Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/114
Sana02.12.2022
Hajmi2,23 Mb.
#877225
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114
Bog'liq
Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya

Mehnat psixologiyasi
– inson psixik faoliyatining tako-
millashishi va qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi 
bo‘lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, holatlar va xusu-
siyatlarni o‘rganadi. 
Mehnat psixologiyasi vazifalariga
psixologiya-
ning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, mehnat unum-
dorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlari, mehnat va dam 
olish rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni 
ularning individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda 
joy-joyiga qo‘yish, ishlab chiqarish avariyasi va travmasining 
psixologik sabablari kabi masalalar kiradi.
Muhandislik psixologiyasi
– inson va texnik tuzilmalar o‘rta-
sidagi informatsion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi 
psixologiya tarmog‘idir.
Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar 
bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda 
o‘zaro ta’sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. 
Muhandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi 
optimal konstruk-
siyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va mehnat unumdorligini 
orttiruvchi psixikani loyhalashda mutaxassis injenerlarga bevosita 
yordam berishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi 
– ontogenezda shaxs tug‘ilganli-
gidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish 
va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i. Yosh 
psixologiyasi psixologiyaning turli yosh bolalik, o‘smirlik, 
o‘spirinlik va boshqa bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyat-
larini o‘rganuvchi maxsus sohasi.
Pedagogik psixologiya
– shaxsga ta’lim-tarbiya berishning 
qonuniyatlari va muammolarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. 
Pedagogik psixologiya psixologiyaning yosh avlodga ta’lim va tarbiya 
berishning psixologik muammolarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. 
Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo‘lib, 
pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish uchun zarur 
bo‘lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.
Mehnat psixologiyasi bilan kasb psixologiyasi predmetlarini-
ning farqini alohida ta’kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat 


15 
psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan 
sifatida bu insonning subyekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va 
shakllanishi sohasidagi vazifalarni yechish usullari, yo‘llari va 
sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yo‘nalishidir.
Kasb psixologiyasi
shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini 
o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanish sifatida 
ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasb-
larning psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlov-
chilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish 
hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy 
qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning 
psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan holda 
kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi 
o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi 
o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi.
Kasb 
psixologiyasi 
inson 
uchun 
kasbiy 
faoliyatning 
ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, 
shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy 
yetuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning 
hayotga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi.
Kasb psixologiyasining muhim jihatlari 
– bu kasbiy 
faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini 
o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish