147
tahlili tavsiyalar, tavsiyanomalar, suhbat usullari qo‘llaniladi.
Tanlangan metodikalar qator talablarga, jumladan, ma’lumotlilik va
ishonchlilik talabiga javob berish lozim.
Uchinchi bosqichda
tanlangan testlarni tekshirish va nazorat
qilish bosqichi. Asosiy maqsad tanlangan metodikalar qanchalik
faoliyat natijasini prognoz qila olishini aniqlashdir.
To‘rtinchi bosqichda
kasbiy tanlovni o‘tkazish jarayonidir.
Kasbiy tanlovni o‘tkazishning muhim sharti standartlik hisoblanadi.
Tadqiqot
sharoiti, ya’ni test, ko‘rsatmalar, blankalar, natijalarni
qayta ishlash barcha nomzodlar uchun bir xil bo‘lishi lozim. Testdan
foydalanish tajribasining ko‘rsatishicha, ko‘rsatmalarning
ozgina
bo‘lsa ham o‘zgarishi tadqiqot natijalariga ham o‘z ta’sirini o‘tka-
zadi. Nomzodning o‘zi tadqiqot natijalariga motivatsiyalashganligi
ham muhim. Shu boisdan, tadqiqot o‘tkaziladigan muhit do‘stona,
samimiy bo‘lishi kerak. Natijalar tahlili standart bo‘lishi lozim.
Natijada barcha nomzodlarning
natijalari muayyan guruhga
birlashadi.
Ko‘pincha kasb tanlashda quyidagi tasnif qo‘llaniladi:
– mutlaqo yaroqli;
– shartli ravishda yaroqli;
– yaroqsiz.
Shaxsga kasb, kasbiy soha, mutaxassislik tanlanadi, bu ko‘proq
uning individual psixologik xususiyatiga mos keladi,
buning
natijasida u o‘zining to‘liq imkoniyatini mehnat faoliyatiga tatbiq
etadi. Kasbiy o‘quv muassasalarda kasbiy tanlov va kasbiy saralash
mehnat ekspertizaning alohida shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, espertizaning birinchi va ikkinchi
shaklini sifatli o‘tkazish uchun asosiy vazifalar belgilangan:
– bu ishga kirish imkoniyati bo‘lmagan insonlarni ishga
olishining oldini olish (yoshini to‘g‘ri
kelmasligi, sog‘ligi,
ma’lumoti, psixofiziologik ko‘rsatkichlari);
– mavjud kasbga ishchan mehnatni o‘z sog‘ligiga zarar
yetkazmasdan bajaradigan insonlarni olish;
– inson kasbining qaysi turiga qobiliyatli
ekanligini aniqlash
hamda faoliyatga tavsiya qilish.
148
Agar kasbiy tanlovda ikkita vazifa hal qilinsa kasbiy
saralashning uchinchi bosqichi asosiy hisoblanadi Psixologik kasbiy
tanlovda quyidagi shartlar bajarilsa, samarali va maqsadga muvofiq
bo‘ladi:
– obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy zaruratning mavjudligi;
– aniq kasbiy sohaning mavjudligi bunda ishchining kasbiy
layoqati,
yaroqliligi, mehnat samaradorligining ortishda katta
ahamiyatga ega;
– ishlab chiqilgan va tekshirib ko‘rilgan tanlov tizimi
diagnostik metodikalarning bajarilishining ishonchliligi;
– kasbiy tanlovni o‘tkazish uchun
tayyorlangan mutaxassislar
ular kasbiy tanlovni o‘tkazish va tashkillashtirishda amaliy tajribaga
ega
Do'stlaringiz bilan baham: