Buyuk Britaniya
ning kasb tanlashga yo‘llash ishlarini tashkil
etilishi. Bu mamlakatda, yoshlar bandligiga ko‘maklashish xizmati
XX asrning boshida ochilgan bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitning
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan va mehnat bozori o‘zgarib, mavjud
kasblarning eskrishi kuzatilgan hamda malakali xodimlarga bo‘lgan
talab o‘sib borgan. Mamlakat ishchilarini ishga joylashtirishni
tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy yo‘qotishlar
qoniqarsiz darajada bo‘lishi jamiyatda doimiy ijtimoiy tanglikni
keltirib chiqishiga sabab bo‘lgan. Bu holat, ayniqsa, ishsizlik bilan
aziyat chekayotgan yoshlarga ta’siri kuchliroq bo‘lgan. Shu
munosabat bilan, 1909-yilda hukumat, davlat mehnat birjalari
doirasida yoshlarni ishga joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus
byurolari tashkil etilgan. Mehnat birjalari tarkibida umumiy o‘rta
ta’lim maktablari uchun kasb tanlashga yo‘llash xizmatlari tashkil
etilgan. Mazkur xizmatlar, 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga
yordam ko‘rsatgan, mehnat birjalari tarkibidagi yoshlarni bandligini
ta’minlash byurosi esa 19 yoshdan o‘quvchilarga kasb tanlashda
yordam ko‘rsatgan.
89
Mamlakatda kasbga yo‘naltirishning ikki yo‘nalishdagi tizimi
uzoq vaqt davomida saqlanib turdi. Faqatgina XX asrning 60-
yillarida, davlat, maktabning kasb tanlashga yo‘llash xizmati va
kattalar bandligini ta’minlash tizimini birlashtirish bilan mavjud
tizim o‘zgartirishga qaror qildi. Lekin, bu qaror kasb tanlashga
yo‘llash sohasidagi ko‘pchilik o‘qituvchi va mutaxassislar
tomonidan ma’qullanmadi. Shu munosabat bilan 1973-yilda, kasb
tanlashga yo‘llash ishlari nafaqat maktablarda, balki kollej va
universitetlarida ham amalga oshirilishi kerak, degan, maxsus qonun
qabul qilingan. Shu qarorga asosan, kasb tanlashga yo‘llash ishlari
ta’limning barcha bosqichlarida amalga oshirila boshladi.
Maktab va boshqa o‘quv yurtlarida asosiy kasb tanlashga
yo‘llash ishlarini professional maslahatchilar tomonidan amalga
oshirilgan. Ularning asosiy vazifasi, o‘quvchilarni qiziqishlarini,
qobiliyatini aniqlash va kasb tanlash bo‘yicha ularga maslahat
berishdan iborat bo‘lgan. Ularning ishlari diagnostik yondashuvga
asoslangan holda tashkil etilgan. Ular qiziqishlarini aniqlashga doir
savolnomalar, turli testlar (qobiliyatini, shaxs sifatlarini aniqlash
testlari va h.k.) ishlatganlar. Biroq, diagnostik yondashuv
o‘quvchilar faoliyatini aniqlashga to‘sqinlik qilgan.
1970-yillarda kasb tanlashga yo‘llash ishlarini rivojlanayotgan
jarayonini hisobga olib, yangi konseptual yondashuv shakllan-
tirilgan. Ko‘proq e’tibor maktab ta’limning barcha bosqichlarida
o‘quvchining o‘z faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan. O‘quv
jarayoniga, kasbga tayyorlashning umumlashgan variantli dasturlari
joriy etilgan, lekin bu dasturlar orqali o‘quvchilar qat’iy kasb
tanlash ko‘nikmalariga yo‘naltirilmagan. Shuning uchun o‘quvchilar
o‘z kuchlarini bir necha kasblarda sinab ko‘rishlari mumkin
bo‘lgan. Bunday yondashuv o‘quvchilar mavjud kasblar bilan
yuzaki tanishganlari uchun ham to‘liq tan olinmadi, chunki
o‘quvchilarda maktabni tamomlagach, muvaffaqiyat bilan mehnat
qilish imkoni bo‘lmadi. Shuning uchun, kasb tanlashga yo‘llash
sohasida konseptual yondashuvlar qayta ko‘rib chiqildi va e’tibor
o‘quv jarayoniga qaratildi. Professional kasbiy tayyorgarlik ta’lim
sohasidagi umumiy ta’lim tayyorgarlik yo‘nalishlaridan biri sifatida
90
hisobga olingan edi. Ta’lim jarayoniga muayyan kasblar bo‘yicha
kasbiy ko‘nikmalar va o‘quvchilarning shaxsiy fazilatlarini
rivojlantiruvchi, o‘quvchilarni kasblar bo‘yicha fikrlash doirasini
kengaytirish uchun kurslar kiritilgan.
Ta’lim va mehnat faoliyati qat’iy cheklanmagan bo‘lib, kasb
tanlashga yo‘llash ishlari keng o‘rganilib chiqilgan va yoshlarga
kasb tanlash haqida ongli qaror qabul qilishga yordam berishga
mo‘ljallangan faoliyat turlari qabul qilingan.
Xususiy maktablarda shakllanib qolgan an’anaga ko‘ra,
o‘quvchilarning kasb tanlashiga shaxsan maktab rahbari javobgar
bo‘lgan. U kasb tanlash bo‘yicha rahbarni tayinlaydi, uning ishi
uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi, muhokama qilish
uchun ota-onalar hamda kasb tanlashga yo‘llash bo‘yicha xizmatlar
va tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil etadi.
Kasb tanlashga yo‘llash jarayonida o‘qituvchi-murabbiylarning
ta’siri sezilarli darajada katta hisoblanadi. Ular o‘quvchilarning
shaxsiy sifatlari va qobiliyatini yuzaga chiqishiga ko‘maklashadilar,
o‘quvchilar tomonidan individual rejalarini bajarilishini nazorat
qiladilar va o‘quvchilarga tavsiya beradilar. Kasb tanlashda,
maslahatchi sifatida o‘quvchilarining kasbiy faoliyati, qobiliyati va
imkoniyatlari haqidagi ma’lumotga ega o‘quv fani o‘qituvchilari
ham ishtirok etadilar. O‘quvchilarning kasbga yo‘naltirishga qaratil-
gan pedagogik jamoaning faoliyati natijasida, yuqori sinf o‘quvchi-
larning juda oz qismigina kasb tanlashga yo‘llash xizmatlari yoki
boshqa maktabdan tashqari tashkilotlar xizmatidan foydalanadilar.
Shunday qilib, Buyuk Britaniyada kasbga yo‘naltirishning
vazifasi o‘quvchilarga kasb tanlashga yordam berishgina emas,
balki mehnat bozori talablari doirasida o‘zlarini baholashga
o‘rgatish. Shu bilan birga, kasbni mustaqil tanlashga va u yoki bu
turdagi professional faoliyatida amaliy tajriba oshirishiga alohida
e’tibor qaratiladi. Kasb tanlashga yo‘llash tizimi ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlariga muvofiq holda tez rivojlangan. Ta’lim va kasbiy
yo‘lining tanlashga yo‘naltirish ishlari yagona va uzluksiz jarayon
sifatida qaraladi. Kasb tanlashga yo‘llashishlari maktabda o‘qish
davrida amalga oshirilib boriladi va keyinchalik uning mehnat
91
faoliyatini nazorat qilib boriladi. Buyuk Britaniya yoshlarini kasb
tanlashga yo‘llash muammosiga alohida e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |