Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Kasb tanlashga yo‘llashning psixologik jihatlarini
tushuntiring.
2. Kasb tanlashga yo‘llashning mohiyati va mazmunini izohlab
bering.
3. Kasb tanlashga yo‘llash asoslari to‘g‘risidagi ta’limot, fan,
texnika va ijtimoiy taraqqiyot, kasbni to‘g‘ri tanlashning ahamiyati,
kasbga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish mazmunini tushuntiring.
4. Professiogramma nima?
5. Kasb qanday tanlanadi?
6. Kasblar tavsifi – professiogramma nimani bildiradi?
7. Kasb tanlashga yo‘llashga qo‘yiladigan talablar va xatoliklar
qaysilar?
8. Psixologiyaning asosiy prinsiplari va ularning kasb tanlash
ishlaridagi ahamiyati.
108
V. KASBLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI VA UNING
MOHIYATI
Reja
1.
Kasb tushunchasining mohiyati.
2.
Kasblarni tizimlashtirish va kasb tipologiyasi.
3.
Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti.
1.
Kasb tushunchasining mohiyati
Kasbshunoslik adabiyotida kasb tushunchasining tavsifi
xilma-xil talqinda keltiriladi. Jumladan, kasb-maxsus tayyorgarlik
va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy faoliyatni
amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, amaliy
ko‘nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy
qobiliyat va yuridik huquqlarni ta’minlovchi insoniy mehnat
faoliyatining (mashg‘ulotining) turidir.
Lug‘aviy jihatdan kasb yoki - kasb qilmoq kabi so‘z va
tushunchalar arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, (kasaba) fe’lining
o‘zagi hisoblanadi. Arab tilidagi kasaba so‘zi qo‘lga kiritmoq, ishlab
topmoq, qozonmoq, biror ishni bajarmoq, qandaydir foyda-
manfaatga erishmoq, yutuqqa ega bo‘lmoq kabi ma’nolarni
anglatadi. Kasb bir xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilarni
birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari
o‘rnatiladi. E.A.Klimov o‘z ishlarida kasb tushunchasiga
quyidagicha ta’rif beradi: “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli
soha bo‘lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi” bu
kuchlar unga sarflangan mehnat o‘rniga yashashi va rivojlanishi
uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ta’rifni
yanada batafsil yoritirib, kasb bu – kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy
rivojlanuvchi tizim va shaxsning o‘zini namoyon etish sohasi deb
ta’riflaydi.
V.G.Makushinning fikricha, kasb – bu shunday faoliyatki,
uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning
109
yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi bo‘lib xizmat
qiladi. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, kasb tushunchasiga quyi-
dagicha zamonaviy ta’rif beramiz. Kasb mehnat faoliyatining paydo
bo‘lgan shakli bo‘lib, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi
jarayonida mazmunan va shaklan o‘zgarib boradi, ularni bajarish
uchun inson albatta ma’lum kasbiy kompetensiyalarga, maxsus
qobiliyatlar va muhim kasbiy sifatlarga ega bo‘lishlari kerak.
Kasbshunoslik nazariyasida “kasb” va “mutaxassislik” tushun-
chalari farqlanadi. Kasb mutaxassislikka ko‘ra kengroq tushuncha
bo‘lib, kasbiy salohiyatidan tashqari, uning muhim sifatlari -
ijtimoiy - kasbiy salohiyat, kasbiy avtonomiya, o‘zini nazorat qilish,
guruhli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi. Kasb odatda yaqin
mutaxassisliklar guruhini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor;
mutaxassisliklar - terapevt, pediatr akulist, urolog, va hokazo. Kasb
– muhandis; mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va
hokazolar.
Mutaxassislik – kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo‘li bilan ish
jarayonidagi maxsus bilimlar, ko‘nikma va malakalar kompleksi
bo‘lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish
uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik - kasb
ichdagi kasbiy faoliyat turi bo‘lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o‘ziga
xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan
bo‘ladi.
Kasb, mutaxassislik tushunchalari bilan bir qatorda ixtisoslik
tushunchasi ham keng qo‘llaniladi. Ixtisoslik – birorta kasb
doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va ish
tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, ko‘nikma va malakalar
majmuasi.
Kasbga oid tadqiqotlarni yoritishda “kasbiy shakllanish”,
“kasbiy tayyorgarlik” kategoriyalarini tadqiq etish maqsadga
muvofiq. Dastlab kasbiy shakllanish jarayonining pedagogik jihatla-
rini shaxs rivojlanish jarayonidan farqlab olishga e’tibor qaratildi.
Birinchi holatda, kasbiy shakllanish shaxs rivojlanish
shakllaridan biri, ikkinchidan esa, kasbiy shakllanish shaxsni
rivojlantirish (mustaqil ta’lim va o‘z-o‘zini rivojlantirish
110
jarayonlarida) vositasida sifatida qaraladi. Har ikki jihat o‘rtasida
«bir butun - qism» ko‘rinishdagi tarbiya, ijtimoiylashuv kabilardan
iborat. Kasbiy shakllanish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki
faoliyat sohasiga qiziqish, balki ushbu faoliyat turiga layoqatning
mavjud bo‘lishi ham talab etiladi.
O‘rganilgan barcha metodik xarakterga ega bo‘lgan ilmiy
izlanishlar va tadqiqotlarda kasbiy shakllanish ongli ravishda kasb
tanlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
Ayrim mualliflar, shu jumladan, D.N.Arziqulov o‘quvchi-
larining kasbiy shakllanish jarayonini tabaqalashtirilgan ta’lim
tizimining tarkibiy qismi sifatida e’tirof etadi. Ushbu tadqiqotlarda
kasbiy yo‘naltirilganlikni shakllantirish maqsadida tabaqalash-
tirilgan ta’limning tuzilmasi va mazmunini tashkillashtirish muam-
molari, tabaqalashtirilgan ta’limning kasb tanlash motivatsiyasiga
ta’siri qarab chiqilgan.
Kasbiy
faoliyatning
samaradorligini
shartlaridan
biri
mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik
deganda, uning ruhiyati va jismoniy sog‘lig‘i hamda holati, undagi
mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga mosligi
darajasi tushuniladi. Mashhur rus psixologi K.K.Platonov
mutaxassisning kasbiy tayyorligi bu o‘zining muayyan kasbiy
faoliyatini bajarishga qodir va tayyorgarlik ko‘rgan deb hisoblovchi
va uni bajarishga intiluvchi shaxsning subyektiv holatidir deb
hisoblangan. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi murakkab ko‘p
darajali va ko‘rinishli tizimli psixik shaklga ega bo‘lib, birinchi
navbatda odamning shaxsiy ko‘rinishi asosiy o‘rin egallaydi. Shu
bilan birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli darajada
jismoniy sog‘liqni kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan jismoniy
sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini talab qiladi. Chunki har
qanday kasbiy faoliyat insonning qandaydir kuch jismoniy energiya
sarflashini ko‘zda tutadi. Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida
ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomonlarni ko‘rsatish maqsadga
muvofiq. Bu o‘zaro bog‘liq tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va
A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib ular
quyidagilardan iborat:
111
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi
mutaxassisning bu tayyorligi quyidagilardan iborat bo‘ladi, ya’ni
statik komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim,
ko‘nikma, malakalar kasb uchun muhim hisoblangan, shaxsning sifat-
lari uning munosabati, mazmun va qadriyatlari, afzalliklari hamda
umuman shaxsning zarur bo‘lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi;
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyor-
ligi. Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi,
o‘zgaruvchanligi, har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni
yechish, mutaxassisning ruhiy va jismoniy holati, jamoadagi ma’na-
viy psixologik muhitga bog‘liqligi bilan ifodalanadi. Mutaxas-
sisning bevosita psixologik tayyorgarligi dastlabki tayyorgarlikni
faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy
faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi
tayyorligining asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |