Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

Polyelar
  –  bir  necha  voronkalarning  birlashishidan  hosil  bo’ladi  yoki 
chuqurliklarda  yotgan  tog’  jinslari  karst  hodisasiga  uchrashi  natijasida  yer 
yuzasining  juda  katta  maydoni  o’pirilishidan  hosil  bo’ladi.  Polyening  uzunligi  bir 
necha metrga yetadi.  
G’ovaklar
  –  bir  necha  yoriqlar  yordamida  tog’  jinslarining  erishidan  hosil 
bo’ladi. Karst hodisasiga uchragan tog’ jinslari asallari uyasiga o’xshab qoladi.  
 
 
109-rasm. Karst suvlari 


297 
 
 
G’orlar
  –  bu  shunday  bo’shliqki,  uning  hosil  bo’lishi  tog’  jinslarining  erish, 
yemirilish  hamda  buzilish  jarayoni  bilan  bog’liq.  G’orlar,  ko’pincha,  yer  osti 
suvlari  tog’  jinslarini  eritishi  natijasida  hosil 
bo’ladi. Karst hodisasi tarqalgan o’lkalarda g’orlar 
juda ko’p. Yakka bo’shliqdan hosil bo’lgan g’orlar 
kamdankam  uchraydi.  Odatda,  ular  bir  qator 
bo’shliqlardan,  turli  kattalik  va  turli  shakldan 
iborat.  G’orlar  vodiylarda,  tog’  yonbag’irlarida, 
dengiz  qirg’oqlarida  uchraydi.  Karst  hodisasiga 
uchragan  tog’  jinslarida  bir  necha  g’orlar  bo’lishi  mumkin,  bular  o’z  navbatida, 
bir-birlari  bilan  yoriqlar,  yo’llar  orqali  birlashgan  bo’ladi.  Ko’pgina  g’orlarda 
ko’llarni  hamda  yer  osti  daryolarini  uchratish  mumkin.  Nam  iqlimli  joylarda  yer 
osti  bo’shliqlari  hosil  bo’lishi  natijasida  vujudga  kelgan  cho’kmalar  suv  bilan 
to’lib,  o’pirilma  yoki  botqoqliklar  hosil  qiladi.Karst  hodisasi  natijasida  vujudga 
kelgan  cho’kmalar  suv  bilan  to’lib,  o’pirilma  ko’llar  yoki  botqoqliklar  hosil 
bo’ladi.  Karst  hodisasi  natijasida  hosil  bo’lgan  katta-katta  bo’shliqlar  tufayli 
ko’pgina  daryo,  ko’llar  yer  yuzasida  yo’qolib,  ma’lum  masofadan  so’ng  paydo 
bo’lishi  mumkin.  Masalan,  Boshqirdistondagi  Oq  daryo  yo’nalishi  davomida  bir 
necha  marta  yo’qolib,  yana  oqim  bo’ylab  bir  necha  masofadan  so’ng  paydo 
bo’ladi,  yana  yo’qoladi  va  h.k.  O’zbekiston  hududida  ham  juda  ko’p  karst 
bo’shliqlarini  uchratish  mumkin.  Masalan,  Zarafshon  tog’  tizmasidagi  Qirqtog’ 
tog’ida  ko’p  karst  shakllari  uchraydi.  Bular-  karrlar,  voronkalar.  Bu  yerlarda 
voronkalar  soni  3000  dan  ko’p.  Qirqtog’da  karst  quduqlari  ham  uchraydi.  Kiyev 
nomi  bilan  yuritiluvchi  karst  chuqurligining  uzunligi  2  km,  kengligi  0.6  km  ga 
teng.  Kiyev  chuqurligida  bir  necha  quduqlar  bo’lib,  umumiy  chuqurligi  10  m 
bo’lgan ko’l hosil bo’lgan.  
Zarafshon vodiysida Chaqirkolon tog’ tizmasida uzunligi 67 m bo’lgan g’or 
bo’lib,  u  bir  necha bo’limlardan  iborat.  Ana  shu  vodiyda  yana  Yerkamer  g’ori  va 
boshqa  ko’pgina  g’orlar  mavjud.  Qashqadaryo  vodiysida  ham  juda  ko’p  karst 


298 
 
 
hodisasi  hosil  bo’lgan  bo’shliqlar  uchraydi. 
Masalan,  Sovuq  buloq  g’ori.  Bedodsoy 
vodiysida 
joylashgan 
1-Kaptarxona, 
2-
Kaptarxona  g’orlari.  Ularning  uzunligi  10-15  m 
ni tashkil etadi.  
Janubiy 
O’zbekiston 
tizmalarining 
Boysuntog’  hamda  Nurota  tog’larida  ham  juda  ko’p  g’orlar  uchraydi.    Ularni 
“Mingchuqur”  deb  ham  ataydilar.Karst  g’orlarini  Chirchiq  daryosining  irmoqlari 
bo’lgan  Ugam,  Chotqol  daryolari  vodiylarida  ham  uchratish  mumkin.  Karst 
hodisasi  tarqalgan  joylarda  qurilish  ishlari  olib  borish  uchun  o’sha  joyning  karst 
hodisasiga  uchragan  maydonlarining  ko’p  yoki  ozligini  va  bu  hodisa  sabablarini 
aniqlash  kerak  bo’ladi.  Agar  karst  hodisasiga  uchragan  maydonlar  ko’p  bo’lsa, 
inshoot  qurilishini  boshqa  yerga  olib  o’tish  kerak.  Karst  hodisasi  kam  tarqalgan 
joylarda  ularning  rivojlanmasligi  uchun  chora-tadbirlar  qo’llash  lozim  bo’ladi. 
Karst  hodisasi  qurilish  ishlarini  qiyinlashtiradi,  yer  osti  qazuv  ishlari  olib 
boriladigan  joylarga  yer  osti  suvlari  oqib  kelishi  hamda  ko’pincha,  bu  joylarda 
inshootlarning  cho’kishi  kuzatiladi.  Ba’zi  joylarda  karst  hodisasi  tez  rivojlanishi 
sababli xalq xo’jaligiga juda katta zarar keltiradi.  
 
1943  yilda  Moskva  –  Gorkiy  temir  yo’lining  bir  qismida,  ko’tarmaning  tag 
qismida  o’pirilish  ro’y  bergan.  1953  yil  avgust  oyida  esa  mana  shu  yo’lning 
boshqa  bir  qismida  ham  o’pirilish  ro’y  berdi.  Natijada 
diametri  25  m  bo’lgan  voronka  hosil  bo’lgan.  1966 
yilning noyabr oyida esa uchinchi bir qismida o’pirilish 
sodir  bo’ldi.  O’pirilishlar  1965  yili  yo’lning  boshqa 
qismlarida  ham  ro’y  berdi.  Bunday  misollarni  ko’plab 
keltirish  mumkin.  Yer  osti  inshootlarini,  ayniqsa,  yer 
osti  yo’llarini  qurishda,  ko’pincha,  karst  g’orlariga  hamda  karst  yer  osti  suvlariga 
duch  keladi.  Bu  esa  gohida  o’sha  qurilishning  to’xtatishiga,  bu  esa  ba’zida  juda 
katta moddiy xarajatlarga olib keladi. Shu sababli karst hodisasi tarqalgan joylarda 


299 
 
 
inshootlarni  loyihalash  uchun  maxsus  muhandis-geologik  qidiruv  ishlarini  olib 
borish zarur.  
 
Muhandis-geologik  qidiruv  ishlarida  joylarning  karstlanuvchanligini 
baholash  katta  ahamiyatga  ega.  Chunki  inshootlarni  loyihalashda  ularning 
mustahkamligi  karstlanish    jarayonining  tezligiga  bog’liq.  Bu  ishlarda  karst 
shakllarining joylashish zichligini hamda relyefi, geologik tuzilishi, yer osti va yer 
usti suvlarining tog’ jinslariga ta’siri aniqlanadi.  
 
Joylarning  karstlanuvchanligi  1  km  yuzada  hosil  bo’lgan  karst 
bo’shliqlarining  soni  bilan  aniqlanadi.  Shuningdek,  bu  karst  bo’shliqlarining 
yoshini  aniqlash  ham  muhandis-geologik  ahamiyatga  ega.  Chunki  bu  orqali 
karstlanish jarayonining rivojlanishini oldindan bilishga imkon beradi.  
 
Karstning  yoshini  aniqlash  uchun  karst  hosil  bo’lish  jarayonining  vaqtini 
bilish  kerak.  Buning  uchun  karst  bo’shliqlarining  tashqi  tuzilishini,  morfologik 
belgilarini  aniqlash  lozim.  Joylarning  karstlanuvchanligini  baholashda  karst 
bo’shliqlarining  kengligi,  uzunligi  hisobga  olinadi.  Shuningdek,  joyning  tabiiy 
sharoiti,  geologik  tuzilishi,  geomorfologik  va  gidrogeologik  va  iqlim  sharoitlari 
birgalikda o’rganiladi. 
 
Karst  tarqalgan  joylarning  muhandis-geologik  sharoitini  o’rganishda 
hududning  tektonikasi,  ya’ni  joydagi  tektonik  harakatlar,  ular  natijasida  hosil 
bo’lgan  tektonik  yoriqlar  ham  batafsil  o’rganiladi.  Chunki  bu  yoriqlar  orqali 
suvlarning  harakat  qilishi  tezlashadi  va  karst  hodisasiga  sharoit  yaratiladi.  Karst 
hodisasini  o’rganishda  gidrologik  sharoit,  ya’ni  yer  usti  suvlarining  miqdorining 
o’zgarishini  aniqlash  lozim.  Shuningdek  joyda  tarqalgan  tog’  jinslarining  suv 
o’tkazuvchanlik  koeffitsiyentining  maydon  bo’yicha  o’zgarishi  aniqlanadi. 
Karstlangan  tog’  jinslarining  suv  o’tkazuvchanlik  koeffisiyenti  miqdori  katta 
bo’ladi.  Gidrogelogik  sharoitni  aniqlashda  yer  osti  suvlarining  sathi,  miqdori, 
harorati, ularning harakati hamda kimyoviy tarkibi o’rganiladi.  
 
Shunday  qilib,  karstlanish  jarayoni  har  tomonlama  o’rganilib,  uning 
tarqalishi va rivojlanishini oldindan aytib berish va bu ma’lumotlardan bu joylarga 


300 
 
 
quriladigan  inshootlarga  uning  ta’sirini  aniqlashda  foydalaniladi.Karst  tarqalgan 
joylarning  mustahkamlik  darajasini  aniqlashda  Z.  A.  Makeyev  tasnifidan 
foydalanish  mumkin.  Z.  A.  Makeyev  tasnifi  bo’yicha  joylarning  mustahkamlik 
darajasi 3 turkumga bo’linadi: 
1.
 
Juda  mustahkam  bo’lmagan  maydon  –  har  yili  5-10  tagacha  karst 
bo’shliqlari hosil bo’ladi; 
2.
 
Mustahkam  bo’lmagan  maydon  -  1km
2   
yuzada  har  yili  5  ta  chuqurlik  hosil 
bo’ladi; 
3.
 
Mustahkam  maydon  -  1km
2   
yuzada  20-50  yil  mobaynida  bitta  chuqurlik 
hosil bo’ladi.  
Karst  hodisasi  tarqalgan  joylarda  inshootlarni  qurish  uchun  quyidagi  chora- 
tadbirlar qo’llaniladi: 
1.
 
Suvda  tez  eruvchi  tog’  jinsi  tarqalgan  maydonlarni  yer  osti  va  yer  usti 
suvlaridan  muhofaza  qilish.  Buning  uchun  yer  usti  suvlarini  boshqa  joyga 
yo’naltirish, zovurlar qurish va h.k; 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish