Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

36-§. Jarliklarning hosil bo’lishi 
Eroziya  jarayonining  borishida  faqat  daryo  suvlarigina  emas,  balki  har 
qanday  oqar  suvlarning  (atmosfera  yog’inlari,  ariqlardagi  suvlar  va  h.k.)  ham 
ahamiyati  katta.  Atmosfera  yog’inlari  va  qor  suvlari  ham  yer  ustida  juda  ko’p 
geologik  ish  bajaradi.  Bu,  vaqtincha  oqadigan  suvlar  juda  ko’p  jarliklar  hosil 
bo’lishiga olib keladi.  
 
                
 
              116-rasm. Jarliklarning ko’rinishi 
 
Jarliklarning  hosil  bo’lishi  bir  necha  bosqichni  o’z  ichiga  oladi.  Birinchi 
bosqichda  atmosfera  yog’inlari  suvda  tez  yuviluvchan  tog’  jinslarini  yuvishi 
natijasida  mayda  ariqchalar  hosil  bo’ladi.  Keyingi  bosqichda  esa  bu  mayda 


306 
 
 
ariqchalar  bilan  yuvilgan  yer  o’zaro  ulanib,  jarliklar  hosil  bo’ladi.  Vaqt  o’tishi 
bilan  jarliklar  chuqurlashib,  eroziya  jarayonining  rivojlanishi  tezlashadi.  Uchinchi 
bosqichda  jarliklarning  chuqurlashuvi  sekinlashadi,  ba’zida  to’xtaydi.  Bu 
bosqichda jarliklarning yon tomoni yuvilib, kengayishi ro’y beradi. Natijada jarlik 
yonbag’rining  nishabligi  ortadi.  To’rtinchi  oxirgi  bosqichda  eroziya  jarayoni 
birmuncha  vaqt  to’xtaydi.Jarliklarning  hosil  bo’lishiga  quyidagilar  asosiy  sabab 
bo’ladi: 
1.
 
Yer  ustini  qoplab  yotuvchi  tog’  jinslarida  bog’lanish  kuchining  zaifligi  va 
ularning oson eruvchanligi. 
2.
 
Ko’p miqdorda yog’in-sochinlarning bo’lib turishi. 
3.
 
Mahalliy  eroziya  bazasining  chuqur  joylashishi  va  grunt  suvlarining 
yuvilishi. 
Jarliklar  o’rmon,  cho’l,  hamda  cho’l 
tuproqlari  tarqalgan  joylarda  juda  ko’p 
uchraydi.  Vaqt  o’tishi  bilan  qor  va  yomg’ir 
suvlarining ta’siri jarliklarning o’sishiga olib 
keladi,  ya’ni  uning  osti  chuqurlashib,  o’zi 
asta-sekin  oqim  bo’ylab  kengayib  boradi.  Agar  jarlik  yerni  chuqur  o’yib  borib, 
suvli qatlamni ochsa, unda buloqlar hosil bo’ladi. 
Jarliklarning  kengligi  1-20  m  va  undan  katta  bo’lishi.  A.  S.  Kozmenko 
(1954) jarliklarning hajmiga ko’ra quyidagi turlarga ajratiladi: 
1.
 
Jo’yaklar - hajmi 10 m
3
dan kichik bo’lgan jarliklar. 
2.
 
Mayda jarliklar - hajmi 10 m
3
-100 m
3
gacha bo’lgan jarliklar. 
3.
 
O’rtacha jarliklar - hajmi 100 m
3
-1000 m
3
gacha bo’lgan jarliklar. 
4.
 
Katta jarliklar - hajmi 1000 m
3
-10000 m
3
gacha bo’lgan jarliklar. 
5.
 
Juda katta jarliklar - hajmi 10000 m
3
dan katta bo’lgan jarliklar. 
Jarliklar daryolarning qirg’oqlarida juda ko’p uchraydi. Jarliklarning taraqqiy 
etish  tezligi  suv  ayirgichlarning,  daryo  qirg’oqlarining  geologik  tuzilishi  hamda 
tog’ yonbag’irlarining, qirg’oqlarning qiyaligiga bog’liq. Jarlik o’zining rivojlanish 


307 
 
 
jarayonida  yonidagi  suv  havzasiga  o’tib  ketishi  va  u  yerda  boshqa  jarliklarga 
qo’shilib,  ularni  ham  o’yib  ketishi  mumkin.  Natijada  jarliklarning  kengligi, 
uzunligi  va  chuqurligi  ortib,  Yer  yuzasi  relyefining  o’zgarishiga  va  joydagi 
inshootlarning mustahkamligiga ta’sir etadi.  
 
 
118-rasm. Jarliklarning muhandislik inshootlariga ta’siri 
 
Jarliklar  joylarning  tekisligini  buzadi,  xalq  xo’jaligida  ishlatiladigan 
maydonlarni  kamaytiradi.  Jarliklar,  ayniqsa,  avtomobil  yo’llariga  juda  katta  zarar 
keltiradi.  Jarliklar  tarqalgan  joylarda  avtomobil  yo’llarini  aylanma  yo’llar  orqali 
o’tkazish kerak bo’ladi.  
Jarliklarning  hosil  bo’lmasligi  uchun  yoki  ularning    oldini  olish  uchun  yer 
osti suvlarining oqimini rostlash, daryo qirg’oqlarini mustahkamliash kerak. 
Jarliklar  hosil  bo’lishiga  qarshi  ikki  usul:  passiv  va  aktiv  kurashish  usullari 
qo’llaniladi.Passiv kurashish usullariga yer sathini buzmasdan saqlashga qaratilgan 
ishlar  kiradi.  Masalan,  joylardagi  o’simlik  va  daraxtlarning  kesilishiga  yo’l 
qo’ymaslik,  yer  haydash,  shudgor  qilish,  sug’orish  ishlarining  bajarilishiga  yo’l 
qo’ymaslik kabi ishlar kiradi. 


308 
 
 
 
119-rasm. Eroziyaga qarshi chora-tadbirlar 
 
Aktiv usullar – jarlik hosil bo’lgan va rivojlanayotgan hududlarda jarlikning 
yanada  rivojlanmasligi  uchun  ularga  qarshi  chora-tadbirlar  qo’llashdan  iborat. 
Bularga yer usti suvlaridan foydalanishni tartibga solish, jarlik asosini yuvilishdan 
saqlash  kabi  chora-tadbirlar  kiradi.  Bunday  chora-  tadbirlar  zovurlar,  oqovalar 
qurish hamda ariq taglarni mahkamlash, toshlar yotqizishdan iboratdir. 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish