatning og’irligi kamayadi. Natijada suvli qavat ustidagi qavat og’irligini ko’tara
olmay, surilish ro’y beradi.
319
Gidrodinamik kuch yer osti suvining harakat yo’liga yo’nalgan bo’lib,
qiyalikdagi siljituvchi kuchga qo’shimcha bo’ladi. Natijada bu kuchning miqdori
yuqori bo’ladi. Gidrodinamik bosim suv havzalarida suv sathining birdaniga
pasayib ketishi natijasida hosil bo’ladi. Bu bosim ta’sirida qiyaliklarning
mustahkamligi kamayadi.
Joylarda bo’ladigan geologik jarayon va hodisalar ham ko’chkining hosil
bo’lishiga olib keladi. Tog’ jinslarida nurash jarayoni, tektonik harakatlar
natijasida hosil bo’ladigan yoriqlar, darzliklar ularning mustahkamligiga ta’sir
etadi, shuningdek, bu yoriqlardan suv shimilishi ro’y beradi. Oqibatda tog’
jinsining og’irligi ortadi va h.k.
Zilzila hodisasi ham ko’chkining ro’y berishiga turtki bo’ladi. Tojikiston
hududida 1983 yilda Sharora qishlog’ida ro’y bergan ko’chki hodisasi misol
bo’ladi. Bu ko’chki oqibatida ko’pgina odamlar halok bo’ldi, inshootlar buzilib
ketdi.
Ko’chki hosil bo’lishida sun’iy sabablarning ahamiyati ham bor. Yo’llarni
tog’ yonbag’irlaridan o’tkazganda, foydali qazilmalarni qazib olganda,
qiyaliklarning muvozanati buzilib, ko’chki hodisasi ro’y beradi.
Ohangaron vodiysida joylashgan Angren shahridagi Atchi ko’chkisining
hosil bo’lishida, u yerdagi ko’mirni yer qobig’ida gaz xolatiga aylantirish uchun
olib borilgan muhandislik ishlari ham ko’chkini hosil bo’lishidagi sabablardan biri
hisoblanadi. Biron bir jarayon va hodisa ikkinchi bir jarayon va hodisani hosil
bo’lishiga sabab bo’ladi.
Ko’chki hodisasining inshootlarga ta’sirini aniqlash uchun ko’chki
elementlarini aniqlash kerak bo’ladi. Ularga surilish yuzasi, surilish o’yimi,
surilish bazasi, surilish terassasi, uzilish devori, surilish tanasi va surilish tili kabi
elementlari kiradi
320
128-rasm. Ko’chkining elementlari: 1- tub tog’ jinsi;2- ko’chki tanasi; 3-
qiyalikning surilishgacha bo’lgan holati; 4-ko’chki terrasalari; 5-uzilish devori; 6-
ko’chki bazisi; 7-surilish yuzasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |