49
Mexanik usul –
ma’nosini tushunmay quruq yodlanadigan usul.
Uning asosini esda olib qolinadigan ma’lumotlarni oddiy takrorlash,
ma’nosini anglamasdan turib ko‘p martalab idrok etish tashkil etadi.
Mexanik xotira ancha yuqori turdagi xotiralarning eng oddiy
asosidir, usiz ma’lumotlarni eslab qola olmaymiz.
Mnemotexnika eng qiziqarli va mashq qilib rivojlantirsa
bo‘ladigan usul. U asosan ma’nosiz axborotni bilvosita eslab qolish-
ga xizmat qiladi. Uning yordamida ma’noli axborotni eslab qolish-
ning ratsional usulini ancha kuchaytirish va ma’nosiz mate- rialni
mexanik eslab qolish samaradorligini benihoya oshirish mumkin.
Kasbiy xotirani rivojlantirishning asosiy
qonuniyatlarini yodda
tutish zarur.
Shuningdek, axborot inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik
muhim bo‘lsa, shunchalik mustahkam esda qoladi va oson yodga
tushadi. Shuning uchun ham qandaydir axborotni yod olayotganda
doimo uni o‘zingiz, masalan, kasbiy faoliyatda maqsadga erishish-
ingiz uchun muhimligini ta’kidlab turishingiz zarur.
Axborot inson faoliyatiga qanchalik aloqador bo‘lsa, shunchalik
mustahkam yodlanadi (eslab qolinadi). Xotirani rivojlantirish uchun
biron bilimni, qonuniyatni oddiygina yodlash emas, balki uni amaliy
faoliyatda iloji boricha kengroq qo‘llash muhimdir.
Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik
yaxshi saqlanib qoladi. Ushbu qonuniyatdan
foydalanish eslab
qolish jarayonini fikrlash jarayoniga eng ko‘p darajada yaqinlash-
tirishni bildiradi. Anglangan holda eslab qolish obyektlarning eng
muhim jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi mantiqiy
aloqalarga asoslanadi.
Qiziqish uyg‘otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson
eslab qolinadi. O‘zlashtirayotgan narsamizni bizni qiziqtirayotgan,
biz uchun manfaat keltiradigan narsalar bilan bog‘lash –
muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy shartlaridan biridir. Muvaf-
faqiyatli eslab qolishda muayyan
axborotni idrok etishga
tayyorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo‘yish katta aha-
miyatga ega. Bular eslab qolish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatishi
50
bilan birga, uning natijalarini oldindan ko‘rish imkonini beradi va
xotirada tiklashni osonlashtiradi.
Bir vaqtning o‘zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayo-
nida bir-birini yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan
foydalanish uchun eslab qolish va esga tushirish jarayonida tabiiy
assotsiatsiyalardan foydalanish, shuningdek,
muhandis xodim-
larining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini yengillashtiruvchi
sun’iy assotsiativ aloqalar o‘rnatishni o‘rganishimiz zarur.
Xotirani shakllantirish usullari:
–
bilishga bo‘lgan qiziqishlar doirasini, xotirada saqlash
maqsadlarini shakllantirish;
–
mantiqiy eslash usullarini o‘rganish;
–
javobgarlik hissini kuchaytirish: bilim olishga, o‘rganishga,
qunt qilishga, o‘zini tarbiyalashga e’tibor berish;
–
o‘tilgan mashg‘ulotlardagi materiallarni
tizimli ravishda
qayta takrorlash, xotirani mustahkamlovchi mashqlarni bajarish.
Shu ma’noda muhandis faoliyatida kasbiy xotira tezkor, uzoq
muddatli, so‘z mantiqli shaklda, raqam, son, ism, familiya,
qiyofalarni tez tanib eslab qolish, qayta tiklash (keyin- chalik
farqlay olish)da namoyon bo‘ladi
7
.
Do'stlaringiz bilan baham: