Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi
Shaxs
munosabatlari
Egalik qilish
modusi
Ijtimoiy
intilishlar
modusi
Xizmat qilish
modusi
O‘ziga
munosabat
Boshqalarga
munosabat
Ishga
munosabat
Jangari,
“changalzor
qonunlari”
asosida
yashovchi.
Ishbilarmon:
“sen-menga,
men-senga”.
Tartibli.
Muhitga
bog‘liqlik,
“qurbon”
tamoyili.
Qizg‘anchiqlik,
raqobat,
antogonizm.
“Ko‘z
bo‘yamachilik”.
Taqdir va yarat-
ganning irodasi.
Muhabbat.
Mas’uliyat,
ijodkorlik.
Egalik qilish modusida predmet yoki boshqa insonlarga egalik
qilish nazarda tutiladi. Bu tip ehtiyojlari muayyan bir davr
ehtiyojlari bilan hamohangdir. Ular kamchilik, yetishmovchilik
sifatida yuzaga keladi. Nimagadir yoki kimgadir egalik qilish
ehtiyoji inson ehtiyojlarining begonalashgan shaklidir. Bu modusda
individga tegishli bo‘lmagan barcha narsalar ular tomonidan vosita
darajasigacha ko‘tariladi. Kasbiy faoliyat san’at darajasigacha
ko‘tariladi va shaxsning zaruriy ishtiroki natijasiga ko‘ra predmetli
yoki to‘liq predmetli ko‘rinishlarga ajratiladi. Shunga muvofiq
tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech qanday
motivning o‘zi yo‘q, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila
olinsa bo‘ldi.
Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib
ko‘rsatish mumkin, ulardan biri kasbni endi o‘zlashtirayotgan
insonlarga xosdir. Bu shunday holatki, bunda shaxs muayyan bir
bosqichni bosib o‘tgan, lekin yuqoriroq darajaga erishmagan.
Birinchi chiziq o‘zining natijasiga ko‘ra ikkita imkoniyatga ega.
Ulardan biri – bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga)
o‘tish. Ikkinchisi – bu bosqichda izlanish va “to‘xtab qolish”dan
bosh tortishdir.
118
Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson
allaqachon o‘zini “topganligi”, uning o‘zini va o‘z faoliyatini
o‘zgartirishni istamasligi bilan yakunlanadi. Shaxs faoliyatga
nisbatan o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida qaraydi.
Kasbiy yetuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va
mehnat subyektining kasbiy shakllanishi jarayoni sifatida ko‘rib
chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon mehnat faoliyatini
boshqarish va amalga oshirish bilan bog‘liq, lekin u faqatgina
operatsional soha taraqqiyoti, bilim, ko‘nikma va malakalarni
o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balki S.L.Rubinshteyn,
B.G.Ananev, B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshqalarning tadqiqot-
larini guvohlik berishicha, shaxs ijtimoiy xulq-atvorini psixik
boshqarishning funksional tizimini shakllanishi bilan bog‘liq. Bu
jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini asosiy qonuniyatlari
haqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va turli omillar ta’sirida uning
dinamikasini boshqarish muhim rol o‘ynaydi, buning natijasida
shaxs o‘zini kasbiy faoliyat subyekti sifatida anglay boshlaydi va
kasbining ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini tushunadi.
Shaxsning kasbiy shakllanish jarayonida aniq faoliyatning
mohiyatini ochish dinamikasidagi maqsadga yo‘nalganlik, uning
imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kashf qilinishi va uning alohida
komponentlari hamda tuzilishining o‘zgarishini muhim manbasi
bo‘lib hisoblanadi. Psixologik tuzilish bilan muvofiq adekvat
faollikni talab qiluvchi maqsadlar tizimini aniqlash, tanlash, unga
erishish va alohida faoliyat komponentlarining mazmuni hamda
ko‘zlangan natijaga erishish uchun psixik zo‘riqqanlikning muvo-
fiqlik darajasi ham mehnat subyekti shaxsining psixik taraqqiyoti
manbasi bo‘lib hisoblanadi. Taraqqiyotning bu mexanizmi pred-
metli faoliyat motivlarining shakllanishi va aniqlashtirilishi jarayoni
bo‘lib, uning mehnat jarayonini har bir bosqichida o‘zgarishlarni
aniq bir fazasini bosib o‘tuvchi, mazmun jihatdan boyib boruvchi va
faoliyatning yo‘nalganligiga, psixik va kasbiy taraqqiyotni
harakatlantiruvchi omillarga aylanadigan motivatsion-ehtiyojlarni
boshqarish bilan bevosita bog‘liqdir.
119
Mehnat
subyektining
kasbiy
shakllanishi,
shaxsning
mutaxassisga aylanish jarayonida faoliyatning operatsional tomonini
egallash qobiliyatini qidirish va yaratish, faoliyatning psixologik
tizimi komponentlarini o‘zaro aloqasi va mazmunini o‘zlashtirishini
o‘z ichiga oladi.
Bu jarayonni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri o‘zi
haqidagi tasavvurlarning (“Men-konsepsiyasi”), “Men-mutaxassis”
obrazi va mutaxassis modeli namunasining shakllanishi, qolaversa,
bu tasavvurlarning muvofiqligi, ular orasidagi qarama-qarshiliklarni
aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan subyektiv modellarning roli qator tadqi-
qotlarda o‘z aksini topgan bo‘lib, ular: “stereotiplashgan kasbiy namu-
nalar shaxs tajribasining to‘liq integratsiyasiga yo‘l qo‘ymaydi, bu
vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs taraqqiyoti uchun to‘siq bo‘lib
xizmat qilishi ham mumkin”, degan g‘oyani tasdiqlaydilar. Faqatgina
individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual xususiyatlarini
inobatga olgan holda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs taraqqiyoti
uchun xizmat qilishi mumkin, chunki ular muayyan bir shaxsning
o‘ziga xos xususiyatlari bilan muvofiq bo‘ladi.
Subyektning psixik sohasini o‘rganish natijalariga ko‘ra
mehnat mutaxassis shaxsi shakllanishining boshqarish jarayoni bilan
psixik funksiyalarning rivojlanish holati o‘rtasidagi aloqadorligini
tushunishda muhim ahamiyat kasb etib, mehnat faoliyatining
shaxsga ta’siri xarakterini aks ettiruvchi mehnat yutuqlari darajasini
aniqlab beradi.
Mehnat subyektining kasbiy shakllanishi, o‘zining hayotiy
pozitsiyasiga, maqsadi va harakatlar dasturiga, faoliyat jarayoni va
natijalariga nisbatan munosabatga hamda shu kabi qator maxsus
xususiyatlarga ega bo‘lgan mutaxassis shaxsining shakllanishi,
subyektning shaxs taraqqiyoti qonuniyatlarini yengib o‘tishi,
faoliyat determinantlari ta’sirida uning hayotga psixologik
qarashlarining o‘zgarishi natijasi hisoblanadi.
Shaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishini dinamik xarak-
terini, shaxsning o‘ziga xos filogenetik va ontogenetik xususiyat-
larini, qolaversa, undagi mehnat faoliyatining rolini, subyektning
120
kasbiy shakllanishini o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
bu jarayonni
Do'stlaringiz bilan baham: |