210
Tog’ jinslarining siqilishi.
Cho’kindi tog’ jinslari tashqi kuch ta’sirida
siqiladi, natijada ularning g’ovakligi va hajmi kamayadi. Bu jarayonni o’rganish
qurilish ishlarida katta ahamiyatga ega. Inshootning og’irlik kuchi ta’sirida, uning
zaminidagi grunt cho’kadi, natijada inshoot ham cho’kadi. Agar cho’kish jarayoni
inshootning tagi bo’ylab bir tekis borsa, bunday cho’kish uncha xavfli bo’lmaydi,
agar cho’kish jarayoni notekis borsa, ya’ni bir joy cho’kib, ikkinchi joy cho’kmasa,
inshoot buziladi. Gruntlarning siqilish darajasini ko’rsatuvchi kattaliklarni siqilish
ko’rsatkichlari deb atalib, ular nisbiy siqilish, siqilish koeffitsiyenti, siqilish moduli
bilan ifodalanadi.
Tog’ jinslari kuch ta’sirida siqilganda ularning zarralari zichlashib,
g’ovakligi kamaya boradi. Agar grunt uch fazali bo’lsa, bunda qo’yilgan kuch,
birinchi navbatda, g’ovaklar tarkibidagi havoga, so’ngra suvga va keyin qattiq
jismga tushadi. Agar grunt ikki fazali, ya’ni suvga to’yingan bo’lsa, kuch ta’sirida
birinchi navbatda, g’ovaklardagi suv siqib chiqarilgandan so’nggina zarralar bir-
biriga yaqinlashib g’ovaklik kamaya boradi. Lekin suvni siqib chiqarish jarayoni
uzoq davom etuvchi jarayondir. Gruntlarda tashqi kuch ta’siri ostida g’ovaklikning
kamayishini g’ovaklik koeffitsiyenti bilan uni siquvchi tashqi kuchlar orasidagi
bog’lanishni ifodalovchi chizmadan bilish mumkin.
73-rasm. Kompression egri chiziq
Siqilish koeffitsiyenti g’ovaklik koeffitsiyenti bilan tashqi kuchga bog’liq
bo’lib chizma asosida quyidagi ifoda orqali topiladi:
211
bu yerda,
P
1
- P
2
– har bir bosqichdagi siquvchi kuchlar miqdori, MPa;
l
1
va l
2
siquvchi kuchlarning har bir bosqichiga to’g’ri keluvchi g’ovaklik
koeffitsiyentlari.
Shunday qilib, siqilish koeffitsiyenti grunt g’ovakligining kamayishining
kuchlar miqdorining ortishiga nisbatiga teng. Bu kattalikning miqdoriga qarab
gruntlarning siqiluvchan yoki siqilmasligini aniqlash mumkin. Gruntlar siqilish
koeffitsiyentining miqdoriga qarab quyidagi turlarga bo’linadi 24-jadval
24-jadval
Siqilish koeffitsiyenti
Gruntning siqiluvchanligi
< 0,001 -
Grunt siqilmaydi
0,001 – 0,005
Ozroq siqiluvchan
0,005 – 0,01
O’rtacha siqiluvchan
0,01 – 0,1
Ko’p siqiluvchan
> 0,1
Juda ko’p siqiluvchan
Siqilish moduli. Gruntlarning siqiluvchanligini tavsiflovchi kattaliklardan
biri siqilish modulidir. Siqilish moduli 1 m qalinlikda gruntning qancha mm ga
siqilganligini ko’rsatadi va quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda:
–
umumiy siqilish miqdori, indikatorlar ko’rsatkichlari farqiga teng.
212
Siqilish modulini ham kompression egri chiziq orqali ifodalash mumkin.
Gruntlarning siqilish moduli kattaligi miqdoriga qarab, qo’yilayotgan
kuch miqdori P = 0,3 MPa bo’lganda N. N. Maslov quyidagi turlarga ajratadi (25-
jadval).
25-jadval
Gruntning siqilishi
bo’yicha turlari
Siqilish moduli, mm/m
Gruntning siqiluvchanligi
0
1
Grunt siqilmaydi
I
1 - 5
Kam siqiluvchan
II
5 – 20
O’rtacha siqiluvchan
III
20 – 60
Ko’p siqiluvchan
IV
60
Juda ko’p siqiluvchan
Siqilish koeffitsiyentini va siqilish modulini aniqlash inshootlarni
loyihalashda kata ahamiyatga ega, chunki ular yordamida inshootlarning qancha
cho’kishini uni qurishdan oldin aytib berish va uning asosida inshoot qismlarini
tanlash mumkin bo’ladi. Siqilish koeffitsiyenti va siqilish moduli laboratoriyada
compression asbob yordamida tajriba o’tkazish orqali aniqlanadi. Buning uchun
qurilishi lozim bo’lgan inshootning og’irligih isoblanib, inshoot zaminidagi grunt
qatlamiga qancha bosim ko’rsatishi aniqlanadi. Ma’lum chuqurlikdagi Z gruntdan
namuna olinadi. Bu chuqurlikda grunt ustida yotgan qavatlarning og’irligi
ta’sirida, ya’ni tabiiy og’irlik quyidagi formula orqali aniqlanadi:
P
tab
=
ɤ
w
·Z
buyerda:
ɤ
w
– ustki qavatdagi gruntning hajm og’irligi.
213
Gruntning boshlang’ich zichligiuning tabiiy og’irligi P
tab
dan oshib
ketmasligi kerak va grunt P
tab
kuch ostida siqilishi ro’y bermasligi kerak.
Shuning uchun namuna P = P
tab
yoki undan ko’p bo’lgan kuch ostida siqiladi.
Kompression asbobning kesuvchi halqasiga zamindagi gruntdan namuna
qirqib olib, asbobning odometer deb ataladigan qismiga namuna halqa bilan birga
qo’yiladi. Namunaning siqilishdan oldingi balandligi kesuvchi halqa balandligiga
teng bo’lib, h bilan belgilanadi. Asbobning
ustki
qismiga
ikkita
indicator
o’rnatiladi. So’ngra asbobning shayniga namuna P = P
tab
yoki P = 0,05 MPa bosim
bilan siqiladigan kuch qo’yiladi. Kuch ta’siri ostida namuna siqilib, hajmi kichraya
boradi va ma’lum vaqt o’tgandan so’ng siqilish jarayoni tugaydi. Indikatordan
sanoq olinib, grunt namunasining P=0,05 MPa kuch ostida balandligi qanchaga
qisqarganligi (Δh) aniqlanadi. So’ngra asbob shayniga keying bosim (P=0,1 MPa
bo’lishi kerak) qo’yiladi. Bu bosim ostida ham grunt siqilib, balandligi kamayadi.
Siqilish tugagandan so’ng indikatordan hisob olinadi. So’ngra asbob shayiniga
keying kuch qo’yilib, tajriba yana qaytariladi. Shunday qilib tajriba belgilangan
bosimlar asosida, toki grunt namunasiga beriladigan bosim inshoot bosimiga teng
bo’lguncha davom ettiriladi. Siqilayotgan grunt namunasining g’ovaklik
koeffitsiyenti har qaysi tik kuch ostida kamayib boradi. Bu o’zgarish quyidagi
ifoda orqali aniqlanadi:
bu yerda:
– ma’lum kuch ostida grunt siqilgandan keyingi g’ovaklik
koeffitsiyenti;
– gruntning boshlang’ich g’ovaklik koeffitsiyenti;
tekshirilayotgan tog’ jinsining ma’lum kuch ta’sirida siqilish miqdori, mm;
h – namunaning siqilmasdan avvalgi (boshlang’ich) balandligi, mm.
214
Tajriba so’ngida tashqi kuch qiymatining o’zgarishi bilan g’ovaklik
koeffitsiyentining o’zgarishini ifodalovchi chizma tuziladi (28-rasm). Bu chizma
kompression egri chiziq deb ataladi. Tajriba, asosan, o’sib boruvchi bir necha kuch
ostida olib boriladi. Har bir kuch ostida namuna siqilishi doimiy bo’lguncha
(o’zgarmay qolguncha) kuzatiladi. Hozirgi vaqtda kompression asbobning bir
necha turlari mavjud, lekin ularda tajribani o’tkazish usuli bir xil.
Tog’ jinslarining siqilish darajasi uning mineral
va granulometrik tarkibiga, namlik darajasiga bog’liq.
Qum, shag’al kabi tog’ jinslarining siqilish darajasi lyoss
va lyossimon tog’ jinslarining siqilish darajasidan farq
qiladi. Qum va shag’al tosh kabi tog’ jinslari inshootni
qurish jarayonida siqilib bo’ladi, chunki siqilish jarayoni
g’ovakliklarning kamayishi evaziga sodir bo’ladi. Gilli gruntlarda esa siqilish
jarayoni uzoq vaqt davom etishi mumkin.
Gruntlarning kuch ta’siri ostida siqilish jarayoni vaqt bo’yicha
o’zgaruvchandir. Qumli gruntlar va suvga to’yinmagan gilli gruntlar uchun ham
siqilish jarayoni birdaniga yuz bermaydi, balki sekin-asta davom etib, ba’zan
kuchning ta’sir miqdoriga qarab uning tezligi ham oshib boradi. Suvga to’yingan
gilli gruntlarda siqilish jarayoni grunt tarkibidagi suvni siqib chiqarish bilan
bog’liq jarayon bo’lib, uzoq davom etadi va bu jarayon uning suv o’tkazuvchanligi
bilan tavsiflanadi.
Gruntlarning doimiy kuch ta’siri ostida vaqt mobaynida siqilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |