soddalashtirilgan usul
qo’llaniladi.
166
Bu usul ayrim fraksiyalarga, suv ta’siriga asoslangan bo’lib, yengil
zarrachalar suv ta’sirida ko’pchiydi, qum zarrachalari esa suv ta’sirida
ko’pchimaydi, balki suvda tez cho’kadi. Bu usul
dala usuli
yoki
Rutkovskiyusuli
deb yuritiladi. Bu usulda 100 sm hajmdagi silindrdan foydalaniladi. Buning uchun
gruntdan 200 gr kam bo’lmagan namuna olib, hovonchada maydalanadi va
teshigining diametri 2 mm bo’lgan elakdan o’tkaziladi. Elakdan o’tgan namunadan
qum va gil zarrachalarining miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. Elakda qolgan
qoldiqni tortib olib, uni 2 mm fraksiyadan katta bo’lgan bo’laklar miqdori sifatida
hisoblashda foydalaniladi.
Elakdan o’tgan namunadan silindrga solamiz. Uni tag qismiga rezinka
kiygizilgan tayoqcha bilan zichlaymiz. Zichlangandan so’ng uning hajmi 10 sm
3
bo’lishi kerak, ya’ni V
б
= 10 sm
3
.
61 - rasm. Gilli gruntlarning granulometrik
tarkibini aniqlovchi asboblar
So’ngra uni yana tayoqcha bilan bo’shatib, ustiga 100 sm darajagacha suv
solib, yana aralshtiramiz. Aralashtirilgandan keyin 90 sek. tindirib qo’yiladi. 90
sek.dan so’ng 70-75 sm
3
suspenziya shisha bankaga quyiladi. Silindrda qolgan
suspenziyaga yana 100 sm darajagacha suv solib, aralashtiriladi, 90 sek. tindiriladi.
So’ng 70-75 sm
3
hajmdagi loyqa to’kiladi. Bu usul loyqalash usuli deb atalib, shu
jarayon silindrdagi suyuqlik tiniq bo’lguncha davom ettirilishi kerak. Bu jarayon
davomida grunt tarkibidagi gil va chang zarrachalari yuvib tashlanib, unda faqat
qum donalari qoladi. Qolgan qum hajmini aniqlash uchun yana 100 sm
3
167
darajagacha suv solinib, tindiriladi va qumning hajmi o’lchab olinadi.Qumning
foiz miqdori quyidagicha aniqlanadi.
Bu yerda :
– qolgan qumning hajmi, sm
3
;
– namunaning boshlang’ich hajmi, ya’ni
= 10 sm
3
;
Р
қ
– qum fraksiyasining foiz miqdori.
Gil zarrachalarining miqdorini aniqlash uchun ham 100 sm
3
hajmdagi silindr
olib, uni zichlagandan so’ng hajmi 5 sm
3
bo’lsin, namuna rezinkali shisha tayoqcha
bilan bo’shatilib, yana 50-60 sm
3
suv solib, yaxshilab aralashtiriladi. Aralshtirishni
silindr devorida loy qolmaguncha davom ettirish kerak. So’ngra hosil bo’lgan
suspenziyaga 2,5-3 sm
3
kalsiy xlorid eritmasidan tomiziladi. Bu eritma koagulyator
sifatida ishlatiladi. Suspenziya yana arlashtitilib, 100 sm
3
darajagacha suv solinib,
24-48 soat (tinguncha) tindirib qo’yiladi. Agar gruntning tarkibida gil zarrachalari
bo’lsa, u ko’pchiydi. Ko’pchigandan so’ng uning hajmi o’lchanib, 1 sm
3
hajmdagi
grunt qancha ko’pchigani aniqlab olinadi.
bu yerda :
– namunaning boshlang’ich hajmi (
);
– ko’pchigandan keyingi hajmi.
Gil zarrachasining foiz miqdori (X) quyidagi formula orqali topiladi:
X = 22,7 K
o
Chang zarrachalarining miqdori (0,05-0,001 mm) hisoblab aniqlanadi:
П = 100-(Р
қ
+ Х)
bu yerda: П – chang fraksiyasining foiz miqdori;
168
Р
қ
– qum fraksiyasining foiz miqdori;
X – gil fraksiyasining foiz miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |