Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021



Download 496,01 Kb.
bet4/141
Sana01.01.2022
Hajmi496,01 Kb.
#288079
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
2 5339106487409054110

Kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining munosabatlari, odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Bunda texnik muxandislik faoliyatining psixologik asoslarini o’rganish maqsad qilib qo’yilgan.

Kasbiy psixologiya fanining maqsadi – texnik muxandis xodimlar faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o’zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat:



  • texnik muxandis xodimlarining psixikasini har tomonlama o’rganishdan hosil bo’lgan bilimlar;

  • texnik muxandis xodimlarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo’lgan xulosalar;

  • texnik muxandis xodimlarining shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini o’rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar.

Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o’z ob’ekti mavjud, ular quyidagilardan iborat:

  • texnik muxandis idoralar xodimlarining psixologiyasi;

  • texnika inson munosabatlarida inson omili va psixologiyasi;

  • fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari;

  • shaxsning tuzilishi;

  • shaxsning faoliyati;

  • shaxsning faolligi va uning shakllari.

Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining 3 bosqichi mavjud:

1-bosqich - XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkil etishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo’nalishlarini paydo bo’lishi, shuningdek psixotexnika taraqqiyotning asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va usullari, ratsionalizatsiya qilish jarayonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish talimining shakllantirishi masalalariga etiborni ortishi.

2-bosqich - XX asrning boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo’lishi va shakllanishi, shuningdek kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.

3-bosqich - XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarning xal qiluvchi mehnat psixologiyasi va muhandislik psixologiyadagi vazifalarni paydo bo’lishi mehnat psixologiyasining bu sohasi kasblar psixologiyasi deb nomlana boshlandi. Kasbiy psixologiya doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash bo’yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil fan sifatida kasbiy psixologiya yuzaga keldi va birinchilardan bo’lib AQShda olimlar J.Kritets va R Super ishlarida ko’zga tashlangan.

Rus psixologi E.A Klimov tadqiqotlarida “Kasb tanlash”, “kasbga yo’naltirish” kabi masalalarga etiborni qaratib, bu borada tadqiqot ishlarini olib borgan. Xususan, “Differentsial diagnostik so’rovnoma” (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. Kasbiy psixologiyaning ajralib chiqishi xozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o’rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar hamda umuman kasblar olamiga kirib borishga asoslanadi. Kasb psixologiyasi masalalarini o’rganish bo’yicha G.V.Kudryavtsev, E.A.Klimov, B.F.Lomov, K.K.Platonov, K.M.Gurevich va boshqalar shug’llanganlar.

Shunday qilib, kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.

Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

Ijtimoiy psixologiya ko’pgina sohalarni o’z ichiga qamrab oluvchi amaliy fan hisoblanib, bir tomondan psixologiya, ikkinchi tomondan odamshunoslik fanlari doirasiga kiradi. Bu fan ijtimoiy-gumanitar fanlarning integrallashuvi jarayonlarining mahsuli sifatida XVIII asrdan boshlab paydo bo’la boshlagan. Ijtimoiy psixologiya o’z ichiga munosabatlar psixologiya yo’nalishlarini qamrab oladi. Gumanistik nuqtai nazardan muxandislik psixologiyasi muammolarini M.M.Sherbato v (1733–1790) o’rgana boshlagan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida I.M.Sechenov, S.M.Bexterov, A.F.Koni faoliyat yuritgan davr kasb psixologiyaning o’sish davri hisoblanadi. Ishchi xizmatchi-xodim shaxsi psixologiyasi ustidagi izlanishlar natija bera boshlaydi va ayni shu davrda kasbiy psixologiyani mustaqil fan sifatida qabul qilish zarurati tug’iladi. Kasb psixologisi fanining rivojlanishiga S.S.Romanov, M.I.Enikeev, V.L.Vasilevlar katta hissa qo’shganlar. Kasb psixologiyasi ilmiy-amaliy fan sifatida birinchidan, muxandis texnik xodim xulqi (axloq, ijtimoiy fikr, ijtimoiy stereotiplar); ikkinchidan, xulq (shaxsining xulq-atvori, texnik stereotip, guruh tarkibi, tuzilishi, vaziyat, texnik xodimning shaxsi, xulq-atvori va ularning xulq genezisdagi roli); uchinchidan, injenerlik faoliyati (profilaktik faoliyat psixologiyasi, mehnat faoliyati psixologiyasi kabilarning psixologik asoslarini ishlab chiqadi. Kasb psixologiyasi bir qator vazifalarni, jumladan, texnik muxandislik faoliyatida alohida shaxs, guruh va jamoalarga ta’sir qilishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish; ikkinchidan, munosabatlarni mustahkamlash, muxandislik ishlarining samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal qiladi.




Download 496,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish