Z.Nishonova, D. Qarshiyeva. Eksperimental psixologiya. T.
«Fan va texnologiya», 2007, 92 bet.
O 'quv qo ‘llanmada eksperimental psixologiya fanining dolzarb
muammolari yoritilgan. Shaxsni o ‘rganish metodlari, yoMlari, labo
ratoriya va tabiiy eksperiment sharoitida psixologik faktlarni olish,
sharhlashning nazariy hamda amaliy masalalari ochib berilgan.
Tadqiqotlardan olingan m a’lumotlami tahlil qilish va taqqoslash,
statistik qayta ishlash asosida ulami umumlashtirish,
eksperiment
natijalarining ishonchlilik darajasini aniqlash bayon etilgan.
Qo‘llanma psixologlarga, pedagoglarga, bakalavriat (5140800)
psixologiya ta’lim yo‘nalishining talabalariga m o‘ljallangan.
Taqrizchilar:
A.RASULOV
— 0 ‘zMU psixologiya
kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari
nomzodi;
L.NAZIROVA
— TDPU psixologiya
kafedrasi katta o ‘qituvchisi,
psixologiya fanlari nomzodi.
ISBN 978-9943—10-039-8
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2007-y.
I. EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYANING PREDMETI
1.1.Eksperimental psixologiyaning vazifalari
Eksperimental psixologiya fan sifatida XIX asr o ‘rtalarida rivoj-
lana boshladi. Eksperimental psixologiyaning
maqsadi
psixologik
eksperiment o ‘tkazishning malaka va ko‘nikmalarini paydo qilish va
rivojlantirishdan iborat.
Eksperimental psixologiyaning vazifalari:
1. Psixologiya fanida eksperiment o'tkazishning qonunlari, tartibi
va tamoyillari bilan tanishtirishdan iborat.
2. Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari,
holatlari va psixomotor rivojlanishini o ‘rganishdir.
M a’lumki, XIX asr fizika,
biologiya, fiziologiya, ximiya va
boshqa fanlarning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Fanda paydo
bo‘lgan eksperimental metodning keng qo‘llanilishi bu fanning
rivojlanishiga yordam berdi. XVIII asrning oxiri XIX asrning
boshlaridayoq psixologlar o ‘rtasida psixik hodisalarni o ‘rganishda
eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan,
degan muammo
paydo bo‘ldi.
Bu muammo bo‘yicha faylasuf Kant o ‘z fikrini bildirdi. Uning
fikricha, psixologiyada eksperimentning boMishi mumkin emas,
chunki psixik hodisalarni o ‘lchash mumkin emas, ularga matema-
tikani tatbiq qilish ham mumkin emas.
Psixik hodisalarni o ‘lchashning mumkinligi, binobarin, psixo
logiyada eksperimentning bo‘lishi mumkinligi
haqida nemis psixo-
logi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr bildirgan. U «psixologiyada
matematikani tatbiq qilish mumkin va zarurligi haqida» shunday
degan: «Mening tadqiqotlarim amalda faqat psixologiyaning o ‘zi
bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fan-
lariga ham qisman aloqadordir».
Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir,
qolgan barcha jarayonlar - hissiyot, iroda,
tasavvurlar majmuasidan
3
va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o ‘zgarish
jarayonida bo‘ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o ‘zgarish va alma-
shish jarayonida m a’lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu
doimiylikning miqdor tomonini o ‘lchash mumkin. Shuning uchun
ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish
mumkin.
Gerbart garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning
zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo‘lsa ham, lekin uning o ‘zi bu
metoddan foydalanmadi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo‘yicha dastlabki
ishlarni fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887)
amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning
maqsadi tashqi tassurotlar
(fizik omillar) ta’sirida sezgilarning o‘zaro mi’nosabatlari sohasidagi
qonuniyatlanii topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar
asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo‘zg'atuvchi ta’sirlar
o ‘rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo‘zg‘atgich logarif-
miga proporsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etadi. Veber va
Fexner o ‘tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning
paydo bo ‘lishiga olib keldi.
Veber va Fexner
ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki,
ular birinchi b o ‘lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimen
tal fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha
faqat kuzatish, asosan o ‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan
psixologiya, endi aniq fanlardagi obyektiv metoddan
foydalana bosh-
laydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi
va psixologi Vilgelm Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyat
ga ega bo‘ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o ‘z-o‘zini kuza
tishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina ijtimoiy fan edi.
Vundt eksperiment va o ‘lchash metodlarini zarur deb topib, psixo
logiyani eksperimental fanga aylantirishni maqsad qilib qo‘ydi.
Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo‘lib qolgan bir qancha
metodlami, ya’ni kuzatish metodi, ifodalash metodi va reaksiya me
todlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi.