57
seziladigan tashqi belgilarga ham ega bo‘ladi. Masalan, yuzlarning
ifodali (mimika), qo‘l va gavdaning ma’noli
harakatlari, turq-
tarovat, ohang, ko‘z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi
kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar ba’zan shaxsga
o‘ziga o‘zi hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa bir holatda
ongning nazorati ostida sodir bo‘ladi
11
.
Affekt (hissiy portlash) – kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat
bilan o‘tadigan jarayon. U ongning anchagina o‘zgarganligi, xatti-
harakatlarni nazorat
qilishning buzilganligi, odamning o‘zini o‘zi
idrok qila olmaslik, shuningdek, shaxsning hayoti va faoliyati o‘zgarib
qolganligi bilan ajralib turadi. Affekt holatida birdaniga katta kuch
sarf qilinishi sababli ham u qisqa muddatli bo‘ladi. Agar oddiy
hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, affekt bo‘rondir.
Hissiy portlash ro‘y berganda kishi o‘zini nazorat qila olmay
qoladi, qilayotgan ishining oqibatini o‘ylamaydi va aql-hushini
yo‘qotib qo‘yadi. Tormozlanish miya qobig‘ini egallab,
kishining
tajribasi, uning madaniy va ma’naviy asoslarda mustahkamlangan
muvaqqat bog‘lanishlarning tarkib topgan tizimini ishlatmay
qo‘yadi. Hissiy portlashdan keyin holdan toyish, majolsizlik, barcha
narsalarga befarq munosabatda bo‘lish, harakatsizlik, ba’zan esa
mudroq bosish boshlanadi.
Kayfiyat
. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy
jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional
holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning hayoti
va faoliyati davomida
shodlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik, zerikish, qayg‘urish
singari his-tuyg‘ular ruhiy holatining umumiy tizimiga aylanadi.
Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga kelishiga
qulay
zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘diradi.
Inson xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo‘lsa, tengdosh-
larining hazili, keksalarning pand-nasihatlari, maslahatlariga,
quvnoq kayfiyat chog‘dagiga nisbatan,
boshqacharoq munosabat
bildiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xalq ta’limi tizimi
jamoalarida, rasmiy doiralardan ishchanlik, o‘zaro yordam, hamkor-
lik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomalani
11
Ғозиев Э.
Умумий психология. –Т., 2002. – Б. 188–190.
58
shakllantirish
ham jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini
oshirishning kafolatidir.
Stress,
psixologik ta’rifiga ko‘ra, affektiv holatga yaqin
turadigan, lekin davomiyligiga ko‘ra kayfiyatga yaqin bo‘lgan his-
tuyg‘ular boshdan kechirilishining alohida shakli bo‘lib, kuchli
hayajonlanish (stress) holati (inglizcha «
stress»
– tazyiq ko‘rsatish,
zo‘riqish degan so‘zdan olingan)dan yoxud hissiy zo‘riqishdan
iboratdir. Hissiy zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilgan, kishi xafa bo‘lgan,
uyalgan, tahlika ostida qolgan va shunga o‘xshash vaziyatlarda ro‘y
beradi. Psixologiya faniga «stress» tushunchasini olib kirgan olim
kanadalik fiziolog G. Sele hisoblanadi. Uning talqini bo‘yicha
«stress – inson organizmiga qo‘yilgan ortiqcha talabdir»
12
.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari
keskin tarzda
o‘zgaradi, qo‘zg‘alishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, hara-
katlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi
esa teskari reaksiyaga olib keladi, natijada sustlik, zaiflik, faoliyat-
sizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Stress holatida fiziologik o‘zga-
rishlar tashqi tomondan qariyb ko‘zga tashlanmasligi mumkin, biroq
muammoni
yechishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi saro-
simalikni stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilish mumkin. Shaxs
stress holatida telefon raqamini adashtiradi, vaqtni chamalashda
yanglishadi, ong faoliyati yengil buziladi, idrok ko‘lami torayadi va
boshqa holatlar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: