Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

“professiogenez”
atamasi bilan atash mumkin. Shaxs 
faoliyatini tashkil qilish va tahlil qilishga nisbatan professiogenetik 
yondashuv shaxs mehnat faoliyatini o‘rganuvchi psixologiyaning 
qator sohalari va boshqa fan sohalari uchun metodologik, nazariy va 
metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Mutaxassis shaxsining shakllanishini o‘ziga xos xususiyatlari 
mehnat subyektining kasbiy shakllanishiga nisbatan professio-
genetik yondashuvning asosiy xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu 
yondashuv mehnat subyektining kasbiy faoliyati davomida ijtimoiy 
va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish asosiga qurilgan. 
Bunda kasbiy taraqqiyot jarayonini faol boshqarish imkoniyatlari va 
shaxsning mehnat faoliyatiga yaroqliligi ko‘rib chiqiladi. U 
faqatgina 
shaxs 
taraqqiyoti 
xususiyatlarini 
va 
mutaxassis 
shakllanishini o‘rganishga qaratilgan bo‘lmay, balki mavjud faoliyat 
turlarini, faoliyatga moslashish jarayonini psixik boshqarish 
mexanizmlari va shaxsning mavjud imkoniyatlari hamda kasbiy 
talablar orasidagi muvofiqlikni psixologik tahlil qiladi, qolaversa, 
obro‘li kasb va faoliyat turlarining psixologik xususiyatlarini taxmin 
qiladi. Ommaviy va obro‘li kasbiy faoliyat turlarini psixologik tahlil 
qilishning samaradorligi faoliyatni rejalashtirishdagi texnik va 
texnologik qarorlar va shu bilan bir qatorda, shaxsga nisbatan kasbiy 
talablar xarakteri hamda faoliyatning psixologik nazariyalarini 
ahvoli haqidagi ma’lumotlar yordamida aniqlanadi. 
Professiogenezning markaziy nuqtasida mehnat subyektining 
kasbiy shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng ko‘lamda 
ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir: 
Birinchidan, 
shaxs taraqqiyoti
sifatida – bu muayyan mehnat 
subyektining faollik darajasiga bog‘liq va yetakchi faoliyat xarak-
teriga asoslangan holda aniq bir yosh davrida namoyon bo‘ladi. 
Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining shakllanishi, 
kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyatning 
talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi 
bilan yakunlanadi. 


121 
Ikkinchidan, 
subyekt ijtimoiylashuvi
sifatida – bu individ to-
monidan ijtimoiy normalarning o‘zlashtirilishida, ijtimoiy tajribani 
shaxsiy kasbiy ustanovkalar tizimida qo‘llashda, qadriyatlar va 
faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish va ijtimoiy 
masalalarda namoyon bo‘ladi. 
Uchinchidan, 
subyektning kasbiy o‘z-o‘zini anglashi, o‘z-o‘zini 
namoyon qilishi
sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy 
shakllanishiga zamin tayyorlaydigan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini 
boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, hayotiy tajriba va hayot tarzi 
orqali namoyon bo‘ladi. Hayot davomida taraqqiy etish va kasbiy 
shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks 
etib, jamiyat talablari va shaxsning o‘zini-o‘zi namoyon qilishga 
intilishi orasidagi qarama-qarshiliklarga bog‘liq bo‘ladi. 
To‘rtinchidan, kasbiy shakllanish 
shaxs faolligi
shaklida 
namoyon bo‘ladi va tavsiflanadi – bunda shaxs shakllanishining 
dinamik sharoitlari va uni shaxsiy harakatlarining faoliyat bilan 
muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. 
Yuqorida 
ko‘rsatilgan professiogenezning o‘ziga xos 
xususiyatlari mutaxassis shaxsining uzluksiz ravishda shakllanishi, 
mehnat subyektining kasbiy kamolotga erishishga intilishi, bundan 
tashqari shaxsning ongli faoliyat sohibi, ijtimoiy qadriyatlar 
ijodkori, har tomonlama kamol topgan shaxs, oliy toifali mutaxassis 
sifatida shakllanish jarayonlarida aks etadi. 
Kasbiy shakllanish jarayonini professiogenetik yondashuv 
asosida o‘rganish borasida bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda va 
bu muammoning turli jihatlari keng doirada ochib berilmoqda.
Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy 
vaziyatlar shaxs xulq-atvori va kasbiy sohasida o‘z aksini topib 
kelmoqda. Yetuklik davridagi shaxslarni 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish