Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

“Kasbiy shakllanganlik”
tushunchasi mehnat subyektining 
kasbga egalik qilish darajasi va aniq mehnat faoliyatida kasbiy 
muhim xususiyatlar, bilim, ko‘nikma, tajriba va mahoratlarning 
shakllanishi va namoyon bo‘lishi asosida ishlab chiqarish 


125 
samaradorligiga erishishi sifatida qo‘llaniladi. Mehnat subyektining 
aniq bir faoliyat sohasida yuqori darajadagi kasbiy malakalarga 
egaligi 
mahorat
deb yuritiladi. A.K.Markovaning ta’kidlashicha, 
“kasbiy shakllanganlik” tushunchasi turli ma’nolarda: kasbning 
shaxsga, uning kasbiy va psixologik sifatlariga bo‘lgan me’yoriy 
talablar sifatida va muayyan bir shaxsda mavjud bo‘lgan va uning 
kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydigan kasbiy yo‘nal-
tirilgan xususiyatlar majmuining me’yorlari sifatida qo‘llaniladi”. 
Muallif kasbiy shakllanganlikning quyidagi kategoriyalarini ajratib 
ko‘rsatgan: “shaxsning o‘zini mutaxassis sifatida takomillashtirishi; 
ichki kasbiy lokus nazorati; mutaxassisning anglangan sifatlari, 
hajmi; shaxsning o‘zini mutaxassis sifatidagi to‘liq obrazi; kasb 
yordamida o‘zini-o‘zi rivojlantirish va yetishmaydigan xususi-
yatlarning o‘rnini qoplash qobiliyati va h.k.” 
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning 
sifat va miqdor jihatidan kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat 
samaradorligini, ish qobiliyatini, kasbiy yaroqliligini, o‘z ustida 
ishlashining muvafaqqiyatliligini aks ettiruvchi mutaxassisning 
“malakasi” 
tushunchasi qo‘llaniladi. Bu tavsifnomalar aniq kasbiy 
faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga (kasbiy, psixologik, 
ijtimoiy va boshqa) qo‘yadigan normativ talablari bilan 
mutanosibdir. Yuqori kasbiy malaka mehnat subyekti yetukligini 
shakllanishining va namoyon bo‘lishining muhim sharti hisoblanadi, 
vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy yetuklik yetarli darajada 
bo‘lmasa ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada 
bajarishi mumkin.
 
Ko‘p qo‘llaniluvchi 
“kompetentlik”
tushunchasi kasbiy 
shakllanish va kasbiy yetuklikni baholovchi me’yor bo‘lib, hali aniq 
ta’rifga ega emas. U mehnat subyektiga nisbatan aniq faoliyat 
talablari yoki aynan, subyektning aniq faoliyatning o‘ziga xos 
jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida 
qo‘llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir 
hayotiy vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu 
soha bo‘yicha tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan 
tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, muayyan bir shaxsning 


126 
kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda ko‘proq 
uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko‘ra, kasbiy kompetentlikning 
xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini 
amalga oshirishda), ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga 
oshirishda), shaxsiy (o‘zini-o‘zi boshqarish va takomillashtirish 
malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim mualliflar kasbiy 
muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi kompetentlikni 
ham ajratib ko‘rsatadilar. 
Kompetentlikning yuqorida sanab o‘tilgan turlari albatta bir 
insonni to‘liq shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi 
mutaxassis bo‘lishi mumkin, lekin o‘zini-o‘zi boshqarish yoki 
shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega bo‘lmasligi mumkin, 
qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega bo‘la turib, 
shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo‘lishi mumkin. 
Aytish mumkinki, o‘z navbatida professionalizm darajasi 
subyektning professionalizatsiyani yo‘nalganligi, ko‘rsatgichi va 
mazmuni hamda mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir 
etuvchi ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va boshqa keng doiradagi 
kompetentliki bilan shartlangandir. 
Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-
funksional konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda 
aks etadi: 
Eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va 
fikrini aniqlovchi shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli 
ravishda namoyon bo‘lishi va shakllanishining ahamiyati; 
Shaxsiy qadriyatlarning mehnat jarayonini tashkil qilish va 
mazmuniga nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi 
xususiyatlarda aks etishi; 
Kompetentlikning tabiati kognitiv, emotsional va irodaviy 
jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta’minlovchi 
masalalarni yechishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni va 
namoyon bo‘lishiga asoslangan bo‘ladi; 
Kompetentlik faqatgina o‘zining faol komponentlari hisobi-
ga emas, balki yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan passiv komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi; 


127 
Kompetentlik o‘zining bir-biridan mutlaqo mustaqil, lekin 
bir-birini o‘rnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili 
sifatida egallab tura oladigan, ko‘p sonli komponentlari yordamida 
aniqlanadi. 
Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsio-
nal, irodaviy sifatlardan tashqari o‘ziga ishonch (o‘zining kasbiy 
bilimlariga, liderlik qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va uning 
ijrosini boshqarish malakasiga ega bo‘lish; qiziqarli umumiy maq-
sadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani qo‘llashdagi samarali 
faoliyat; o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi takomillashtirish qobi-
liyatlariga ega bo‘lish; o‘zini-o‘zi nazorat qilish, moslashganlik, 
murakkab muammolarni hal qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka 
moyillik, qat’iyatlilik, kasbiy mas’uliyatlilik va boshqalarni kiri-
tishimiz mumkin. 
E.F.Zeerning ta’kidlashicha, kasbiy kompetentlikning funk-
sional taraqqiyotini tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog‘ida 
kompetentlikning turli ko‘rinishlari integratsiyalashib borishini va 
ularning kasbiy muhim shaxs sifatlari bilan aloqasi kuchayib 
borishini ko‘rsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning asosiy darajalari 
kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o‘z-o‘zini anglash, o‘z kuchiga 
ishonish, o‘zga insonlar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni 
to‘g‘ri qabul qilish va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab 
beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi. 
Taxmin qilish mumkinki, mehnat subyektining sanab o‘tilgan 
professionallashuv ko‘rsatkichlari, mutaxassis bo‘lish (malaka, 
kompetentlik) va subyektning kasbiy yetukligi orasida o‘zaro aloqa 
va o‘zaro ta’sir mavjud. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish