kasbiy qayta yo‘naltirish
keng tarqalgan voqelikka aylangan. O‘zini-o‘zi anglash va
shaxsning kasbiy shakllanishi muammosi bu jarayonda subyekt-
larning turli kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar
tizimi, shakllangan shaxs tuzilishi, hayotiy pozitsiyani amalga
oshirishda ijtimoiy, kasbiy va iqtisodiy sharoitlarni aniqlash bilan
aloqadorlikda yangi qirralarga ega bo‘ldi.
122
V.A.Bodrov va M.A Ratnikova bilan hamkorlikda kasbiy
faoliyatni o‘zgartirishning psixologik xususiyatlari va qayta kasbga
yo‘naltirish vaziyatining xarakteri hamda mehnat subyektining indi-
vidual-psixologik xususiyatlariga bog‘liq holda kasbiy faoliyatga
moslashishni o‘rganish maqsadida tadqiqot ishi olib borilgan.
Yetuklik davrida kasbiy qayta yo‘naltirish va uning kasbiy
shakllanish jarayoniga ta’siri quyidagi omillar orqali aniqlanadi:
1.
Qayta yo‘naltirish vaziyatining ko‘rinishiga ko‘ra (majburiy
yoki ixtiyoriy).
2.
Mintaqaning ijtimoiy-demografik va kasbiy xususiyatlariga
ko‘ra (turli yosh va ish stajiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar,
boshqaruvchi shaxs, muhandis, shifokor, o‘qituvchi).
3.
Joriy faoliyatning xarakteriga ko‘ra.
4.
Qayta yo‘naltirilgan subyektlarning individual-psixologik
xususiyatlariga ko‘ra (introvertlik, ekstrovertlik, xavotirlanish va
boshqalar).
Qayta yo‘naltirishning muvaffaqiyati yangi faoliyatga kasbiy,
ijtimoiy va psixologik moslashganlik darajasi bilan tavsiflangan.
Bunda majburiy qayta yo‘naltirishni, ya’ni ishdan haydalish,
tashkilotning inqirozga uchrashi vaziyatlarini boshidan o‘tkazgan
xodim sinov muddati (6 oy) davomida kasbiy faoliyatga moslasha
olgan (93%, 68% va 33% vaziyatlarda moslashish turiga muvofiq),
84%, 63% va 58% vaziyatlarda esa ixtiyoriy qayta yo‘naltirishni
yoki qo‘shimcha kasbiy faoliyatga, qolaversa, majburiy qayta
yo‘naltirishni boshidan kechirayotgan xodimlarning yangi kasbiy
faoliyatga psixologik moslashishida ko‘pgina qiyinchiliklarga
uchragan. Kasbiy faoliyatga moslashish jarayonining tezligi
shaxsning internallik-eksternallik xarakterlariga va shaxsiy xavo-
tirlanish darajasiga bog‘liqdir.
Shaxs tuzilishining arxitektonik holati va maxsus qobiliyatlar,
shaxs taraqqiyotida faoliyatning roli haqidagi ma’lumotlar, faoliyat-
ning dinamik tuzilishi va mazmuni hamda bu jarayon bilan bog‘liq
ravishda shaxsga nisbatan qo‘yiladigan kasbiy talablar keyinchalik
kasbiy shakllanishning va bu tizim asosida mutaxassislarni psixo-
logik saralashning takomillashtirish jarayonining yangi qirralarini
123
o‘rganishni belgilab beradi. Bu qarashlar eksperimental asoslangan
bo‘lib, uning negizida kasbiy yaroqlilikni baholashga nisbatan
strukturaviy-dinamik yondashuv konsepsiyasi yotadi.
To‘rt yil davomida 600 dan ortiq uchuvchi-kursantlarda olib
borilgan tadqiqotlar orqali uchuvchilik qobiliyatini aniqlashga
qaratilgan alohida kasbiy muhim xususiyatlar qator tipik jihatlarga,
ya’ni uchuvchilik qobiliyatining tuzilishidagi komponentlarning
o‘zaro ichki aloqalarini namoyon bo‘lish darajasidagi tafovutlar va
bu komponentlar orasidagi ierarxik munosabatlar xarakteriga ega
ekanligi aniqlandi. Bu ma’lumot kursantlarning haqiqiy mutaxassis
bo‘lib yetishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlar-
ning rivojlanganlik darajasidagi individual farqlarning keng qam-
rovli ekanidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, ularning uchuvchi
kasbini tanlashdagi kasbiy yo‘nalganligi psixik mavqe jihatidan
iqtidorli va uning kasbiy faoliyatga qo‘yiladigan talablarga muvofiq
tarzda rivojlanganligi bo‘lajak mutaxassislarning kontengentini
to‘liq shaklda aniqlab bera olmaydi.
Ta’limning turli bosqichlarida kasbiy xususiyatlarning
miqdoriy, xarakter jihatdan va o‘zaro chambarchas bog‘liq holda
o‘zgarishi aniqlangan bo‘lib, ular kursantlarga qo‘yiladigan
talablarning turli mazmunga egaligi bilan bog‘liq: o‘quv masalalari,
qolaversa, bu talablarga nisbatan moslashuvchanlik darajasi va bu
masalalarni hal qilish sharti hamda mazmuniga nisbatan adekvatlik
darajasi hamda faoliyat tizimiga (V.D.Shardakov bo‘yicha)
individual funksional moyilligi bilan belgilanadi.
Kursantlarning turli ta’lim bosqichlarda alohida kasbiy muhim
xususiyatlarini namoyon bo‘lish darajasi ko‘rsatkichlarining
dinamikasini katta variativligi psixik taraqqiyot fazalarining
geteroxronligi va o‘zgarishlarning betartibligi, qolaversa, har bir
o‘quv faoliyatining kasbiy muhim xususiyatlar holatiga ta’sirida aks
etishi joriy qilingan. Ta’lim jarayonida kasbiy muhim xususiyatlarni
tizimlashtirishning samaradorligi oshib borayotgani aniqlangan
bo‘lib, bu bevosita alohida xususiyatlar orasidagi zaif aloqalar
sonini kamayishiga, ya’ni xarakterning kasbiy ta’lim bosqichidaga
passiv qobiliyatlar tuzilishiga bog‘liq ravishda o‘zgarishiga (birinchi
124
kursda-barcha kasbiy muhim xususiyatlar orasida teng va
ahamiyatsiz aloqalar mavjud bo‘lib, to‘rtinchi kursga kelganda-
yetakchi xususiyatlar orasida “kuchli” aloqalar sonini ortganligi
kuzatiladi); kasbiy muhim xususiyatlar tuzilishida– kognitiv
(axbortni qayta qurish), psixomotor (yetakchi faollik), faol-
lashtirilgan (axborotlarni qidirish, diqqatni taqsimlash va nazorat
qilish) kabi 3 ta yirik majmualarni ajratilishiga xizmat qilmoqda.
Berilgan korrelatsion tahlillar kasbiy muhim xususiyatlarning
kursantlarni past va yuqori o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq holda
namoyon bo‘lishida miqdor va sifat jihatdan tafovutlar borligini ko‘r-
satmoqda, bu esa tayyorgarligi yuqori bo‘lgan kursantlarda kasbiy
muhim xususiyatlarning funksional majmuini egiluvchan va
moslashuvchan tizimga asoslanganidan, tayyorgarligi past darajada
bo‘lgan kursantlarning esa kasbiy muhim xususiyatlari ularda yangi
kasbiy masalalarni o‘zlashtirishlari uchun qiyinchiliklar tug‘diruvchi
konservativ, qattiqqo‘llik tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, uchuvchi-kursantlar kasbiy shakllanishining
o‘ziga xosligida aks etuvchi shaxsning kasbiy taraqqiyoti qonuniyat-
larini o‘rnatish jarayoni kasbiy muhim psixologik xususiyatlarning
maxsus integratsiyasi sifatlari va shaxsning kasbiy tizimda to‘liq
shakllanishi bilan hamohang tarzda kechishidan dalolat beradi.
Aytish mumkinki, shaxsning kasbiy shakllanishidagi individual
farqlar mutaxassislarni kasbiy yetuklikka erishishlarining turli
imkoniyatlarini belgilab beradi.
Mehnat subyektining kasbiy shakllanishi taraqqiyot jarayoni
sifatida mutaxassisning qator yakuniy natijalarga erishishi, ayniqsa,
yuqori darajadagi professionalizm, malakaga, kompetentlikka va
yetuklikka egaligida mujassamlashadi. Bu tavsiflarning har biri
kasbiy shakllanganlikning o‘ziga xos xususiyatlarini, shaxs
taraqqiyoti darajasi va xususiyatlarini, eng asosiysi, bu jarayonning
natijalarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |